Prezidentning 2022−2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, joriy yilda jami 5284 ta mahalla uchun 2 trln 700 mlrd so‘m ajratiladi. Yil yakuniga qadar o‘zlashtirilmagan mablag‘lar keyingi yildagi qurilish-ta'mirlash ishlari uchun yo‘naltiriladi.
Afsuski, biz sovet davri kishilari ota-bobolarimiz izidan borish o‘rniga, yuzlab yillik tarixga ega Xo‘jand, So‘fimiyon, Eshonxo‘ja singari qishloqlarning nomlarini o‘zimizning tilu dinimizga yot nomlar bilan atadik. Bularning barchasiga birinchi navbatda ziyoliman deb bo‘yinbog‘ taqib yurganning har biri aybdordir.
Avgustda Surxondaryodagi «Hazarbog‘» kanalidan 27 yoshli shaxsning jasadi topildi. Sud-tibbiy ekspertiza uning o‘limiga burun va og‘iz bo‘shlig‘ining suv bilan berkitilishidan vujudga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lganini aytdi. Bunda jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilindi.
Shaxmat bo‘yicha «World Fischer Random Chess Championship» jahon chempionatida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov rossiyalik Yan Nepomnyashiy va amerikalik Uesli Soni mag‘lub etdi. Uning keyingi raqibi islandiyalik Steyn Gretarsson bo‘ladi.
Toshkentda qurilishlar o‘rtacha necha qavatli bo‘ladi, bir qavatli mahallalar taqdiri nima bo‘ladi, poytaxtning me’moriy qiyofasi qanday saqlanishi kerak va nima uchun barcha qurilish loyihalarini shahar tashqarisiga ko‘chirish imkonsiz? «ToshkentboshplanLITI» instituti direktor o‘rinbosari ushbu savollarga javob berdi.
XXI asr boshlanishi bilan O‘zbekistonda o‘rtacha yillik havo harorati 2014 yildan tashqari barcha yillarda me’yordan yuqori bo‘lib kelmoqda.
Asialuxe Travel milliy turoperatori BAAning mashhur kurortlari — Dubay va Abu-Dabida ta’til o‘tkazishning afzalliklari haqida so‘zlab berdi.
Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi loyihasi mualliflari Mo‘ynoqdan Andijongacha, ya’ni, 1500 km uzunlikdagi «yashil belbog‘» yaratishni taklif qildi. Ularning fikricha, buni amalga oshirish mumkin. Strategiya «yashil belbog‘»ga tutash qishloqlarni rivojlantirishga yordam beradi.
IIO xodimlarini bayram bilan tabriklagan prezident, metroda sumkasida bomba borligini aytgan qiz 5 sutkaga qamalgani, 24/7 ishlashga o‘tadigan Milliy kutubxona, Kampir-obod suv omborining O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqqani uchun qamalgan 20 nafar faol va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Yer yuzida yashash uchun qulay sharoitni saqlab qolish, iqtisodiyotning o‘sishi faqat shaharlarning barqaror rivojlanishi natijasida bo‘lishi mumkin. Expo 2030 ko‘rgazmasini Rimda o‘tkazish taklifi bo‘yicha maxsus elchi Romeo Orlandi «Gazeta.uz»ga barqaror shahar nima ekanligi haqida so‘zlab berdi.
Maktabda o‘n yillik o‘zbek tili ta’limi ko‘plab rusiyzabonlarga davlat tilida gaplashishni o‘rgatmadi. Tilni o‘rganishni bugun xususiy onlayn kurslar taklif etmoqda. “Gazeta.uz” uchta shunday maktab ta’sischilaridan darslarni yo‘lga qo‘yish g‘oyasi, qiyinchiliklar va o‘quvchilarning talablari haqida so‘radi.
Urganchda «Chorvanasl» markazi mutaxassisi fuqaroning 50 gektar yerini yangi fermer xo‘jaligi tarkibida qayta rasmiylashtirib berish evaziga $60 ming olganida ushlandi. Voqeaga aloqador tuman hokimi o‘rinbosari ham $43 ming pora bilan qo‘lga olindi. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Milliy kutubxona «yaqin vaqt ichida» sutkasiga 24 soat ishlay boshlashini ma’lum qildi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa bunday va’dalar avval ham berilganini eslatdi.
Oasis Credit`ning direktori Mahmudali Guseynov kompaniyaning boshqa mamlakatlarda kredit berish tajribasi va xalqaro moliya tashkilotlarining resurslari haqida so‘zlab berdi.
Toshkent metrosining «Alisher Navoiy» bekatida IIO xodimlariga sumkasini tekshirtirayotgan 19 yoshli qiz uning ichida bomba borligini aytgan. Sumkani ko‘zdan kechirish chog‘ida undan portlovchi moslama topilmagan. Sud yolg‘on ma’lumot bergani uchun qizga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi monitoringi davomida, savdo nuqtalarining 85 foizi soxta xamirturushlar sotishi aniqlandi. Agentlik ta’kidlashicha, bunday mahsulot odamlar salomatligiga xavfli hisoblanadi.
Seshanba kuni issiqxonalari gazdan uzilgan tadbirkorlar norozilik bildirib, Toshkentda to‘plandi. «Gazeta.uz» muxbirining xabar berishicha, turli hududlaridan kelgan o‘nlab tadbirkorlar dastlab prezident Administratsiya rahbari bilan ko‘rishishga uringan, biroq ular Vazirlar Mahkamasiga yo‘naltirilgan.
Andijon viloyatining Andijon tumaniga Baxtiyor Mamatkarimov hokim etib tayinlandi. Xorazm viloyatining Gurlan tumaniga esa Umrbek Jumaniyazov hokim bo‘ldi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan fuqarolarga haydovchilik guvohnomasini 300−400 dollar evaziga olib berishni va’da qilgan gumondor shaxslar ushlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
«Jamiyatimizning ba’zi vakillarida bugungi kunda ham eskirgan kirillni saqlab qolish hissining mavjudligini ulardagi ona tili tushunchasidagi imloviy bo‘shlig‘i bilan izohlash mumkin», degandi Mehroj Usmonov. U ushbu maqolada o‘zbek tilining haqiqiy alifbosi qanday bo‘lishi kerakligi haqida fikr yuritadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting