«Savdogar» bank aksiyadorlari uning nomini «Garant bank» etib o‘zgartirishni ma’qulladi. Bu bank egasi o‘zgarganidan bir necha oy o‘tgach sodir bo‘ldi.
Toshkentda bir necha kundan beri elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Ayrim hududlarda soatlab tok bo‘lmayapti, svetoforlar ishlamay qolmoqda, suv bosimi pasaygan. Toshkent ETK buni anomal issiqlik va qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun tarmoqlar modernizatsiya qilinayotgani bilan izohladi.
O‘zbekistonda barcha fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengligini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva «Amerika ovozi» ning O‘zbekistonda haqiqiy muxolifat yo‘qligi haqidagi savoliga javob berar ekan, muxolifat borligi va internetda rasmiylar tanqid qilinishini ta’kidladi. «Xalqning o‘zi ham muxolifat bo‘lishi mumkin», — dedi u.
Norin tumanida yashovchi 33 yoshli fuqaro o‘z uyida osilgan holda topildi. Uning onlayn qimor o‘yinlaridagi yutqazaverishi oilasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqargani va shu sababli o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Arxeologlar Surxondaryoning Xatak g‘orida neandertal odamga tegishli makon borligini aniqlashdi, u taxminan miloddan avvalgi 100−40 ming yillikka oid. G‘ordan Teshik-Toshdagi kabi qurollar ham topildi. Iyundan beri mahalliy va Avstraliyaning Griffet universiteti arxeologlari qazishma ishlarini olib bormoqda.
Toshkentda kovidga chalinishning kunlik holati ko‘payishi ortidan 12 ta tumanda kovid-poliklinikalar faoliyati qayta tiklanmoqda. SSV bepul PZR-test tahlili topshirish mumkin bo‘lgan laboratoriyalar manzillari ro‘yxatini ham e’lon qildi.
Toshkent shahar Sergeli tumanining ayrim hududlarida 29 iyun soat 22:00 dan 30 iyun kuni tushlik vaqtigacha yerusti metrosi qurilishi munosabati bilan quvurlarning ko‘chirilishi sababli sovuq suv ta’minoti to‘xtatiladi. Yangihayot tumanida suv bosimi pasayadi. Mahallalar ro‘yxati.
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda qat’iy karantin qayta tiklanishiga oid audiolar tarqalmoqda. SES boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov bu xabar eskiligi va karantin uchun kunlik kasallanishlar soni juda kamligini aytdi. 27 iyundan esa prezident ishtirokidagi tadbirlarda amaldorlar yana niqob taqa boshladi.
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni 65 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi. Suhbat chog‘ida prezident Serdar Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
BMT Bosh kotibi o‘rinbosari va Ukraina prezidenti 27 iyun kuni Kremenchukdagi savdo markaziga uyushtirilgan aviahujum oqibatlari bo‘yicha tergov ochishga chaqirdi. Savdo markazda kamida 18 kishi halok bo‘ldi, 59 kishi esa jarohat oldi. Rossiya vakili savdo markaziga aviazarba berilmaganini ta’kidlamoqda.
1 iyuldan elektr va gaz uchun tariflar oshirilmaydi, chunki hukumat fuqarolarning tariflarni o‘zgartirish va ijtimoiy normani joriy etish bo‘yicha yuborayotgan takliflarini o‘rganishda davom etmoqda.
AQSh Davlat departamenti Rossiya korxonalariga qarshi sanksiyalar rejimini buzgani uchun O‘zbekistonning Promcomplektlogistic kompaniyasiga nisbatan cheklovlarni joriy qildi. U boshqa kompaniyalar qatorida «Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlash» da gumon qilinib, «qora ro‘yxat» ga kiritilgan.
Bishkek sudi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni 2020 yilning oktabridagi ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi bo‘yicha oqladi.
Bag‘dod tumanida tadbirkor aholiga ajratilgan arzon narxdagi 151,4 tonna un mahsulotini belgilangan mahallalarga yetkazib bermasdan, Marg‘ilon shahrida boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborgani aniqlandi. Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zgidromet hafta oxirigacha So‘x va Farg‘ona tumanlari, qolaversa, So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida muzli sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishidan ogohlantirdi. Aholi va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.
Samarqandda to‘rt kishi «Hizb ut-Tahrir» ekstremistik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qilish, mamlakatdagi konstitutsion tuzumni ag‘darib, xalifalik davlatini tiklashga uringanlikda gumonlanmoqda. Ularni Polshada yashiringan tashkilot yetakchilaridan biri boshqargani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yengil avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari o‘zgarishi bo‘yicha tushuntirish: yangi tartib 1 iyuldan emas, balki 1 sentabrdan kuchga kiradi. Bu yo‘lovchilarni tijoriy tashish uchun foydalaniladigan transport vositalariga taalluqli emas.
Markaziy saylov komissiyasi Konstitutsiyaviy referendum o‘tkazish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rishni boshlab yubordi. Iyul-avgust oylarida 944 nafar trener 140 mingdan ortiq uchastka-okrug komissiya a’zolarini referendum o‘tkazish qoidalari bo‘yicha o‘qitishi rejalashtirilmoqda.
Adabiyotshunos olim, professor Ibrohim Haqqul 73 yoshida vafot etdi. U Abdulhamid Cho‘lpon, Xoja Ahmad Yassaviy va boshqa arboblarning asarlarini o‘quvchilarga yetkazgan, qolaversa, rus tilidagi ikki jildlik «Istoriya uzbekskoy literaturы» kitobining mualliflaridan biri hisoblanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting