Toshkentda 7-iyunga o‘tar kechasi Amir Temur shoh ko‘chasining bir qismi drenaj quvurlarini yangilash uchun vaqtincha yopiladi.
Toshkentda «Oqtepa lavash» shoxobchalarida tovuqli sendvich iste’mol qilgan 15 kishi ovqatdan zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. 3 nafar bemorning ahvoli og‘ir.
O‘zbekiston TIV “Bi-Bi-Si” muxbiri Avazbek Tohirovni akkreditatsiyadan o‘tkazdi. Britaniya teleradiokompaniyasining Toshkentdagi byurosi 2005-yilda yopilgan edi.
Toshkentning Yunusobod tumanida 12 yoshli o‘smir ko‘p qavatli uy hovlisi mashina urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi. Avtomobilni boshqargan ayol to‘xtash va tezlik tepkilarini adashtirib yuborganini ma’lum qildi.
Kunduzi chiroqlarni yoqib harakatlanish shartligi to‘g‘risidagi talab faqatgina avtomatik yonib turuvchi kunduzgi chiroqlari bor mashinalarga nisbatan tatbiq etiladi.
O‘zFA Genomika va bioinformatika markazi doktorantlariga prezident sovg‘asi — 1 xonali uylar topshirildi.
Toshkent aeroportining uchib kelish zaliga shahar drenaj tizimi sababli suv sizib kirgani ma’lum qilindi.
Portugaliyada O‘zbekiston fuqarosi pichoqdan olgan jarohat natijasida vafot etdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ramazon hayitining birinchi kuni (5 iyun) Toshkentdagi jamoat transporti 4:00 dan ish boshlaydi.
O‘zbekiston hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qoidalarga qo‘shimchalar kiritildi.
«Farxod» chegara bojxona posti orqali AQSH dollari va qozoq tengesining olib chiqilishi holati to‘xtatib qolindi.
Qarag‘andada (Qozog‘iston) uyda ta’mirlash ishlarini olib borayotgan 16 nafar O‘zbekiston fuqarosi maishiy gazdan zaharlandi.
«Novza» metrosi yaqinidagi yo‘l o‘tkazgichda beshta avtomobil ishtirokidagi avariya Bunyodkor shoh ko‘chasida bir soatdan ortiqroq vaqt davomida tirbandliklarga sabab bo‘ldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ramazon bayrami arafasida jazo o‘tayotgan, qilmishiga pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan 575 nafar fuqaroni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Xalq ta’limi tizimida xorijlik ekspert taklifi bilan ijobiy psixologiya va stress boshqaruvini o‘qitish bo‘yicha 700 dan ziyod trenerlar tayyorlandi.
Navoiy shahar sudi ochiq sudida viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi vrachi firibgarlikka qo‘l urgani uchun jazoga tortildi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi iqtisodiy holatni tanqid ostiga olib, odamlar quruq so‘zlarga ishonmasligini ma’lum qildi. Quyichirchiq tuman hokimi vazifasidan ozod qilindi.
Toshkent viloyatida O‘zbekiston va Janubiy Koreya maktabgacha ta’lim tizimi tajribalarini o‘zida mujassam etgan innovatsion bolalar bog‘chasi ochildi.
Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida aholi xonadonlariga kirib, tomorqalarni payxon qilgan va odamlar hayotiga xavf tug‘dirgan qo‘ng‘ir ayiq otib tashlandi.
Toshkentda kunduz kuni yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib yurishga majbur emasligini ma’lum qilgan PPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting