Davlat veterinariya qo‘mitasida ishlovchi xodimlar ham Toshkent va poytaxt viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkin.
Yunusobod tumanida gaz idorasi xodimi xonadonini gaz tarmog‘iga ulab berishni va’da qilib, fuqarodan 1 mln so‘m va 300 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olayotganda ushlandi.
Xalq ta’limi vazirining sobiq o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev Yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Termizda konditsioner, bepul Wi-Fi internet tarmog‘i va boshqa qulayliklarga ega 8 ta innovatsion jamoat transport bekati foydalanishga topshirildi.
Elektr hisoblagichlarni o‘rnatish va tekshirish, shuningdek mavjudlarini almashtirish endilikda elektr tarmoqlari korxonalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Yil so‘ngiga qadar O‘zbekiston jurnalistlarining odob-axloq kodeksi qabul qilinishi kutilmoqda.
Rustam Iskandarov «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining moliya, marketing va investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tasdiqlandi.
Qish va bahor mavsumiga 222,4 ming tonna kartoshka, 120,7 ming tonna piyoz va boshqa mahsulotlar zaxira qilib qo‘yiladi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tashkil etildi.
Yettita tuman ichki ishlar bo‘limiga yangi boshliqlar tayinlandi.
DXX xalqaro terroristik tashkilotlarga a’zo bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini ushlab, mamlakatga qaytardi.
Umra safariga boruvchi ziyoratchilarning sonini belgilash bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi.
9 oy davomida 4655 haydovchiga avtotransport vositasini mast holda boshqargani uchun ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi, 33583 kishi haydovchilik huquqidan mahrum etildi.
Shuhratali Imomov Bo‘ka tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Urganch shahrida ilk marotaba talabalar o‘rtasida matematika bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada o‘tkaziladi.
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida 746 ming dollarni noqonuniy olib chiqib ketayotgan ikki o‘zbekistonlik ushlandi.
Toshkentning Bektemir tumanida sendvich-panellar ishlab chiqaruvchi sex binosida yong‘in sodir bo‘ldi.
Poytaxtda kollej o‘quvchilari Ekoparkda erkak kishiga pichoq bilan hujum qilgani uchun sudlandi.
Endilikda Toshkent va Toshkent viloyatida har qanday qiymatdagi yangi qurilgan uylardan sotib olgan O‘zbekiston fuqarolari doimiy propiskaga ega bo‘ladi.
Vaqt o‘tishini teskari hisoblovchi svetoforlar o‘rnatish bo‘yicha jamoaviy murojaatni hal etish haqida qaror qabul qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting