O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev munosabatlardagi «20 yillik muzni eritish» uchun Tojikistonga tashrif buyuradi.
Kurashga tayyor amaldorlar natija keltiradi, tayyor emaslar esa ketishi kerak, dedi O‘zbekiston Prezidenti.
Asadjon Xodjayev Islom Karimov yodgorlik majmuasi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Prezident ishtirok etgan xalq deputatlari Toshkent viloyati sessiyasida G‘ulomjon Ibragimov viloyat hokimligiga tasdiqlandi.
Formali kiyim-boshlarni qonunga xilof ravishda kiyib yurganlik uchun eng kam oylik ish haqining besh baravarigacha miqdordagi jarima belgilandi.
Shavkat Mirziyoyev Yangiyo‘ldagi «Fayzli» mahallasiga tashrif buyurib, shaharning bosh rejasi loyihasi va ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash dasturi bilan tanishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga safar uyushtirdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifini boshladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi tuzildi.
Prezident Vazirlar Mahkamasi komplekslarining yangi ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilishni o‘tkazdi.
2018 yil O‘zbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi yil bo‘ladi, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqqa yo‘llagan Yangi yil tabrigida. U asosiy vazifalar sifatida xalqning hayot darajasi va sifatini oshirish hamda mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashni sanab o‘tdi.
Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar yili Davlat dasturi jamoatchilik muhokamasidan so‘ng qabul qilinadi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara vakillari faoliyati to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi.
Prezident farmoni bilan Yangi yilda ketma-ket besh kun dam olish belgilandi. Bundan tashqari, Navro‘z va Mustaqillik kuniga ham ishlanmaydigan kunlar qo‘shildi.
O‘zAning xabar qilishicha, Prezident «kalamushlar» deb atashi ortidan Moliya vazirligi tizimidagi 500 dan ortiq kishi ishdan bo‘shatildi.
Yil boshidan buyon ichki ishlar organlarining 201 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortildi.
22 dekabrdan bugungi kungacha Moliya vazirligidan 24 xodim, jumladan qator boshqarmalar va ularning o‘rinbosarlari ishdan bo‘shatildi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvada o‘tgan MDH rahbarlarining norasmiy majlisida qatnashdi.
Andijon hokimi Dilmurod Rahmatullayev shahardagi ta’lim muassasalari rahbarlarini haqoratlagani uchun eng kam ish haqining 30 baravari miqdorida jarimaga tortildi.
Moliya vazirligining uchta boshqarmasiga rahbarlik qilib kelayotgan Irina Golisheva, Sharafutdin Haydarov va Akmal Abdullayev vazifasidan ozod qilindi.
O‘zbekiston Prezidenti toshqin va yer ko‘chishi oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lani munosabati bilan Filippin Prezidentiga hamdardlik yo‘lladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting