Shavkat Mirziyoyev Ashraf G‘ani bilan uchrashuv jarayonida O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev va Navoz Sharif O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Ostona shahriga keldi
Afg‘oniston Prezidenti Kobulda Prezidentning maxsus vakili boshchilik qilgan O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi.
O‘zbekiston Prezidenti Tehrondagi teraktlar munosabati bilan Eron rahbariga hamdardlik bildirdi.
Botir Kudratxodjayev Majburiy ijro byurosi direktori etib tayinlandi.
Bahodir Ataxanov Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining bosh direktori etib tayinlandi.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Samarqand va Orolbo‘yi hududiga tashrif buyuradi.
Erkin Muhitdinov bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Rustam Azimov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod qilinib, «O‘zbekinvest» kompaniyasiga rahbar etib tayinlandi.
Alisher Xo‘jayev va Kamoliddin Eshonxo‘jayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari bo‘ldi.
O‘zbekiston Prezidenti Ostonada o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etadi.
O‘zbekiston Prezidenti jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish dasturini tasdiqladi.
Habibulla Oqilov Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektori etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev Muhammad Ashraf G‘aniga Kobuldagi portlashlar munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.
Biz hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydigan bunday g‘ayriinsoniy va shafqatsiz harakatni qattiq qoralaymiz, deb ta’kidladi O‘zbekiston Prezidenti.
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi negizida Davlat veterinariya qo‘mitasi tashkil etildi.
Davgeodezkadastr qo‘mitasi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi tuzilib, yangi xodimlar ishga olinadi.
Prezident Andijon viloyatida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan ramziy tugmani bosdi.
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi biokimyo zavodiga tashrif buyurdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting