Prezident 3−4 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Vengriyada bo‘ladi. Tashrif doirasida Budapeshtda mamlakat prezidenti va bosh vaziri bilan oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, davlat rahbari Vengriyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Oliy ta’lim muassasasini tugatganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish tizimi ishlab chiqildi. Buning uchun diplom.edu.uz axborot platformasidan foydalaniladi. Tizim boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan.
Samarqand viloyatining Urgut tumanida to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi to‘yxona yaqinidagi quduqdan topildi. Bola to‘yga buvisi bilan borgan va bir ozdan so‘ng yo‘qolib qolgan.
O‘zbekiston prezidenti Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 73 yilligi munosabati bilan mamlakat rahbari Si Szinpinga tabrik yo‘llab, ezgu tilaklarini bildirdi.
Bo‘sh ish o‘rinlarining 28% ida ijtimoiy ko‘nikmalar, ya’ni jamoada ishlash, muzokaralar olib borish, yaxshi nutq, muloqot, omma oldida taqdimot qilish qobiliyatlari talab etiladi, deydi PMTI ekspertlari. Shuningdek, vakansiyalarning 18,3% ida chet tillarini (asosan ingliz tilini) bilish talabi ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kobul g‘arbidagi ta’lim markazida sodir etilgan terrorchilik hujumi yuzasidan bayonot berdi. Halok bo‘lganlarning aksariyati qizlar ekanligi aytilmoqda. Vazirlik teraktning tashkilotchilari hamda ijrochilarini aniqlashda barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirdi.
Quritilgan mevalar solib pishirilgan, dolchinli, jemli, qolaversa, shokolad pastali, «Lakomka» kremli, tvorog va olmali bulochkalar — Zira.uz taomnomasini yangilashni istaganlar uchun shirin bulochkalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
O‘zbekiston boshqa davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilishini aytgan TIV, Sergelida yoqib yuborilgan 25 ming quti tamaki, kutilayotgan yomg‘ir, odamlarni kaltaklab 15 sutkaga qamalgan blogerlar, texnikum hamda kollejga imtihonsiz kiradigan abituriyentlar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning NATOga a’zo bo‘lish uchun tezlashtirilgan tartibda ariza topshirishini ma’lum qildi. U, shuningdek, Ukraina RF bilan, lekin bu safar boshqa Rossiya prezidenti bilan muloqotga tayyor ekanini aytdi.
Kremlda o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, Ukrainaning RF nazoratidagi Zaporoje va Xerson viloyatlari hududlari Rossiya tarkibiga kirishi bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Vladimir Putin o‘z nutqida Ukrainani muzokara stoliga qaytishga chaqirdi.
Davlat soliq qo‘mitasi deyarli 4,5 mln o‘zbekistonlik mol-mulk va yer solig‘idan 2,7 trln so‘m qarzdor ekanini ma’lum qildi. Sohalar kesimida eng ko‘p qarzdorlik qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi tashkilotlarda ishlovchi xodimlarda ekani ko‘rsatildi.
Buxoroda «Zamin» fondi loyihasi bo‘yicha 16 maktab ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan ta’minlandi. «Gazeta.uz» shu paytgacha maktab ma’muriyati va mahalliy aholi toza ichimlik suvi yetishmasligi sababli qanday noqulayliklarga duch kelgani bilan qiziqdi.
oktabr oyi quruq va iliq havo bilan boshlanadi. Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunligida harorat kechalari +13 darajadan 0…+5 darajagacha, kunduz kunlari +18…+23 darajadan +10…+15 darajagacha o‘zgarib turishi mumkin. Oyning ikkinchi yarmida ayrim kunlar yomg‘irli bo‘ladi.
Tarmoqlarda Navoiydagi kasb-hunar maktabida 2 o‘quvchi qizning raqsi aks etgan video tarqaldi. Oila va xotin-qizlar boshqarmasi raqsning «o‘zbek millatiga munosib emasligini» aytdi. O‘quvchilarning ota-onalari jarimaga tortildi.
O‘zbekiston 2022 yilda Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksida 113 ta mamlakat orasida 73-o‘rinni egalladi. Indeks mahsulotlardan foydalanish imkoniyatlari, ularning mavjudligi va xavfsizligi kabi masalalar asosida tuzilgan.
Toshkent viloyatida qizlarni Turkiyaga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborib kelgan 23 va 22 yoshli ayollar aniqlandi. Ular boshqa bir ayolni xorijga yubormoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi. Aybdorlarga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Ukrainaning Zaporoje viloyatida avtomobillar karvoniga raketa hujumi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi, 28 kishi jarohatlandi. Viloyat ma’muriyati 1 oktabrni viloyatda motam kuni deb e’lon qildi.
2022−2023 o‘quv yilida kollej va texnikumga sirtqi, kechki va dual ta’lim shakllarida o‘qish uchun hujjat topshirganlar imtihonlarsiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Imtihonni faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishni istaganlar topshiradi.
Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan Samarqand viloyatining Qo‘shrobod tumanida 1,1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan mayning fermasi aniqlandi.
Sergelidagi zavodlarning birida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi. Ular 23 iyun kuni Ohangaron tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yuk avtomashinasidan topilgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting