O‘zbekiston Prezidenti Sooronbay Jeenbekovni Qirg‘iziston Prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan tabrikladi.
Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Eron rahbariyati bilan muzokaralar olib boradi va O‘zbekiston-Eron biznes-forumida ishtirok etadi.
Milliy aviakompaniya O‘zbekiston Prezidentining uzoq parvozlari uchun Alisher Usmonovga tegishli Airbus 340 samolyotini ijaraga oldi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga keldi.
O‘zbekiston MDH faoliyatidagi ishtirokiga sifat jihatidan yangi sur’at bag‘ishlashni maqsad qilib qo‘ygan, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Avval tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Javlon Vahobov O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi lavozimiga kirishish uchun Nyu-Yorkka jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston 2020 yilda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga raislik qilish uchun ariza topshirdi.
Shavkat Mirziyoyev MDH Davlat rahbarlari kengashining Sochida bo‘ladigan majlisida ishtirok etadi.
O‘zbekiston Prezidenti bosh vazir o‘rinbosari Temir Jumakadirovning YTHda halok bo‘lgani munosabati bilan Qirg‘iziston Prezidentiga hamdardlik yo‘lladi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston 5 oktyabrda imzolagan 13 ta hujjatga qo‘shimcha ravishda 6 oktyabr kuni yana 6 ta hujjat imzolandi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari davlatlar o‘rtasidagi o‘zgarishlarni tarixiy deb atab, barchasi xalqlar manfaatlari uchun amalga oshirilayotganini ta’kidlashdi.
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon telefon orqali muloqotda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini qayd etishdi.
Toshkentga yetib kelgan Qirg‘iziston Prezidentini Shavkat Mirziyoyev turmush o‘rtog‘i bilan kutib oldi.
Shavkat Mirziyoyev o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Senatorlar o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi.
5−6 oktyabr kunlari Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayevning O‘zbekistonga davlat tashrifi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Prezidenti Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan hodisa munosabati bilan AQSH Prezidentiga hamdardlik yo‘lladi.
Senat 4 oktyabr kuni o‘zbek-qirg‘iz chegarasi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqadi.
Prezident Maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini kasb bayrami bilan tabrikladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting