Vazirlik va idoralar rahbarlari investitsion loyihalarni tayyorlash va boshqarish bo‘yicha o‘qitiladi.
Darxan Satibaldi Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Byudjet mablag‘larini talon-taroj qilganlikda gumonlanayotgan avvalgi elchi Yerik Utembayev lavozimidan ozod etildi.
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik xokkey yulduzlariga Toshkentda o‘zlarini uydagidek his etishlari uchun kvartiralar ajratishni topshirdi.
Bosh prokuraturada bir qator lavozimlar, jumladan bosh prokurorning ikki o‘rinbosari lavozim shtat birligi hamda boshqarmalar tugatilmoqda. Prokuratura tizimidagi 1198 shtat birligini qisqartirish mo‘ljallanmoqda.
Toshkent shahrida «Humo Arena» ko‘p tarmoqli muz saroyining tantanali ochilish marosimida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Shavkat Mirziyoyev terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani sababli Yangi Zelandiya general-gubernatoriga hamdardlik maktubi yo‘lladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tashkil etilmoqda.
Ukraina elchisi Yuriy Savchenko O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda.
Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy shahridagi Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi.
O‘zbekiston prezidenti mart oyi oxirida Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyurishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev «Chashma» tarixiy qadamjosini ziyorat qildi, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 mart kuni Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston prezidenti Efiopiya prezidenti va BMT bosh kotibiga Efiopiyadagi aviahalokatda insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.
Moliya vazirligida xalqaro reytinglar va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etilmoqda. Vazirning ushbu yo‘nalishga mas’ul o‘rinbosari tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xotin-qizlarini 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabrikladi.
Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasi hamraisi, Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkinni qabul qildi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining o‘rinbosarlari tasdiqlandi. Ularning maqomi O‘zbekiston prezidenti maslahatchisining o‘rinbosariga tenglashtirilgan.
Prezident imzolagan qaror bilan Konstitutsiyaga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting