Samarqandga sayyohlar oqimini oshirish uchun MDH, Yevropa va Osiyo davlatlaridan yangi aviayo‘nalishlarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Namanganda ota 2018 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini aliment to‘lamaslik uchun Shimoliy Farg‘ona kanaliga uloqtirib, hayotiga zomin bo‘ldi.
Toshkentdagi Mont Blanc plastik xirurgiya klinikasida ikki bemor ayol jarrohlik amaliyotidan so‘ng vafot etdi. Ulardan biri homilador bo‘lgan.
IIV malaka oshirish kursi tinglovchilarining paxta terimiga olib chiqilishiga qarshi «norozilik namoyishi» bo‘yicha izoh berdi. Videoda yosh xodimlar ovqatlanish uchun oyliklaridan 800 ming so‘mdan olib qolinganidan shikoyat qiladi.
Namangandagi madaniyat va istirohat bog‘ida qurilishi yakunlanmagan attraksionni sinash vaqtida bog‘ ishchisi vafot etdi.
O‘zbekistonda 9 yoshli qizlarning odam papilloma virusiga qarshi birinchi emlanishi boshlanadi. Xo‘sh, OPV o‘zi nima? Emlash nima uchun zarur? Siz nimani bilishingiz kerak? Biz shifokorlardan va olimlardan o‘quvchilarning savollariga javob berishlarini so‘radik.
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hukumatga murojaatida bug‘doy, un va non narxini liberallashtirishga chaqirdi.
Samarqandda «Bog‘i baland» va «Bog‘i Shamol» bog‘lari joylashgan joylar aniqlanib, qayta tashkil etiladi. «Universitet hiyoboni» va bir qator ko‘chalarda turizm infratuzilmasi barpo qilinadi.
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi deputatning uyida enagalik qilgan Nodira Qodirovaning o‘limi bilan bog‘liq vaziyat o‘z nazorati ostida ekanini ma’lum qildi.
O‘zbekiston TIV Hindistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini tabiiy ofat hududlariga vaqtinchalik bormaslikka chaqirdi.
Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida uchta maktabning direktor o‘rinbosari va tuman XTB qorovuli ketayotgan mashina avariyaga uchradi, ikki kishi halok bo‘ldi.
Andijondagi xususiy maktabda 75 o‘quvchi va 7 o‘qituvchi ovqatdan zaharlandi.
«Barkamol avlod» bolalar markazlari negizida tashkil etilayotgan «Barkamol avlod» bolalar maktablarida «STEAM — ta’lim» joriy etiladi.
Madaniyat vazirligi madaniyat, a san’at dargohlarini nogironligi bo‘lgan shaxslar, bog‘cha bolalari va pensionerlar uchun yanada qulaylashtirishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekistonda kuzatilayotgan salqin ob-havo hafta oxiriga qadar saqlab qolinadi. Oktyabrning birinchi kuni markaziy va sharqiy hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Bekoboddagi bolalar ommaviy ovqatdan zaharlangan maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Ovqat tayyorlash bloki va guruhlarda sanitariya qoidalariga rioya qilinmagani aniqlandi.
O‘zbekistonlik ixtirochilar Robototexnika xalqaro chempionatida tibbiyot sohasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan Smart doc box uskunasini yasab, birinchi medallarni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston va AQSH besh yil davomida xalq ta’limi islohotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mln dollargacha miqdorda grant ajratilishi to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.
Turkiyadagi zilzilada jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolarining mavjudligi haqida kelib tushmadi, deya xabar qildi TIV.
Toshkent prokuraturasi poytaxt hokimi nomiga taqdimnoma kiritganidan so‘ng Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari lavozimidan chetlashtirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting