YUNESKO o‘g‘irlangan madaniy yodgorliklarning virtual muzeyini yaratadi
23 oktabr 2023, 16:06

YUNESKO o‘g‘irlangan madaniy yodgorliklarning virtual muzeyini yaratadi

YUNESKO Interpol bilan birgalikda o‘g‘irlangan madaniy yodgorliklarning virtual muzeyini yaratadi. Tashrif buyuruvchilar unda butun dunyodagi muzeylar va shaxsiy kolleksiyalardan o‘g‘irlangan artefaktlarning 3D modellarini ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

“Dok-1 Maks” siropi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda GMP sertifikati bo‘lmasa ham, sotuviga ruxsat berilgan
23 oktabr 2023, 15:59

“Dok-1 Maks” siropi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda GMP sertifikati bo‘lmasa ham, sotuviga ruxsat berilgan

“Dok-1 Maks” siropi 2021-yilda qayta ro‘yxatdan o‘tayotganda GMP sertifikati bo‘lmasa-da, 2 oy mobaynida sotuvi davom etgan. Bu davrda zaharli moddasi bo‘lgan 40 mingga yaqin flakon mamlakatga kirgan. Farmatsevtika agentligi sobiq rahbari buni dorilar sertifikat bor paytda ishlab chiqarilgani bilan izohladi.

Navoiydagi YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi
23 oktabr 2023, 15:54

Navoiydagi YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi

Navoiy viloyati Tomdi tumanida Nexia-2 ag‘darilib ketishi oqibatida 3 kishi vafot etdi.

O‘zbekistonda ikki yilda suv xo‘jaligiga qariyb 2 mlrd dollar ajratildi, biroq suv isrofi va nasoslarning holati yaxshilanmadi
23 oktabr 2023, 14:38

O‘zbekistonda ikki yilda suv xo‘jaligiga qariyb 2 mlrd dollar ajratildi, biroq suv isrofi va nasoslarning holati yaxshilanmadi

Ikki yil davomida O‘zbekistonda davlat budjetidan suv xo‘jaligiga qariyb 2 mlrd dollar ($2,54 mlrd davlat qarzini hisobga olmaganda) ajratildi, ammo bu vaqt ichida suv isrofi va nasoslarning holati yaxshilanmadi. Sohaga 2024-yilda yana 1,7 trln so‘m va 300 mln dollarlik kredit ajratish rejalashtirilgan.

Samarqanddagi 9 ta ko‘p qavatli uy jami 9,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
23 oktabr 2023, 12:09

Samarqanddagi 9 ta ko‘p qavatli uy jami 9,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Samarqanddagi 9 ta ko‘p qavatli uy qariyb 9 mlrd 535 mln so‘mlik tabiiy gazdan, 2 ta ko‘p qavatli uy esa 64 mln 800 ming so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Surxondaryodagi “zapravka”da “Jiguli” portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
23 oktabr 2023, 11:56

Surxondaryodagi “zapravka”da “Jiguli” portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Denov tumanidagi gaz quyish shoxobchasida “VAZ-2106” avtomashinasining gaz balloni portladi. Oqibatda yonilg‘i quyish shoxobchasi xodimi va bir haydovchi halok bo‘ldi.

O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi diplomatik missiyasini yakunladi
23 oktabr 2023, 11:34

O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi diplomatik missiyasini yakunladi

O‘zbekistonning Italiyadigi elchisi Otabek Akbarov diplomatik missiyasini yakunladi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri uning besh yillik faoliyatini ijobiy baholab, ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishdagi harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Hafta o‘rtasigacha havo iliq bo‘ladi, payshanba kuni esa yana yomg‘ir yog‘adi
23 oktabr 2023, 11:19

Hafta o‘rtasigacha havo iliq bo‘ladi, payshanba kuni esa yana yomg‘ir yog‘adi

24−25-oktabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat ko‘tarilib, +22…+25 darajagacha isiydi. Ammo payshanba kuni Volgabo‘yidan nam havoning yangi qismi kirib kelib, ayrim hududlarda yana yomg‘ir yog‘adi, harorat +15…+20 darajagacha pasayadi.

Toshkentdagi 160-maktab o‘qituvchilari prezidentga murojaat qildi
23 oktabr 2023, 10:57

Toshkentdagi 160-maktab o‘qituvchilari prezidentga murojaat qildi

Toshkentdagi 160-maktab o‘qituvchilari asossiz tekshiruvlar ortidan maktab direktori ishdan bo‘shatilganini aytib, prezidentga murojaat qildi. Maktab ta’limi boshqarmasi ta’lim-tarbiya jarayoni sifati keskin pasaygani va tekshiruvlar prokuratura tomonidan o‘tkazilganini qayd etdi.

Navoiyda mayning ferma davlatga 24 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazgani aniqlandi
23 oktabr 2023, 10:40

Navoiyda mayning ferma davlatga 24 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazgani aniqlandi

Navoiy viloyatida davlat manfaatlariga 24,4 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan noqonuniy mayning ferma aniqlandi.

Qiziltepa va Xatirchi tumanlariga yangi hokim tayinlandi
23 oktabr 2023, 09:55

Qiziltepa va Xatirchi tumanlariga yangi hokim tayinlandi

Navoyi viloyati hokimi o‘rinbosari Bekzod Bobomurodov Qiziltepa tumaniga, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Umidjon Adizov Xatirchi tumaniga hokimi etib tayinlandi.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya iqlim o‘zgarishiga moslashishda hamkorlik qiladi
23 oktabr 2023, 09:51

O‘zbekiston va Janubiy Koreya iqlim o‘zgarishiga moslashishda hamkorlik qiladi

Prezident O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida iqlim o‘zgarishi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hadli bitimni tasdiqladi.

Qoraqalpog‘istondagi neft bazasida 8,2 mlrd so‘mlik dizel yonilg‘isida kamomad aniqlandi
23 oktabr 2023, 09:38

Qoraqalpog‘istondagi neft bazasida 8,2 mlrd so‘mlik dizel yonilg‘isida kamomad aniqlandi

“O‘znergoinspeksiya” Qoraqalpog‘istondagi “Taxiatosh neft bazasi”da dizel yonilg‘isida 8,2 mlrd so‘mlik kamomadni aniqlandi.

Toshkent viloyatida oltita mashina to‘qnashib ketdi (video)
23 oktabr 2023, 09:19

Toshkent viloyatida oltita mashina to‘qnashib ketdi (video)

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida oltita avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, hech kim jiddiy jarohat olmagan.

“Har bir so‘mni juda tejamkorlik, aql bilan ishlatish kerak” — O‘zbekiston prezidenti
22 oktabr 2023, 19:12

“Har bir so‘mni juda tejamkorlik, aql bilan ishlatish kerak” — O‘zbekiston prezidenti

Prezident Shavkat Mirziyoyev “har bir so‘mni juda tejamkorlik, aql bilan ishlatish” hamda budjet taqchilligi oshishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini ta’kidladi, dedi iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov. 2024-yildan boshlab kreditlar to‘liq infratuzilmaga ega tadbirkorlarga beriladi.

G‘azo sektoriga birinchi gumanitar yordam karvoni yetib bordi
22 oktabr 2023, 12:04

G‘azo sektoriga birinchi gumanitar yordam karvoni yetib bordi

G‘azo sektoriga gumanitar yordam yuklangan 20 ta yuk mashinasidan iborat birinchi karvon yetib bordi. Qohiradagi sammitda BMT rahbari cheklovsiz va uzluksiz insonparvarlik yordami yetkazishga, shuningdek, zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.

USAID ma’muri Samanta Pauer O‘zbekistonga tashrif buyuradi
22 oktabr 2023, 09:46

USAID ma’muri Samanta Pauer O‘zbekistonga tashrif buyuradi

23−24-oktabr kunlari AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi ma’muri Samanta Pauer O‘zbekistonda bo‘ladi. U Markaziy Osiyoda mintaqaviy aloqalar bo‘yicha birinchi S5+1 vazirlar konferensiyasini o‘tkazadi. Uchrashuv haqida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan S5+1 sammiti chog‘ida e’lon qilindi.

O‘zbekiston Qahramoni Jonsaid Turdiyev vafot etdi
22 oktabr 2023, 09:19

O‘zbekiston Qahramoni Jonsaid Turdiyev vafot etdi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tizimida qariyb 30 yil ekskavator mashinisti sifatida ishlagan O‘zbekiston Qahramoni Jonsaid Turdiyev 69 yoshida vafot etdi.

“Davlat tili taraqqiyotini boshqa millat vakillarining tili va madaniyatini rivojlantirish bilan bog‘liq holda ko‘ramiz” — prezident
21 oktabr 2023, 20:42

“Davlat tili taraqqiyotini boshqa millat vakillarining tili va madaniyatini rivojlantirish bilan bog‘liq holda ko‘ramiz” — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini O‘zbek tili bayrami bilan tabrikladi. Davlat tilini rivojlantirish boshqa tillar va madaniyatlar rivoji bilan uyg‘unlikda ko‘rib chiqilishini ta’kidladi. Shuningdek, u lotinchadagi alifboni takomillashtirishda jamoatchilik fikrini inobatga olish zarurligini qayd etdi.

Prezident amaldor va deputatlarni yana yo‘llardagi o‘limga befarqlikda aybladi
21 oktabr 2023, 17:30

Prezident amaldor va deputatlarni yana yo‘llardagi o‘limga befarqlikda aybladi

“Yo‘llarda shuncha odam o‘lib ketyapti, ijtimoiy tarmoqlarga qarab bo‘lmaydi”, — dedi prezident yig‘ilishda. “Nega prezident tashvish qilib, hammani „yondirishi“ kerak? Nimaga deputatlar „yonmaydi“?” — so‘radi u. Qariyb bir yarim yil avval ham u amaldorlarni bunday “favqulodda holat”ga befarqlikda ayblagandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting