Tashqi ishlar vazirligining «Dunyo» axborot agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimi (Naxichevan, 2009 yil 3 oktyabr) O‘zbekistonda ratifikatsiya qilindi.
Samarqandda YPX xodimi tomonidan urilgani aytilgan ayol aslida qon bosimi ko‘tarilib yiqilib tushgan. Uning turmush o‘rtog‘i va o‘g‘illari inspektorning pogoni va ko‘krak nishonini yulib olgan.
Prezident Qo‘qondagi 2021 yildan elektromobillar ishlab chiqaradigan «Shaffof omadli sanoat» kompaniyasiga tashrif buyurdi. Ularning taxminiy narxi — 3000 dollar.
Toshkentda soxta to‘pponcha bilan qashqadaryolik fuqaroga hujum qilgan uch gumondor qo‘lga olindi.
Shavkat Mirziyoyev Qo‘qon va Marg‘ilonda turar joylar qurilishi bo‘yicha loyihalarni qayta ko‘rib chiqishga topshiriq berdi. «Avvalo, qayerda qiyinchilik borligini o‘rganish, odamlarning fikrini olish kerak», — dedi u.
Parlament to‘y-marosimlarni tartibga solish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. 1 yanvardan kuchga kiradigan qaror bilan ortiqcha dabdaba va isrofgarchilikni cheklashga qaratilgan.
Sarvar Babaxodjayev yangi tashkil etilgan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
SSV Qashqadaryoda tibbiy yordam mashinalari yonilg‘isi hamda ehtiyot qismlari haydovchilar zimmasiga yuklanayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Marg‘ilon shahrida o‘tkazgan tezkor tadbir davomida 1954 yilda ishlab chiqarilgan «Makarov» pistoletini o‘qlarsiz sotayotgan shaxs qo‘lga olingan.
Davlat xizmatlarining yagona reyestri Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.
«Toshkent-Andijon» poyezdi elektr ta’minoti o‘chirilgani sababli Angren vokzalida 50 daqiqa turib qoldi.
Dam olish kunlari ob-havoning bir oz sovishi va shamolning kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi ham mumkin.
Toshkentda YPX inspektori xizmat avtomobilida o‘tish yo‘lidan 30 metr uzoqlikda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Piyoda tan jarohatlari oldi.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining huquqbuzarliklar oldini olish yo‘nalishidagi vazifalari, ularning majburiyat va vakolatlari belgilanmoqda.
«Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» qonun imzolandi.
O‘zbekiston va amerikalik harbiy uchuvchilar Harbiy-havo kuchlariga tegishli harbiy aerodromda hamkorlikdagi treninglar va parvozlarni amalga oshirdi.
Xitoy va Gongkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun O‘zbekiston xalqaro aeroportlari orqali 7 kungacha vizasiz rejim joriy etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting