DXX to‘rt bola — O‘zbekiston fuqarolari farzandlarini Afg‘onistondan qaytardi. Ularning ota-onalari terroristik tashkilot safida bo‘lgan va vafot etgan: otasi — janglarda, onasi — kasallikdan.
Surxondaryoning Sherobod tumanida qarzdorlik sababli elektr energiyasini uzishga harakat qilgan MIB inspektorini kaltaklagan fuqarolarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan nizomga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlarini halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan deb topish maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasida O‘zbekistonda dastlabki innovatsion virtual tergov poligoni Rossiya texnologiyalari asosida bunyod etildi.
Dildora Rustamova ta’lim, amaliyot va ilm-fan integratsiyasini ta’minlashga ixtisoslashgan Ko‘p tarmoqli klinika direktori etib tayinlandi.
2019/2020 o‘quv yilidan harbiy tavsiyanomalarga ega fuqarolar faqat oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha imtiyozga ega bo‘ladilar.
Savitskiy muzeyi direktori lavozimiga xalqaro tanlovda Moskvaning Rerixov muzeyi direktori Tigran Mkrtichev g‘olib bo‘ldi.
IIV Yo‘l harakati qoidalari buzilgani haqidagi videoyozuvlarni jo‘natish uchun maxsus saytni ishga tushirdi. Qoidabuzardan jarima undirilganda, videoni jo‘natganga eng kam ish haqining 5 foizi beriladi.
Adliya vazirligi Gulnora Karimova jazo o‘tayotgan ayollar koloniyasidagi sharoitlarni batafsil o‘rgandi. Vazirlik noqonuniy sotib olingan boyliklarni qaytarish bo‘yicha tadbirlar davom etayotganini qayd etdi.
Yakkabog‘ tumani Oqtosh MFY hududidan o‘tuvchi avtomagistral yo‘lida piyodani urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lgan holda voqea joyidan qochib ketgan haydovchi ushlandi.
Qutqaruvchilar Samarqand viloyatida Zarafshon daryosining suv bosgan orolchasida qolib ketgan 24 dehqonni evakuatsiya qildi.
Jizzax viloyatida joylashgan «Forish» tog‘ poligonida zamonaviy uslubda barpo etilgan «Xalqaro armiya o‘yinlari maydoni"da musobaqa boshlandi.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Xorazm, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash xizmati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Hayot Shamsutdinov Bosh prokuraturaning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Davlat bojxona qo‘mitasi chegara-bojxona postlari orqali harakatlangan avtotransport vositalarining bojxona rasmiylashtiruviga o‘rtacha qancha vaqt sarflanayotganini ma’lum qildi.
Bojxona xodimlari miloddan avvalgi I-II asrlarda buyuk Evkratid I boshqaruvidagi Yunon-Baqtriya podsholigi davrida zarb etilgan tangalarni olib chiqilishiga yo‘l qo‘ymadi.
Termizda «Damas» rusumli avtomashinalarda yo‘lovchi tashishni taqiqlovchi hokim qarori haydovchilar noroziligini keltirib chiqardi. Hujjat 10 kun ichida bekor qilinib, aybdor shaxslarga choralar ko‘riladi.
Toshkent sirki rekonstruksiya qilinadi, ta’mirlash-qurilish ishlariga 46,63 mlrd so‘m sarflanadi.
Aldov yo‘li bilan ikki kishidan 43 million so‘m hamda 56 million so‘m pullarni olib, o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan shaxs ushlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting