AES qurilishi uchun 8−10 yil kerak, shuning uchun energetika sohasidagi muammolarni tezroq bartaraf etish lozim, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Toshkent hokimiga ikki nafar birinchi o‘rinbosar hamda bir o‘rinbosar tayinlandi.
Komil Allamjonov prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari — prezident matbuot kotibi lavozimidan ozod qilindi.
«O‘zavtotrans» agentligi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Rahmonbek Usmonov poytaxtning Yunusobod tumaniga hokim bo‘ldi.
O‘zbekiston Iqlim bo‘yicha Parij bitimi hamda Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti ustavi va tartib-qoidalarini ratifikatsiya qildi.
Yusup Kabuljanov O‘zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli bo‘ldi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30 sentyabr — 1 oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.
O‘zbekiston va Hindiston turli sohalarda 20 ta hujjat hamda Andijon viloyati va Gujarat shtati, Samarqand va Agra o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni imzoladi.
Shavkat Mirziyoyev Hindistonga davlat tashrifini Agradan boshladi, u yerda Toj Mahalni borib ko‘radi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlari muzokaralarni keng doirada davom ettirdi. 2019 yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga Turkmaniston raislik qiladigan bo‘ldi.
Oliy Majlis Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun ma’qullandi.
Dushanbe shahridagi Koxi somon saroyida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boshlandi.
Senatning o‘n oltinchi yalpi majlisida Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani va Navoiy viloyatining Konimex tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 sentyabr — 1 oktyabr kunlari Hindistonga tashrif buyuradi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18−19 oktyabr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi.
Nig‘matilla Yuldoshev Senat qo‘mitalari murojaatlariga aksariyat vazirlik va idoralar sayoz, asossiz va «shablon» ma’lumotlar bilan javob qaytarayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Tursunzoda tumanidagi «Bog‘i somon» dehqon xo‘jaligiga tashrif buyurdi.
Oliy Majlis Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida «Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida"gi qonun ma’qullandi.
Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon hamrohligida Tursunzoda shahridagi «Talko» davlat unitar korxonasi bilan tanishdi.
«Notariat to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalarga kiritildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting