Qamoqqa olingan va sud aybdor deb topib, yirik miqdorda jarima to‘lagan Qashqadaryo viloyati IIB qo‘riqlash boshqarmasining sobiq boshlig‘i oqlandi.
Bahodir Ahmedov Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatining rahbari etib tayinlandi.
Xorazm viloyatida «Qo‘shko‘pir paxta tozalash» korxonasi mansabdor shaxslari va fermer xo‘jaligi rahbari 2490 kg paxta xom ashyosini qaytadan topshirayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila Toshkent va boshqa shaharlarda ham sezildi.
Andijon tumanidagi 35-maktabda bitta sinf o‘quvchilari ovqatdan zaharlandi. Ular uyda tayyorlangan tort bilan mehmon qilingan.
Samarqanddagi Siyob dehqon bozori hududida joylashgan shoxobchadan xot-dog va shaurma iste’mol qilgan 26 nafar fuqaro zaharlangan. Bemorlarga malakali shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
«O‘zbekkino» va Daniyaning «Danmon Group» kompaniyasi o‘rtasida kino uskunalari, texnologik tizimlari va multimedia mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi.
Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov AQSHning Michigan universiteti delegatsiyasini qabul qildi. Mehmonlar Namangan shahrida tashkil etilgan anjumanda ishtirok etdi.
Samarqanddagi Siyob bozorida «Xot-dog» iste’mol qilgan fuqarolar ovqatdan zaharlanish tashhisi bilan shifoxonaga yotqizildi.
O‘zbekistonda OTM ilmiy jurnallari raqamli platformasi ishga tushirildi.
Samarqand viloyatida 8 oy davomida 350 dan ziyod 1 yoshgacha go‘dak va 13 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq vafot etdi. Bir qator tumanlar tug‘uruqxonalarida dorilar yo‘q, shahardagilar to‘lib-toshgan.
IIV Tergov departamenti firibgarlikda gumonlanayotgan to‘rt kamerunlik safiga yana uch nafari qo‘shilganini ma’lum qildi.
2030-yilda o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrab olish 50 foizga yetkazilishi lozim. Prezident oliy ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqladi.
Telegram messenjerida maktab o‘quvchilarining onalari Toshkentda bir erkak voyaga yetmagan qizlarga qiziqish bildirayotganligi haqidagi xabarni ulashayotgani yuzasidan IIBB boshlig‘i ushbu audioxabarlarni ariza sifatida ko‘rib chiqish topshirig‘ini berdi.
O‘zbekiston Respublikasi aholisiga narkologik yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent xalqaro aeroportidan bo‘lgan chaqiriqqa otlangan «Tez yordam» mashinasining tirbandlikka duch kelib, kechikib borgani oqibatida bir kishi olamdan o‘tgani haqida ma’lumot berdi.
Toshkentda o‘tkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasining 6-seminari nihoyasiga yetdi.
Bekoboddagi 15-MTT tarbiyalanuvchilarining ommaviy ovqatdan zaharlanishga taom tayyorlash texnologiya qo‘pol tarzda buzilishi hamda sanitariya qoidalariga rioya etilmagani sabab bo‘lgan. Mudira, oshpaz va hamshira vazifasidan ozod qilindi.
Toshkent, Nukus, Urganch va Jizzaxda Yevropa kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi.
Toshkentda «Oloy» bozori yonida qurilish uchun yer olib berishni va’da qilib, afg‘onistonlik tadbirkordan 10 ming dollarni qo‘lga kiritgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting