1 oktyabrdan yaqin qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilinadi. 2020 yil 1 yanvardan davlat notarial idoralari asosida xususiy notarial idoralarni tashkil etish boshlanadi.
Vazirlar Mahkamasi huzurida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi.
9 sentyabrdan 20 oktyabrga qadar Toshkent tumanlarida sovuq suv o‘chiriladi.
Samarqand shahridagi Gulobod ko‘chasining G-34 kesishmasidan Samarqand tumanidagi Xo‘ja Ahrori Vali majmuasigacha bo‘lgan qismida 6 qatorli avtomobil yo‘li qurilishi natijasida mazkur ko‘cha yopildi.
Angren shahri hududidan o‘tuvchi A-373 M-39 avtomobil yo‘li va temiryo‘l kesishmasida avtotransport vositalari va yuk tashish poyezdining to‘qnashishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan. Ikki kishi halok bo‘lgan, uch kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Toshkentda Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining sobiq rahbari Said-Abdulaziz Yusupovga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha yopiq sud boshlandi.
Atirauda o‘zbekistonlik yuk haydovchilari avtomobillariga tosh otib shikast yetkazilishi bilan bog‘liq vaziyat nazoratga olindi.
Yaqin kunlarda havo salqin bo‘ladi, biroq yog‘ingarchiliklar kutilayotgani yo‘q, hafta o‘rtasiga kelib esa iliq ob-havo qaytadi.
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Namangan tumanidagi maktablarda «vazir soati» o‘tkazib, o‘quvchilarga o‘z bolaligi, yoshlikdagi kuzatuvchanlik, tirishqoqlik, bilimga chanqoqlikning samaralari to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Prezident qarori bilan 2021 yil 1 martdan Elektron retsept berish tizimi Toshkent shahridagi barcha tibbiyot tashkilotlari va dorixonalarida tashkil etiladigan bo‘ldi.
Toshkent shahrida o‘tgan sutka davomida 1 ta yong‘in holati qayd etilgan bo‘lib, Olmazor tumanida yosh bolalarning olov bilan o‘ynashi oqibatida xonadonning 3 kv.m. maydoni yongan.
Qarshi shahrida yangidan barpo etilgan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qashqadaryoda yashovchi erkak sobiq turmush o‘rtog‘i bilan aliment pullari nizosi bo‘yicha o‘zaro janjallashib, sobiq turmush o‘rtog‘ini bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Dilbar G‘ulomova Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi «Agrobank» binosiga kelib, mast holda hech bir sababsiz uch xodimga pichoq bilan jarohat yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Orfan va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishni yanada yaxshilash to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Nogironlar uyushmasi va «Gazeta.uz» kolumnisti Dilmurod Yusupov nogironlikni belgilash uchun tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari oldiga kirib borish uchun odamlar qanday jismoniy to‘siqlarni yengib o‘tishi kerakligini o‘rgandi.
2022 yilgi SHHT sammitiga tayyorgarlik doirasida Samarqandda Ro‘dakiy va Bo‘stonsaroy ko‘chalari chorrahasida avtomobil transporti va tramvaylar uchun tunnel qurilishi boshlandi.
Belarus elektrobusi Toshkentda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ilk qatnovni amalga oshirdi. Sinov uch oy davom etadi.
Mo‘ynoq tumanida noqonuniy ov bilan shug‘ullanishda gumon qilingan besh kishini qo‘lga olish vaqtida ekoinspektorlar mashinasiga o‘q uzildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting