Qutqaruvchilar Qamchiqda sel oqibatlarini bartaraf etdi — 200 metrlik tosh-qum uyumi 27 ta xo‘jalikka eltuvchi yo‘lni to‘sib qo‘ydi.
Buxoro garnizoniga qarashli harbiy qismda qo‘shinlarning jangovor tayyorgarligini tekshirish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari to‘satdan berilgan «Trevoga» signali asosida boshlandi.
Shahrixon tumanida «MAN» rusumli yuk avtomashinasinining tirkama ulagichi sinib ketib, yo‘l chetida turgan 51 yoshli G. X.ni urib yuborishi oqibatida jabrlanuvchi vafot etgan.
Adliya vazirligi bolalar va ota-onalarga mo‘ljallagan «Bolalar uchun xavfsizlik qoidalari» nomli amaliy qo‘llanma ishlab chiqdi.
Buxoro davlat universitetida o‘z ishini boshlagan VATEL mehmonxona va turizm biznesi instituti 2019−2020-o‘quv yilidan talabalarni qabul qiladi.
Gulnora Karimova o‘zining uzoq muddatli uchrashuv huquqidan foydalangan holda 2019-yilning 7-iyul kunidan 10-iyul kuniga qadar, o‘z oila a’zolari bilan uch kunlik uchrashuvda bo‘ldi.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Denovda yangi tug‘ilgan chaqaloqning hojatxonaga tashlab ketilgani yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.
1994-yilda 20 yilga qamalgan Samandar Qo‘qonovning reabilitatsiya to‘g‘risidagi talabi qondirilmadi.
2016 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 6 ming 270 nafardan ortiq sayyohtashrif buyurgan bo‘lsa, 2019 yilning yanvar-iyun oylarida 8 ming 945 nafar sayyoh kelgan.
O‘z opasining uyidan pul o‘g‘irlagan shaxs ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Jizzax viloyati IIB YXHB inspektorini pogonini yulib olib, uni urib, bo‘yin sohasi va chap yelka sohasiga tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishga ko‘maklashish va moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Jinoyat-protsessual kodeks va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda Milliy gvardiyaning vakolati belgilandi.
«Forish» poligonida O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladigan «Xalqaro armiya o‘yinlariga» tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.
Ekologiya qo‘mitasi Kosonsoy tumanidagi ko‘p asrlik chinor daraxtining shoxi qurib qolganligi hamda odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solish ehtimoli mavjudligi sababli kesilganini bildirdi.
Adliya vazirligi tomonidan Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan notariuslar ishtirokida nodavlat tizimga o‘tish masalasi muhokama qilindi.
1 sentyabrdan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mehnat guvohnomalarini berish boshlanadi. Ushbu guvohnomalar soliq imtiyozlaridan foydalanish, mehnat stajini hisoblash hamda kasbiy va tadbirkorlik kurslarida bepul o‘qish huquqini beradi.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Toshkent shahrida 1-sinfga qabul bo‘yicha ko‘p beriladigan savollarga javob berildi.
Samarqandda birinchi an’anaviy Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi turistik yarmarkasi o‘z ishini boshladi.
Samarqand viloyatida 186 ta qaror va farmoyishlarning 28 tasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan, 29 tasi ma’muriy sudlar, 129 tasi prokuratura tomonidan bekor qilingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting