Olimpiada-2024

Parij Olimpiadasining 3-kuni: o‘zbekistonlik 2 bokschi medallar uchun kurashni davom ettiradi
29 iyul 2024, 22:54

Parij Olimpiadasining 3-kuni: o‘zbekistonlik 2 bokschi medallar uchun kurashni davom ettiradi

Olimpiya o‘yinlarining 3-kunida Bahodir Jalolov va Ruslan Abdullayev chorak finalga chiqdi. Qilichboz Zaynab Dayibekova ilk bahsida yengildi. Dzyudochi Shukurjon Aminova va Murodjon Yo‘ldoshev esa 2-davrasida musobaqani tark etdi. Suzish va eshkak eshish bahslarida ham o‘zbekistonliklar keyingi bosqichga o‘ta olmadi.

Diyora Keldiyorova o‘zbekistonliklardan Uta Abe manziliga negativ izoh yozishni to‘xtatishni so‘radi
29 iyul 2024, 21:36

Diyora Keldiyorova o‘zbekistonliklardan Uta Abe manziliga negativ izoh yozishni to‘xtatishni so‘radi

Dzyudo bo‘yicha Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova o‘zbekistonliklardan raqibi Uta Abe haqida haqoratomuz fikrlar yozishni to‘xtatish va barchaga hurmat ko‘rsatishni so‘radi. Avvalroq 5 yil mag‘lubiyatga uchramagan yaponiyalik sportchi Keldiyorovaga yutqazganida, nega yig‘lab yuborganini tushuntirgandi.

“O‘zbekistondagi ayollar hayotini o‘zgartirish mening missiyam” — Diyora Keldiyorova Olimpiadadagi g‘alabasi haqida
29 iyul 2024, 14:19

“O‘zbekistondagi ayollar hayotini o‘zgartirish mening missiyam” — Diyora Keldiyorova Olimpiadadagi g‘alabasi haqida

Parij olimpiadasi chempioni dzyudochi Diyora Keldiyorova g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U oltin medali O‘zbekistonda ayol sportchilarga katta yo‘l ochishiga ishonch bildirdi. Shu bilan birga, O‘zbekistondagi ayollar hayotini o‘zgartirish uning missiyasi ekanini ta’kidladi.

Parij-2024: 29-iyul kuni o‘zbekistonliklarni qanday musobaqalar kutmoqda?
29 iyul 2024, 08:53

Parij-2024: 29-iyul kuni o‘zbekistonliklarni qanday musobaqalar kutmoqda?

Dushanba kuni Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qilichboz Zaynab Dayibekova, dzyudochilar Murodjon Yo‘ldoshev va Shukurjon Aminova, akademik eshkak eshuvchi Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev bahslarga kirishadi. Bokschilar Ruslan Abdullayev va Bahodir Jalolovni ham janglar kutmoqda.

Prezident dzyudochi Diyora Keldiyorovani Olimpiadadagi g‘alabasi bilan tabrikladi
29 iyul 2024, 06:17

Prezident dzyudochi Diyora Keldiyorovani Olimpiadadagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dzyudochi Diyora Keldiyorovaga qo‘ng‘iroq qilib, uni Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi. Sportchi o‘zining g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

Parij-2024: Dzyudochi Diyora Keldiyorova Olimpiada chempioni bo‘ldi
28 iyul 2024, 21:45 1

Parij-2024: Dzyudochi Diyora Keldiyorova Olimpiada chempioni bo‘ldi

Diyora Keldiyorova dzyudo bo‘yicha Parij olimpiadasining oltin medalini qo‘lga kiritdi. U terma jamoaga ilk medalni taqdim etish bilan birga yozgi olimpiada o‘yinlari tarixida sovrindor bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik ayol sportchi bo‘ldi.

Parij-2024: “Finaldan ancha oldingi final”. Dzyudochi Diyora Keldiyorova yaponiyalik olimpiada chempionini mag‘lub etdi
28 iyul 2024, 16:31

Parij-2024: “Finaldan ancha oldingi final”. Dzyudochi Diyora Keldiyorova yaponiyalik olimpiada chempionini mag‘lub etdi

Parij olimpiadasining dzyudo bo‘yicha bahslarida Diyora Keldiyorova amaldagi jahon hamda Tokio Olimpiadasi chempioni yaponiyalik Uta Abeni mag‘lub etdi. 2019-yildan beri jahon turnirlarida yengilmagan Uta ko‘zda yosh bilan musobaqani tark etdi. Diyora Keldiyorova esa yana bir raqibini yengib, yarim finalga chiqdi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi — Olimpiadadan ketish haqida
28 iyul 2024, 11:06

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi — Olimpiadadan ketish haqida

O‘zbekiston futbol bo‘yicha Olimpiadani “bu qadar erta” tark etish niyati yo‘q edi, dedi terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa raqiblarini mag‘lub etish uchun yetarli kuchga ega edi, biroq ayrim epizodlarda xatolarga yo‘l qo‘yildi.

O‘zbekiston futbolchilari Olimpiadada Misrga mag‘lub bo‘ldi
28 iyul 2024, 10:05

O‘zbekiston futbolchilari Olimpiadada Misrga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik futbolchilar Olimpiadadagi ikkinchi o‘yinni ham boy berib, guruhda qolib ketdi. Misrliklarning 11-daqiqada urgan goli evaziga hisob 0:1 bilan tugadi. Terma jamoa 30-iyul kuni Dominikan Respublikasiga qarshi o‘yinga tushadi.

Parij-2024: 27-iyul kuni o‘zbekistonliklarni qaysi musobaqalar kutmoqda?
27 iyul 2024, 09:19

Parij-2024: 27-iyul kuni o‘zbekistonliklarni qaysi musobaqalar kutmoqda?

Shanba kuni Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonliklar 4 ta sport turi bo‘yicha bahslarga kirishadi. Dzyudochilar Doston Ruziyev va Xalimajon Qurbonova, velosportchi Olga Zabelinskaya, bokschi Nigina O‘ktamova ilk ishtirokini boshlaydi. O‘zbekistonlik futbolchilar esa Misrga qarshi o‘ynaydi.

Fransiyada Olimpiadaning ochilish kuni temiryo‘lda sabotaj yuz berdi
26 iyul 2024, 19:01

Fransiyada Olimpiadaning ochilish kuni temiryo‘lda sabotaj yuz berdi

Parij Olimpiadasi ochilishi kuni Fransiya temiryo‘l tarmog‘ida sabotaj uyushtirildi. Vandallar bir necha muhim yo‘nalishlardagi signal qutilariga o‘t qo‘ydi, bu esa tezyurar poyezdlarning harakatiga jiddiy ziyon keltirdi.

Foto: Parij — Olimpiya o‘yinlari ochilishi arafasida
26 iyul 2024, 18:10

Foto: Parij — Olimpiya o‘yinlari ochilishi arafasida

Parijda 26-iyul kuni 2024-yilgi yozgi Olimpiada rasman ochiladi. To‘rt yillikning eng katta sport tadbiri arafasida Fransiya poytaxti Olimpiya ranglari va ramzlari bilan to‘ldi. Shaharda xavfsizlik choralari ham kuchaytirilgan. “Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin Parijdan olimpiyaoldi fotoreportaj tayyorladi.

Timur Kapadze Misr bilan o‘yindan avval fikrlarini bildirib o‘tdi
26 iyul 2024, 16:44

Timur Kapadze Misr bilan o‘yindan avval fikrlarini bildirib o‘tdi

O‘zbekiston OTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze Misr bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yindan avval fikrlarini bildirib o‘tdi. U bo‘lajak raqibning kuchli tomonlari hamda imkoniyatlarini yaxshi bilishlarini va oldingi o‘yindan kerakli xulosalar chiqarilganini ta’kidladi.

Parij-2024: O‘zbekistonlik kamonchilar 1/32 final bosqichiga chiqdi
25 iyul 2024, 22:40

Parij-2024: O‘zbekistonlik kamonchilar 1/32 final bosqichiga chiqdi

25-iyul kuni Olimpiya o‘yinlari kamondan otish bahslarining 1-saralash bosqichi boshlandi. Unda Ziyodaxon Abdusattorova 649 ochko to‘plab, 34-o‘rinni band qildi. Amirxon Sodiqov esa 674 ochko bilan 13-natijani qayd etdi. Ular 31-iyul kuni 1/32 final bosqichidan medallar uchun kurashni boshlaydi.

Timur Kapadze Olimpiya shaharchasida muammolar ko‘pligi haqida gapirdi
25 iyul 2024, 17:51

Timur Kapadze Olimpiya shaharchasida muammolar ko‘pligi haqida gapirdi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Fransiyadagi Olimpiya shaharchasida muammolar ko‘pligi haqida ma’lum qildi. “Olimpiya shaharchasiga kelganimizdan beri har kuni qandaydir voqealar sodir bo‘lmoqda. Hali avtobus kelmaydi, hali avtobuslar yo‘lda adashib qolmoqda”, — deydi jamoa murabbiyi.

“Hozircha hech narsa yo‘qotganimiz yo‘q”. Eldor Shomurodov — Ispaniya bilan uchrashuv haqida
25 iyul 2024, 12:16

“Hozircha hech narsa yo‘qotganimiz yo‘q”. Eldor Shomurodov — Ispaniya bilan uchrashuv haqida

Olimpiada o‘yinlarining futbol bo‘yicha guruh bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi Ispaniyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Futbolchi Eldor Shomurodov o‘yin haqida fikr bildirib, jamoa kichik xatolar evaziga yutqazganini aytdi. “Guruhda o‘zimizga teng raqiblarimiz bor. Hozircha hech narsa yo‘qotganimiz yo‘q”, dedi u.

O‘zbekiston futbolchilari Olimpiadadagi ilk uchrashuvda Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi (video)
24 iyul 2024, 20:41

O‘zbekiston futbolchilari Olimpiadadagi ilk uchrashuvda Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi (video)

O‘zbekiston futbol terma jamoasining Olimpiadadagi tarixiy debyuti raqiblar reytingiga to‘liq mos tushdi. Ispaniyadan mag‘lubiyat 1:2 nisbatdagi kichik farqni aks ettirdi. Futbolchilar munosib o‘yin ko‘rsatdi, endi qolgan o‘yinlar turnirning chorak finaliga yetaklashi kerak.

Xulian, Ashraf, Fermin, Eldor: Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan 11 mashhur futbolchi
24 iyul 2024, 19:07

Xulian, Ashraf, Fermin, Eldor: Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan 11 mashhur futbolchi

Bugun Parijdagi Olimpiya o‘yinlari doirasida futbol bo‘yicha bahslar start oldi. O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixidagi ilk ishtirokini Ispaniyaga qarshi uchrashuv bilan boshladi. “Gazeta.uz” musobaqaning futbol bo‘yicha bahslarida dunyoning qaysi yulduzlari to‘p tepishi haqida qisqacha ma’lumot beradi.

O‘zbekiston Olimpiadadagi ishtirokini Ispaniyaga qarshi futbol o‘yini bilan boshlaydi
24 iyul 2024, 12:21

O‘zbekiston Olimpiadadagi ishtirokini Ispaniyaga qarshi futbol o‘yini bilan boshlaydi

O‘zbekiston terma jamoasi Parijdagi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini Ispaniyaga qarshi futbol uchrashuvi bilan boshlaydi. O‘yin 24-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting