Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi mas’ul xodimi Ruslan Mirzayev SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimiga tasdiqlandi.
2021−2022 yillarda o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotining sammitiga raislik qilish O‘zbekistonga rasman o‘tdi. Sammit doirasida sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish, kambag‘allikni kamaytirish, turizm sohasida hukumatlararo bitimni ishlab chiqish, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishni nazarda tutuvchi «Yo‘l xaritasi»ni qabul qilish kabi vazifalar belgilangan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuvda uning iqtisodiy korrupsiyaga qarshi kurashdagi tajribasidan foydalanishini ta’kidladi. Davlatlar rahbarlari «Shimol-Janub» koridorini Chorboxor porti bilan faollashtirish masalalarini ham muhokama qilishdi.
Qaysi hollarda prezidentlikka nomzod o‘z maqomidan mahrum etilishi mumkin? Saylovda tashviqotning qanday turlariga ruxsat berilgan va qaysilari taqiqlangan? Saylov kampaniyasi davomida nomzodlarga g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari uchun qanday jazo chorasi qo‘llaniladi? «Gazeta.uz» muxbirining nomzodlarning huquqlari va majburiyatlariga oid savollariga MSK doimiy a’zosi Bahodir Yunusov javob berdi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov jamiyatning hukumatga bo‘lgan ishonchi va vaksinatsiya darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikka to‘xtaldi. «Qayerda, qaysi mamlakatda davlatga xalqning ishonchi yuqori bo‘lsa, vaksinatsiya darajasi shuncha yuqori bo‘lyapti», — dedi vazir. U «snos» masalasi xalqning davlat organlariga ishonchiga ta’sir ko‘rsatganini esga oldi.
Shavkat Mirziyoyevning Emomali Rahmon bilan uchrashuvi, Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasini qurilishi, YHX xodimlarining yangi namunadagi formasi tasdiqlanishi — “Gazeta.uz"ning 16 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHT Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun Dushanbega jo‘nab ketdi. Sammit yakunida Dushanbe deklaratsiyasi qabul qilinishi va boshqa hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek SHHTga raislik O‘zbekistonga o‘tadi.
Yangi chiqarilgan qonunlar, O‘zbekiston delegatsiyasining toliblar bilan uchrashuvi, tonirovka narxining 10 foizga pasaytirilishi — “Gazeta.uz"ning 15 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qirg‘izistonda Bobur nomidagi O‘sh akademik o‘zbek musiqali drama teatrida rekonstruksiya ishlari boshlandi. Majmuadagi qiymati 5 mln dollarlik bo‘lgan ishlarni O‘zbekiston moliyalashtiradi.
14 sentabr kuni O‘zbekiston afg‘on xalqiga 25 ta vagonda zarur mahsulotlardan iborat insonparvarlik yordamini yubordi. O‘zbekiston delagatsiyasi «Tolibon» vakillari bilan uchrashib, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni muhokama qildi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
26 sentabr Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni etib belgilandi. 1991 yil shu kuni O‘zbekistonning birinchi prezidenti O‘zSSR KGBsini tugatish va MXXni tuzish to‘g‘risidagi qonunga imzo chekkan edi. 2018 yilda Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmatiga aylangach, bayram DXX kuni deb nomlandi va 5 aprel kuni nishonlana boshlandi.
2004 yilda sobiq Andijon viloyati hokimi, 11 yil mobaynida viloyatni boshqargan Qobiljon Obidovdan «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni «noma’lum sabablarga ko‘ra» qaytarib olingan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga asosan unga mazkur unvon hamda «Oltin yulduz» medali qaytarib berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro moliya korporatsiyasi boshqaruvchi direktori Maxtar Diop boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
Rossiya poytaxtidagi metro bekatida o‘zbek va tojik tillaridagi yo‘l ko‘rsatkichlar paydo bo‘lishi, MSK barcha partiyalar tomonidan ilgari surilgan nomzodlarni ro‘yxatga olishi, O‘zbekiston Afg‘onistonga katta partiyada gumanitar yordam yuborishi — “Gazeta.uz"ning 14 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
«Trest-12» kompaniyasi 2020 yilgi sof daromadidan 11,51 mlrd so‘m miqdorida dividendlar to‘laydi. Aksionerlar orasidan joy olgan qurilish vazirining rafiqasi va o‘g‘liga 3,1 mlrd so‘m ajratiladi.
Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihulla Mujohid O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga insonparvarlik yuki uchun minnatdorlik bildirdi. Balx viloyati gubernatori Qudratillo Abu Hamzaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yordam mamlakatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan gumanitar va oziq-ovqat inqirozining oldini olishga xizmat qiladi.
Seshanba kuni O‘zbekiston Afg‘onistonga 1,3 ming tonnalik insonparvarlik yukini yubordi. O‘z ichiga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va kiyim-kechaklarni olgan ushbu gumanitar yordam muhtoj afg‘on oilalariga tarqatiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin bilan telefonda muloqot qilib, Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi. Prezidentlar bo‘lajak uchrashuvlar rejasini ham ko‘rib chiqishdi.
Markaziy saylov komissiyasi XDPdan Maqsuda Vorisova, «Adolat»dan Bahrom Abduhalimov va O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyevni prezidentlikka nomzodlar sifatida ro‘yxatga oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting