«Sud hali yakuniga yetmadi». Adliya vazirligi Gulnora Karimovaning advokatlari sudda g‘alaba qozongani haqida
13 sentabr 2022, 16:36

«Sud hali yakuniga yetmadi». Adliya vazirligi Gulnora Karimovaning advokatlari sudda g‘alaba qozongani haqida

Adliya vazirining o‘rinbosari Muzraf Ikramov Gulnora Karimovaning advokatlari sudda g‘alaba qozongani va $303 mlnlik mablag‘ni qaytarib olishi mumkinligiga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sud hali yakuniga yetmadi va O‘zbekiston tomoni Shveysariya organlari bilan tegishli choralarni ko‘rmoqda.

Dunyo bo‘yicha 770 mlndan ortiq aholi o‘qish va yozishni bilmaydi — YUNESKO
13 sentabr 2022, 16:24

Dunyo bo‘yicha 770 mlndan ortiq aholi o‘qish va yozishni bilmaydi — YUNESKO

YUNESKO bosh direktori Odri Azule dunyoda 770 milliondan ortiq voyaga yetganlar o‘qish va yozishni bilmasligi haqida ma’lum qildi. Ularning 60 foizi ayollar hisoblanadi. Shuningdek, pandemiya natijasida 24 millionga yaqin o‘quvchi hech qachon maktab va boshqa ta’lim muassasalariga qaytmasligi mumkin.

Qozog‘iston prezidenti poytaxtni Ostona deb qayta nomlashni ma’qulladi
13 sentabr 2022, 15:37

Qozog‘iston prezidenti poytaxtni Ostona deb qayta nomlashni ma’qulladi

Qozog‘iston parlamenti deputatlari poytaxt nomini Nursultondan Ostonaga o‘zgartirishni taklif qilishdi. Prezident Qasim-Jomart Toqayev shaharni avvalgi nomiga qaytarishni qo‘llab-quvvatladi. Endilikda konstitutsiyaviy qonun loyihasiga o‘zgartirish kiritiladi.

SHHT sammiti delegatlaridan kovidga qarshi PZR-testi olinadi — SSV
13 sentabr 2022, 15:34

SHHT sammiti delegatlaridan kovidga qarshi PZR-testi olinadi — SSV

Samarqandda o‘tadigan SHHT sammiti mehmonlariga zaruriy tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun “1303” qisqa raqamli Call-markaz ishga tushirildi, mehmonlarga 50 ta tibbiy brigada xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, chet ellik rasmiy delegatlar mehmonxonalarga joylashishidan oldin kovidga qarshi PZR-test topshiradi.

Ozarbayjon va Armaniston chegarasida navbatdagi keskinlik yuzaga keldi
13 sentabr 2022, 15:05

Ozarbayjon va Armaniston chegarasida navbatdagi keskinlik yuzaga keldi

13 sentabrga o‘tar kechasi Ozarbayjon-Armaniston chegarasida harbiy to‘qnashuv yuz berdi. Tomonlar o‘q otishni boshlaganlikda bir-birini aybladi. Ikki davlat harbiy xizmatchilari orasida qurbonlar mavjud.

«Bu auditoriyaga tekshirilgan raqamlar olib chiqiladi». Tanzila Narbayeva — SSV rahbari o‘rinbosariga tanbeh berdi
13 sentabr 2022, 15:04

«Bu auditoriyaga tekshirilgan raqamlar olib chiqiladi». Tanzila Narbayeva — SSV rahbari o‘rinbosariga tanbeh berdi

Senat yalpi majlisida senator chaqaloqlar uchun zarur bo‘lgan ikki dori mavjud ehtiyojning 50 foizini ham qamrab olmayotganini tanqid qildi. SSV rahbari o‘rinbosari u keltirgan raqamlarga shubha bilan qaradi. Senat raisi Tanzila Narbayeva unga tanbeh berib, raqamlar tahlil asosida tayyorlanganini aytdi.

Yangihayotdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in yuz berdi, bir kishi halok bo‘ldi
13 sentabr 2022, 14:45

Yangihayotdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in yuz berdi, bir kishi halok bo‘ldi

Toshkentning Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in kelib chiqdi. Oqibat uy jihozlari va uyning ichki qismining 30 kv. metr maydoniga zarar yetdi hamda bir nafar fuqaro halok bo‘ldi.

Yagona portal orqali avtomobilni boshqarish uchun elektron ruxsatnoma berish boshlandi
13 sentabr 2022, 14:09

Yagona portal orqali avtomobilni boshqarish uchun elektron ruxsatnoma berish boshlandi

YAIDXPda avtotransportni boshqarish uchun elektron ishonchnoma rasmiylashtirish xizmati yo‘lga qo‘yildi. Elektron ishonchnoma uchun davlat boji mos ravishda 1 oygacha 90 ming so‘m, 6 oygacha 450 ming so‘m, 3 yilgacha 900 ming so‘m miqdorida undiriladi.

Gulnora Karimovaning $1,4 mlrd aktiviga 1400 ta maktab qursa bo‘ladi — adliya vaziri o‘rinborsari
13 sentabr 2022, 12:10

Gulnora Karimovaning $1,4 mlrd aktiviga 1400 ta maktab qursa bo‘ladi — adliya vaziri o‘rinborsari

Shveysariya sudi Gulnora Karimova va uning jinoiy sheriklarining $336 mln mablag‘larini musodara qildi. Qo‘shimcha $350 mln mablag‘larni musodara qilish masalasi ko‘rilmoqda. Boshqa davlatlardagi aktivlarning umumiy hajmi 14,3‬ trln so‘mga teng. Bu mablag‘larga 1400 tadan ortiq maktab qursa bo‘ladi.

Chakana onlayn xarid qilishning yangi usulini taqdim etadi
13 sentabr 2022, 11:00

Chakana onlayn xarid qilishning yangi usulini taqdim etadi

Chakana marketpleysida butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmati orqali mahsulotlarni xarid qilish mumkin. Servisda skoring xizmati va 50 mln so‘mgacha kredit olish imkoniyati mavjud.

Amanbay Orinbayev Senat raisiga o‘rinbosar bo‘ldi
13 sentabr 2022, 10:41

Amanbay Orinbayev Senat raisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Senatning o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisida Amanbay Orinbayev Senat raisiga o‘rinbosar etib saylandi. Shu paytga qadar o‘rinbosar bo‘lgan Murat Kallibekovich Kamalov lavozimidan ozod etildi.

Oliy toifali pedagoglar uchun majburiy attestatsiya sinovlari bekor qilinadi
13 sentabr 2022, 10:29

Oliy toifali pedagoglar uchun majburiy attestatsiya sinovlari bekor qilinadi

XTV topshirig‘i bilan oliy toifali pedagog kadrlar endilikda majburiy attestatsiya sinovlaridan ozod etiladi. Buning uchun oliy malaka toifasini saqlab kelgan pedagog 15 yillik uzluksiz ish tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

Tijorat banklari mijozlarga 13 sentabr uchun arzonlashgan dollar kursini e’lon qildi
13 sentabr 2022, 10:27

Tijorat banklari mijozlarga 13 sentabr uchun arzonlashgan dollar kursini e’lon qildi

Markaziy bank dollar kursini so‘mga nisbatan qiymatini pastlagandan so‘ng tijorat banklari ham mijozlarga dollarni yangilangan narxlarda taklif qildi.

Hushini yo‘qotishi oqibatida daraxtga urilgan Cobalt haydovchisi vafot etdi
13 sentabr 2022, 09:15

Hushini yo‘qotishi oqibatida daraxtga urilgan Cobalt haydovchisi vafot etdi

Ohangaron shossesida sog‘ligi yomonlashgan Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi daraxtga urildi. U voqea joyida vafot etdi.

Toshkentda 5 ming daraxt kesilish xavfi ostida — deputat
13 sentabr 2022, 08:16 1

Toshkentda 5 ming daraxt kesilish xavfi ostida — deputat

Deputat Rasul Kusherbayev tadbirkorlarga ajratilgan hududlardagi devorlar bilan o‘ralgan 5 mingta daraxt kesilish xavfi ostida ekanini ma’lum qildi. U moratoriyga rioya etilmayotgani bois hokimlarning bunday yer uchastkalarini ajratish to‘g‘risida qarorlarini bekor qilishga chaqirdi.

Ukraina Rossiya kuchlari aprel oyidan beri egallaganidan ko‘ra ko‘proq hududni qaytarib oldi — ISW
13 sentabr 2022, 00:09

Ukraina Rossiya kuchlari aprel oyidan beri egallaganidan ko‘ra ko‘proq hududni qaytarib oldi — ISW

Ukraina qo‘shinlari qarshi hujum boshlanganidan beri Rossiya bosib olgan 70 km gacha ichkaridagi pozitsiyalarga siljishga muvaffaq bo‘ldi va rus qo‘shinlari aprel oyidan beri egallagan 3000 kv kmdan ko‘proq maydonni qaytarib oldi, deyiladi ISW hisobotida. Urush 2023 yilgacha davom etishi mumkinligi aytilmoqda.

12 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
12 sentabr 2022, 22:00

12 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Jahonda «global ishonch inqirozi» haqidagi prezident maqolasi, SHHT sammitida imzolanadigan hujjatlar, poyezd tagida qolib ketgan 4 yoshli qiz, Samarqandga $300 mln kredit ajratadigan BAA, Toshkentga kirish yopilmagani, «Bunyodkor» stadionida bo‘lmagan drenaj tizimi va boshqalar — «Gazeta.uz» da kuni dayjesti.

Farg‘onada uyida ukol olgan qizaloq vafot etdi
12 sentabr 2022, 19:36

Farg‘onada uyida ukol olgan qizaloq vafot etdi

Uchko‘prik tumanida sobiq hamshira uy sharoitida ehtiyot choralarsiz ukol qilishi oqibatida qizaloq vafot etdi. Ukol qizda allergik reaksiyani yuzaga keltirgan va nafas yo‘llarini berkitgan. Hamshiraga bir qator sabablar tufayli 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

16 yoshli bola bir kunda 2 ta avtomobilni olib qochdi
12 sentabr 2022, 18:23

16 yoshli bola bir kunda 2 ta avtomobilni olib qochdi

Chust tumanida voyaga yetmagan bola Jiguli va Matiz avtomobillarini olib qochdi. Gumonlanuvchi hibsga olingan. Unga nisbatan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Namanganda Equinox uchta mashina bilan to‘qnashdi
12 sentabr 2022, 17:28

Namanganda Equinox uchta mashina bilan to‘qnashdi

Namanganda Equinox, Lacetti, Nexia va VAZ-2106 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida avtomashinalar texnik shikastlangan, tan jarohati olganlar yo‘q. Hududga svetofor o‘rnatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting