Samarqand viloyatidagi shaxtada o‘zboshimchalik bilan oltin qaziyotganlarni tosh bosib qolishi natijasida ikki kishi vafot etdi, biri jarohatlandi. Prokuratura tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Hamroyev «Fuqarolik holati dalolatnomalari to‘g‘risida"gi qonunni qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi.
Ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Sankt-Peterburgda hujjatlari yo‘qligi uchun bo‘limga borishni taklif qilgan YPX xodimiga hujum qildi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mobil qurilmalarni IMEI o‘rqali ro‘yxatga olish tartiblari belgilandi. 1-noyabrgacha avtomat ravishda bepul, 1-dekabrdan esa pulli asosda ro‘yxatga olinadi.
2022 yilda Ijtimoiy himoya vazirligini tashkil etish, 2021 yilgacha Milliy ijtimoiy himoya strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilmoqda.
Samarqandda butun shahar bo‘ylab o‘tadigan osma yo‘l qurish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari ishtirokidagi strategik qo‘mondonlik shtab mashg‘ulotlari doirasidan o‘rin olgan «Markaz — 2019» o‘quviga start berildi.
Belgiyalik 50 yoshli mutaxassis Xans Klyuge olti nafar nomzod orasidan Yevropa mintaqaviy byurosining yangi direktori etib saylandi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Samarqand viloyatining Samarqand shahri va Samarqand tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida"gi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi prezident qarori qabul qilindi
Yakkabog‘ tuman hokimining sobiq o‘rinbosari Mansur Tuymayev va uning ustiga benzin sepib yoqib yuborgan tadbirkor Bahriddin Isomov ustidan ochiq sud jarayoni boshlandi.
Bepul metro kuni stansiyalarda ko‘rgazma va musiqiy performanslar, vagonlarda esa ertalab va kechqurun — raqqoslar, animatorlar, illyuziyachilar, ko‘cha musiqachilari va opera qo‘shiqchilari chiqishlari bo‘lib o‘tadi.
Davlat xizmatlari yagona reyestrining yangi tahriridan avvalgi talqindagi 693 ta davlat xizmatlari o‘rniga 716 turdagi davlat xizmati o‘rin oldi.
Samarqand hokimiyati yetti kishining ovqatdan zaharlanganini xabar qildi. Ma’lum bo‘lishicha, ular to‘ydan keyin uyga olib kelingan go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilgan.
Endilikda sudga murojaat qilganlik uchun to‘lovlarni avtomatlashtirilgan elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshirish mumkin.
AQSH O‘zbekistonga Afg‘oniston bilan chegarada radioaktiv materiallar kontrabandasini aniqlash uchun uskuna taqdim etdi.
Chegarachilar Toshkent viloyatida chegara orqali dron yordamida 600 plastinkadagi «Tramadol» dori vositasining olib o‘tilishiga chek qo‘ydi.
Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan yoshlar O‘zbekistondagi o‘rta maxsus va oliy islom ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘la oladilarmi? Dilmurod Yusupov va Ulug‘bek Mamatxonov ushbu masalani o‘rgandi.
Surxondaryo viloyati prokurori Ulug‘bek Qosimov va Farg‘ona viloyati prokurori Sadriddin Turdiyev o‘rin almashdi.
Koreyaning Shinxan universiteti bilan Toshkent shahrida universitetning filialini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting