19 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
19 noyabr 2021, 21:30

19 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi qabul qilingan qarorlar, Oliy Majlis Senatining 21 yalpi majlisi, Inkuzart`ning yangi graffitisi yana bo‘yab tashlanishi — “Gazeta.uz"ning 19 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekistonda elektron pul tizimlari soni 10 taga yetdi
19 noyabr 2021, 19:30

O‘zbekistonda elektron pul tizimlari soni 10 taga yetdi

Markaziy bank 1HLSW va GlobalPay elektron pul tizimlari faoliyatiga ruxsat berdi. Ikkala tizimning ham emitenti sifatidagi pullarni «Aloqabank» ATB chiqaradi. Bu ikki tizim bilan O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan elektron pul tizimlari soni 10 taga yetdi.

Sirdaryoda IES qurilishi bo‘yicha tender g‘olibi e’lon qilindi
19 noyabr 2021, 18:26

Sirdaryoda IES qurilishi bo‘yicha tender g‘olibi e’lon qilindi

Fransiya, Qatar va Yaponiyaning «EDF, Nebras Power, Sojitz Corporation» kompaniyalari konsorsiumi Sirdaryoda 1600 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasini quradi. IES 2025 yil o‘rtalarida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Jalb qilingan investitsiyalar hajmi 1,2 milliard dollarga baholanmoqda.

TDIU 90 yilligini nishonlashga ajratilayotgan 2,25 mlrd so‘m nimalarga sarflanishi ma’lum qilindi
19 noyabr 2021, 18:24

TDIU 90 yilligini nishonlashga ajratilayotgan 2,25 mlrd so‘m nimalarga sarflanishi ma’lum qilindi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 90 yilligini nishonlash uchun 300 ming dollar ajratilayotgani haqidagi xabarlarga izoh berildi. Universitet matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga yubileyni nishonlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi doirasida ajratilayotgan 2,25 mlrd so‘mning nimalarga yo‘naltirilishini ma’lum qildi.

2021 yilda O‘zbekistonga migrantlarning pul o‘tkazmalari 7,6 mlrd dollarni tashkil etishi kutilmoqda
19 noyabr 2021, 18:01

2021 yilda O‘zbekistonga migrantlarning pul o‘tkazmalari 7,6 mlrd dollarni tashkil etishi kutilmoqda

Jahon banki hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonga mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari hajmi 2021 yilda qariyb 7,6 mlrd dollarni yoki mamlakat YAIMning 11,6 foizini tashkil etishi kutilmoqda. Global makroiqtisodiy prognozlarga muvofiq, 2022 yilda pul o‘tkazmalari hajmi 2,6 foizga o‘sishi kutilmoqda.

OTMga kirishda maktab baholarini hisobga olish nizomi tasdiqlandi
19 noyabr 2021, 17:36

OTMga kirishda maktab baholarini hisobga olish nizomi tasdiqlandi

Maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo‘shiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi. Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga o‘tkaziladi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uch kunlik o‘sishdan so‘ng pasaydi
19 noyabr 2021, 17:15

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uch kunlik o‘sishdan so‘ng pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 26,77 so‘mga pasayib, 10 741,33 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

Toshkentda yoshlar o‘rtasida 2025 yilgi Paraosiyo o‘yinlari o‘tkaziladi
19 noyabr 2021, 17:06

Toshkentda yoshlar o‘rtasida 2025 yilgi Paraosiyo o‘yinlari o‘tkaziladi

Toshkentda yoshlar o‘rtasida 2025 yilgi Paraosiyo o‘yinlari o‘tkaziladi. Avvalroq O‘zbekiston 2025 yili yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan IV yozgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilishi haqida xabar berilgan. Prezident matbuot kotibining ma’lum qilishicha, “shu paytgacha hech qaysi davlatda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari ketma-ket o‘tkazilmagan”.

Nogironligi bor bolalarni jamiyatdan ajratib qo‘yish amaliyotini to‘xtatishga chaqiraman — Ziroat Mirziyoyeva
19 noyabr 2021, 16:55

Nogironligi bor bolalarni jamiyatdan ajratib qo‘yish amaliyotini to‘xtatishga chaqiraman — Ziroat Mirziyoyeva

«Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatdan ajratib qo‘yish amaliyotiga chek qo‘yish va bu boradagi ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. UNICEF`ning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xan bilan nogironligi bo‘lgan bolalarga nisbatan stigma va diskriminatsiyaga barham berish bo‘yicha umummilliy kampaniya boshlanishi e’lon qilindi.

Inkuzart`ning yangi graffitisi yana bo‘yab tashlandi
19 noyabr 2021, 16:27

Inkuzart`ning yangi graffitisi yana bo‘yab tashlandi

Strit-art rassomi Inkuzart benzin narxi oshishiga ishora qilib, «O‘zbekneftgaz» yoqilg‘i quyish shoxobchasi yonidagi devorda yangi graffiti chizdi. Bir necha soatdan keyin rasm bo‘yab tashlandi.

Ai-80 benzinining birja narxlari pasayishni boshladi
19 noyabr 2021, 16:22

Ai-80 benzinining birja narxlari pasayishni boshladi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va boshqa idoralarning aralashuvidan so‘ng Ai-80 rusumli benzinning birja narxlari pasaya boshladi. Uch kun ichida yoqilg‘i narxi 9 foizga arzonlashdi, xaridorlar soni esa keskin oshdi.

OKMK mis boyitish fabrikasi qurilishi uchun €712 mln miqdorida kredit jalb qilindi
19 noyabr 2021, 15:13

OKMK mis boyitish fabrikasi qurilishi uchun €712 mln miqdorida kredit jalb qilindi

Rossiyaning VEB.RF rivojlanish korporatsiyasi OKMK tarkibida mis boyitish fabrikasi qurilishi qurish uchun davlat kafolati va ta’minotisiz 712 mln yevro miqdorida kredit ajratmoqda. Yangi inshoot hisobidan zavod 2028 yilga borib katodli mis ishlab chiqarishni yiliga 400 ming tonnaga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Bosh prokuratura jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 18 nafar xodimni intizomiy jazoga tortdi
19 noyabr 2021, 15:02

Bosh prokuratura jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 18 nafar xodimni intizomiy jazoga tortdi

Bosh prokuratura hay’at yig‘ilishida 18 nafar xodim intizomiy jazoga tortildi. Ushbu xodimlar faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hamda xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lgani uchun jazolangan.

Senatorlar «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlarni ma’qulladi
19 noyabr 2021, 14:45

Senatorlar «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlarni ma’qulladi

Senatorlar tomonidan ma’qullangan «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, sotuvchiga to‘lov shakliga qarab tovarlarga turli narxlar belgilash taqiqlanadi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining ushbu sohadagi vakolatli davlat organi sifatidagi vakolatlari qonun hujjatlarida mustahkamlanmoqda.

O‘zbekiston va Rossiya rubldagi hisob-kitoblarga o‘tishi mumkin
19 noyabr 2021, 14:43

O‘zbekiston va Rossiya rubldagi hisob-kitoblarga o‘tishi mumkin

O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro hisob-kitoblarda dollardan voz kechib, rublga o‘tishi mumkin. Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vaziri Maksim Reshetnikovning ma’lum qilishicha, prezident Putin boshqa davlatlar bilan hisob-kitoblarda rubldan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha toshpiriq bergan. Iqtisodchi Otabek Bakirov mazkur mexanizm amaliyotga joriy etilsa, Rossiya bilan tashqi savdo salbiy saldosi oshishi mumkinligini qayd etdi.

Yoshlar, Navo va Kinoteatr kanallariga reklamadan daromad olishga ruxsat berildi
19 noyabr 2021, 14:27

Yoshlar, Navo va Kinoteatr kanallariga reklamadan daromad olishga ruxsat berildi

Yoshlar, Navo va Kinoteatr telekanallari ixtisoslashtirilgan reklama xususiyatiga ega bo‘lgan kanal sifatida faoliyat ko‘rsatishiga ruxsat berildi.

Senat rulda bluetooth orqali telefonda gaplashishga ruxsat beruvchi qonunni ma’qulladi
19 noyabr 2021, 13:43

Senat rulda bluetooth orqali telefonda gaplashishga ruxsat beruvchi qonunni ma’qulladi

Senat mashina boshqarayotganda bluetooth va qo‘lni band qilmaydigan boshqa uskunalar orqali telefonda suhbatlashishga ruxsat beruvchi qonunni ma’qulladi. Pasport (ID-kartalar) bo‘lgan taqdirda, haydovchilik guvohnomasi, sug‘urta polisi va texpasportni olib yurish shart bo‘lmaydi. Monitor uchun jarima bekor qilinmoqda, sug‘urta polisi yo‘qligi uchun jarima pasaytiriladi. Qonun prezident tomonidan imzolanishi lozim.

«Pastkash erkaklari bor huquqni himoya qiluvchilar ishlayotgan jamiyatning borligi uyatli» — Rasul Kusherbayev
19 noyabr 2021, 12:47

«Pastkash erkaklari bor huquqni himoya qiluvchilar ishlayotgan jamiyatning borligi uyatli» — Rasul Kusherbayev

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev deputat ayol Feruza Babasheva atrofida bo‘layotgan voqealarga munosabat bildirdi. U ayolning bir erkak bilan birgalikdagi fotosuratlari va videosining ijtimoiy tarmoqlarga tarqalib ketganini keskin qoralab, «kim va nima bo‘lishidan qat’i nazar, odamni sindirish bunday usul bilan uyushtirilmasligini» ta’kidladi.

Koronavirusga qarshi emlanuvchilarning 75 foizdan ortig‘i vaksinaning birinchi dozasini oldi
19 noyabr 2021, 12:25

Koronavirusga qarshi emlanuvchilarning 75 foizdan ortig‘i vaksinaning birinchi dozasini oldi

18 noyabrda O‘zbekiston hududlari bo‘ylab 297 753 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shu kungacha birinchi doza bilan emlanish ko‘rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 75,3 foizni tashkil qilmoqda.

Orolbo‘yida kardiologiya markazi ochiladi
19 noyabr 2021, 11:59

Orolbo‘yida kardiologiya markazi ochiladi

Hukumat qarori bilan Orolbo‘yida kardiologiya tibbiyot markazi tashkil etiladi. Markaz Orolbuyi mintaqasidagi hamda Buxoro va Navoiy viloyatlarida tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatadi. Markaz kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qo‘yish, davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish bilan shug‘ullanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting