Latviyadagi elchi Timur Rahmonov bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning Litvadagi elchisi etib tayinlandi. U mamlakat prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Yevrokengash va Yevropa komissiyasi prezidentlari Antoniu Koshta va Ursula fon der Lyayen YI — Markaziy Osiyo birinchi sammitida ishtirok etish uchun 3−4-aprelda O‘zbekistonda bo‘ladi. Kun tartibida — transport va raqamli aloqa, strategik xomashyo, iqtisodiyot va xavfsizlik sohalarida hamkorlikni kengaytirish.
Harbiy sud Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdga oid jinoyat ishi doirasida 10 nafar ayblanuvchiga hukm o‘qidi. Unga ko‘ra, Shuhrat Rasulovga 23 yil, Javlon Yunusovga 18 yil 6 oy, Shoxrux Axmedovga 23 yil, Ismoil Jahongirovga 23 yil va Doniyor Tashxodjayevga 7 yilga qamaldi.
Polkovnik Farxod Xasanov Toshkent shahri IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Ilgari bu lavozimni Doniyor Tashxodjayev egallab kelgan.
Prezident G‘ayrat Nasirovni Bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinladi.
Qonunchilik palatasi Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Ma’lum qilinishicha, muhokamalar asosida konsepsiyaning 10 dan ortiq bandiga o‘zgartirishlar kiritilgan.
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida 2021-yil martdan beri ishlab kelgan Olgan Bekar mamlakatdagi o‘z diplomatik missiyasini yakunlamoqda.
Davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov Prezident administratsiyasi shtatlari 50 foizga qisqartirilishi haqidagi ma’lumot “rasman tasdiqlanmagani”ni aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayonning hajmi va ko‘lami tegishli o‘rganish va tahlillar o‘tkazilgandan keyingina ma’lum bo‘ladi.
O‘zbekiston Islandiyaga birinchi elchisini tayinladi. Bu lavozimni mamlakatning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmanov egalladi. Ikki davlat diplomatik munosabatlarni 1997-yilda o‘rnatgan.
Prezident barcha turdagi yo‘lovchi transportiga chipta olish imkonini beruvchi platformani ishga tushirish kechikayotganini ta’kidladi. “Qaysi rahbar raqamlashtirishni kechiktirsa, ochiqlik siyosatimizga qarshi chiqqan bo‘ladi”, — dedi u. O‘zbekistonga kirish uchun elektron viza olish jarayonini tezlashtirish buyurildi.
O‘zbekiston Shveysariya bilan Gulnora Karimovaning aktivlarini mamlakatga qaytarish bo‘yicha yangi kelishuv imzoladi. Shveysariya yana 182 mln dollarni O‘zbekiston xalqiga BMTning Uzbekistan Vision 2030 ko‘p sheriklik trast jamg‘armasi orqali qaytarishi kutilmoqda.
Toshkent viloyatida malayziyalik tadbirkorlar uchun barcha imtiyozlarga ega maxsus iqtisodiy zona tashkil etildi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti. Ularni O‘zbekistonga sarmoya kiritishga taklif qilib, har bir loyiha bo‘yicha alohida hukumat qarori chiqarilishini ta’kidladi.
Somali O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 157-davlatga aylandi. Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Somalining doimiy vakili Abukar Dahir Usmon imzoladi.
O‘zbekiston prezidenti Malayziya bosh vaziri bilan birgalikda Petronas korporatsiyasining bosh qarorgohi Twin Towers binosiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari, xususan, geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini o‘zlashtirishni ustuvor vazifa sifatida qayd etdi.
O‘zbekistonda 2024-yilda ro‘yxatdan o‘tmay ishlayotgan 60 mingdan ortiq tadbirkor faoliyati qonuniylashtirildi. 12,2 ming tadbirkorga huquqiy yordam berildi, profilaktika sababli 15,3 mlrd so‘m soliq ixtiyoriy to‘landi. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash bo‘yicha 1625 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 800 mlrd so‘m undirildi.
Kuala-Lumpurda O‘zbekiston rahbari va Malayziya bosh vaziri biznes forumda ishtirok etdi. Forumda transport, savdo, energetika, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik muhokama qilindi. Shavkat Mirziyoyev maqsad munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqish ekanini ta’kidladi.
Sharifbek Hasanov Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi. U bunga qadar Hisob palatasi va Vazirlar Mahkamasida faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida bojxona, oliy ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar, “aqlli” shaharlarni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma va 2025−2026-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish rejasi imzolandi.
O‘zbekiston prezidenti va Malayziya bosh vaziri 2025−2026-yillarni o‘zaro sheriklikni innovatsion rivojlantirish davri deb e’lon qilishga kelishib oldi. Tashqi ishlar vazirlarining strategik muloqoti uchun platforma yaratiladi, imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim va sanoat kooperatsiyasi dasturi ishlab chiqiladi.
Kuala-Lumpurdagi hukumat majmuasida Shavkat Mirziyoyevni Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Foto.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting