Tarmoqlarda Xatirchi tumanidagi xonadonlarning birida ko‘milgan odam skeleti topilgani haqidagi xabar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi fuqaro tegishli organlarga odam suyagiga o‘xshash suyaklar chiqqani haqida xabar berganini ma’lum qildi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv va ekspertiza harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tarmoqlarda Shayxontohur tumanida IIO xodimlari ayol kishini uyidan majburlab olib chiqib, mashinaga mindirgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBBga ko‘ra, ayol majburiy tartibda sudga olib ketilayotgan bo‘lgan. Xodimlar harakati yuzasidan prokuratura tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 19−24 sentabr kunlari AQShga tashrif buyurib, BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida nutq so‘zlaydi.
«Tashabbusli budjet» loyihasining 2-mavsumiga ovoz berishlar 17 sentabr kuni yakunlandi. Jami 1418 ta loyiha g‘olib deb topildi va ularni amalga oshirish uchun 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltiriladi. Natijalar rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, hududlarda odamlar bayram qilishni boshlab yubordi.
Qirg‘iziston va Tojikiston yana bir-birini o‘t ochishni to‘xtatish talabini buzganlik, hududlarni o‘qqa tutish hamda provokatsiyalarda aybladi, biroq kun oxiriga kelib otishmani to‘xtatishga kelishib oldi. Qirg‘iziston tomoni 24 kishi halok bo‘lgani va 129 kishi yaralanganini ma’lum qildi. Japarov murojaat bilan chiqdi.
Jizzax viloyatida Xalq bankining Zomin filiali boshqaruvchisi o‘z qo‘l ostidagi xodimiga sport qurolidan o‘q uzdi.
Qozog‘iston poytaxti nomi yana Ostonaga o‘zgartirildi, mamlakat prezidenti esa qayta saylanish huquqisiz yetti yillik muddatga saylanadi. Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar Qasim-Jomart Tokayev tomonidan imzolandi.
1 yanvardan hududlarda bosqichma-bosqich shahar yo‘lovchilar transportida (taksilardan tashqari) bepul yuruvchi qatlam vakillari cheklanmagan muddatga imtiyozli transport kartasini oladi. Buning uchun hududiy transport boshqarmalariga yoki yagona portalga murojaat qilish kerak.
ShHT sammiti sabab Samarqand shahridagi 16 ta ko‘chada transport vositalarining harakatiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilindi.
3−5 sentabr kunlari bir guruh shaxslar InfinBank`dan o‘zlarining jinoiy sheriklarining nomiga ochilgan Visa plastik kartalariga pul o‘tkazib, o‘zlashtirgan. «Mablag‘larning bir qismi undirildi va qolgan qismini undirish harakatlari amalga oshirilmoqda», — deya ma’lum qildi bank matbuot xizmati.
Mehnat vazirligi Isroilda vaqtinchalik ishlash imkoniyatini ko‘zda tutuvchi qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Bitim imzolangan taqdirda, O‘zbekiston fuqarolari Isroilda dastlab qariya va nogironlarni parvarishlash, ikkinchi bosqichda esa qurilish va boshqa sohalarga jalb etiladi.
XTV 53,57 mln nusxa maktab darsliklari, mashqlar daftarlari va o‘quv qo‘llanmalari (2021 yilda 28,49 mln) chop etish bo‘yicha tenderlar o‘tkazdi. 22 ta bosmaxona (12 ta) bilan tuzilgan bitimlar hajmi 964 mlrd so‘m. O‘tgan yilgidek umumiy tirajning chorak qismini Kolorpak chop etadi — «Gazeta.uz» tahlili.
Sabzavotlar bilan pishirilgan, qovoqli tovuq sonlari, qaymoqli qaylaga ega, asal va soya bilan marinadlangan, pesto qaylasi ostida pishirilgan tovuq filesi, tovuqli shaurma — Zira.uz tovuq go‘shtidan tayyorlanadigan taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Rossiyaning Nyagan shahrida ish beruvchi 19 nafar O‘zbekiston fuqarosining pasportini olib qo‘yib, o‘rmon xo‘jaligida majburan ishlatgan. Migratsiya agentligi vaziyatni o‘rganib, ularning hujjatlarini qaytarib oldi va huquqlarini tikladi.
Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Armanistonni harbiy provokatsiyada aybladi. Shuningdek, u BMT Xavfsizlik kengashining ayrim rezolyutsiyalari samarasizligi haqida ham gapirdi. Armaniston Ozarbayjon hududini faqat SSSR chegaralaridagina tan olishga tayyorligini bildirdi.
Qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro davom etdi. Qirg‘iziston 136 mingdan ortiq fuqarosini evakuatsiya qildi, 87 kishi jabrlangan. O‘zbekistonliklar qirg‘izlarga non tarqatayotgani aytilmoqda. Tojikiston esa qirg‘iz tomoni jangovar vertolyotlar va uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida hujum qilayotganini bildirgan.
Birgalikda SHHTni yangi marralarga olib chiqish mumkinligini aytgan Shavkat Mirziyoyev, Termizda Afg‘oniston uchun gumanitar fond tashkil etish taklifi, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlarining chegaradagi vaziyat yuzasidan Samarqanddagi yuzma-yuz muzokarasi va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.
O‘zbekiston prezidenti SHHT sammitida so‘zlagan nutqida Samarqand birdamlik tashabbusini e’lon qildi. “Undan maqsad — umumiy kelajagimizga befarq bo‘lmagan, ixtiloflarga qaramay kelishilgan yondashuvlar va qarorlarni izlashga tayyor bo‘lgan barchani global muloqotga jalb qilishdir” — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yangi maktab darsliklari mualliflariga qaratilgan hujumlar qanchalik asosli? «Gazeta.uz» mualliflardan o‘zgarishlarni sodda tilda tushuntirib berishni so‘radi. Ularning ta’kidlashicha, yangi darsliklar muloqot qilish, tanqidiy fikrlash, izlanish va muammolarni hal etishni ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Emomali Rahmon va Sadir Japarov qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat yuzasidan yuzma-yuz muzokara o‘tkazdi. Ikki davlat rahbarlari tegishli tuzilmalarga o‘t ochishni to‘xtatish, qo‘shin va vositalarni to‘qnashuv chizig‘idan olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishga kelishib oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting