Jamiyat

Qo‘llanma: YAIDXP orqali avtomobilni boshqarish uchun elektron ishonchnoma qanday rasmiylashtiriladi?
29 sentabr 2022, 18:07

Qo‘llanma: YAIDXP orqali avtomobilni boshqarish uchun elektron ishonchnoma qanday rasmiylashtiriladi?

1 sentabrdan YAIDXP orqali avtomobilni boshqarish uchun elektron shakldagi ishonchnomalarni rasmiylashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi. «Gazeta.uz» Payme bilan hamkorlikda smartfon yordamida buni qanday qilish kerakligi haqida batafsil so‘zlab beradi.

Saudiya Arabistoni ziyoratchilar sayohatini osonlashtirishga mo‘ljallangan Nusuk platformasini ishga tushirdi.
29 sentabr 2022, 18:05

Saudiya Arabistoni ziyoratchilar sayohatini osonlashtirishga mo‘ljallangan Nusuk platformasini ishga tushirdi.

Saudiya Arabistoni dunyo bo‘ylab ziyoratchilarning sayohatini osonlashtirish uchun mo‘ljallangan Nusuk integratsiyalashgan raqamli platforma bo‘lgan Nusukni ishga tushirdi. U orqali vizaga ariza topshirish, mehmonxona va reyslarni bron qilish mumkin.

Farg‘onada «Moskovich» somon ortilgan pritsepi bilan birga yonib ketdi
29 sentabr 2022, 17:50

Farg‘onada «Moskovich» somon ortilgan pritsepi bilan birga yonib ketdi

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida «Moskovich» va unga ulangan pritsep 300 dona press somoni bilan yonib ketdi. Hodisa oqibatida avtomashina egasi kuyish jarohati oldi.

Mahallalar yashil bog‘ tashkil etish uchun hokimlikka tashabbus bilan chiqishi mumkin
29 sentabr 2022, 17:10

Mahallalar yashil bog‘ tashkil etish uchun hokimlikka tashabbus bilan chiqishi mumkin

Hukumat qaroriga ko‘ra, ️davlat organlari va tashkilotlari, mahallalar va ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlari «Yashil bog‘lar»ni barpo etish bo‘yicha hokimliklarga tashabbus bilan chiqishi mumkin. Taklif bosqichma-bosqich ma’qullansa, «Yashil hudud» davlat unitar korxonasi bilan shartnoma tuzilib, bog‘ yaratiladi.

AQSh endi o‘zbek paxtasini majburiy mehnat mahsuli deb hisoblamaydi
29 sentabr 2022, 16:13

AQSh endi o‘zbek paxtasini majburiy mehnat mahsuli deb hisoblamaydi

AQSh o‘zbek paxtasini bolalar va majburiy mehnat orqali ishlab chiqarilgan tovarlar ro‘yxatidan chiqardi. Buning natijasida AQShga paxta eksporti uchun yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda. Biroq, mamlakatda ipak pilla yetishtirishda hamon majburiy mehnat qo‘llaniladi, deya xabar beradi AQSh mehnat vazirligi.

Toshkentga yil yakuniga qadar 190 ta katta sig‘imli avtobuslar keltiriladi
29 sentabr 2022, 15:47

Toshkentga yil yakuniga qadar 190 ta katta sig‘imli avtobuslar keltiriladi

Toshkent shahriga 2022 yil oxirigacha 190 dona MAN rusumli avtobuslar olib kelinadi. Sotib olingan avtobuslar ishlab turgan avtobuslar qatoriga kiritiladi va kam sig‘imli ISUZU larning o‘rnini egallaydi.

Bosh prokuror o‘rinbosari Shavkatjon Raximov lavozimidan ozod etildi
29 sentabr 2022, 14:54

Bosh prokuror o‘rinbosari Shavkatjon Raximov lavozimidan ozod etildi

Bosh prokurorning o‘rinbosari Shavkatjon Raximov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ishdan olindi.

Mo‘ynoqda «Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi (foto)
29 sentabr 2022, 13:59

Mo‘ynoqda «Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi (foto)

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida «Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi. Unda Orolbo‘yi suv havzalarida uchraydigan baliqlardan tayyorlangan 120 dan ortiq taomlar namoyish etildi (foto).

O‘zbekiston va BMT Pokistonga gumanitar yordam jo‘natadi
29 sentabr 2022, 12:59

O‘zbekiston va BMT Pokistonga gumanitar yordam jo‘natadi

Pokistondagi kuchli suv toshqini jabrlanuvchilarga vaqtincha yashash uchun mo‘ljallangan turar-joy modullari bo‘lgan samolyot Termizdan Karachiga uchdi. Yordam O‘zbekiston hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi tomonidan yuborildi.

Sirdaryoda nikohdan o‘tish va ajrashish uchun arizalarni DXM orqali topshirish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi
29 sentabr 2022, 11:54

Sirdaryoda nikohdan o‘tish va ajrashish uchun arizalarni DXM orqali topshirish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi

Hukumat qarori bilan 1 noyabrdan 1 iyulgacha nikoh tuzish va ajratishni qayd etish uchun arizalarni DXM orqali qabul qilish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi. Shuningdek, tug‘ilganlikni shifoxona orqali FHDYO bo‘limlarida qayd etish tartibi 1 yanvardan Toshkentda, 1 iyundan esa butun respublika hududida joriy etiladi.

15-dekabrdan Qozog‘iston va O‘zbekiston bojxonalarida oldindan axborot almashish tizimi ishga tushadi
29 sentabr 2022, 11:22

15-dekabrdan Qozog‘iston va O‘zbekiston bojxonalarida oldindan axborot almashish tizimi ishga tushadi

Chimkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston bojxona xizmati rahbarlari uchrashdi. Unda bojxona chegaralari orqali tranzit tarzda harakatlanayotgan tovar va transpor vositalari haqida oldindan axborot almashish tizimini 15-dekabrdan boshlab ishga tushirishga kelishib olindi.

Senat: Bir yilda go‘daklar o‘limi 7214 tani tashkil etdi
29 sentabr 2022, 10:19

Senat: Bir yilda go‘daklar o‘limi 7214 tani tashkil etdi

Senat Kengashining reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha majlisida 2021 yilda 7214 ta go‘dak vafot etgani ma’lum qilindi. Bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha qator kamchiliklar mavjudligi qayd etildi.

Samarqandda 5 tup eldor qarag‘ayi noqonuniy kesilgani aniqlandi
29 sentabr 2022, 10:03

Samarqandda 5 tup eldor qarag‘ayi noqonuniy kesilgani aniqlandi

Samarqandda fuqaro 5 tup eldor qarag‘ayi daraxtini noqonuniy kesib ketgani aniqlandi. Ekologiya qo‘mitasi buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 86,4 mln so‘m miqdorda zarar yetganini ma’lum qildi. Hozirda hujjatlar sud organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

Xo‘jalikda ommaviy ravishda nobud bo‘lgan baliqlar Chirchiq daryosiga oqizib yuborildi
29 sentabr 2022, 09:54

Xo‘jalikda ommaviy ravishda nobud bo‘lgan baliqlar Chirchiq daryosiga oqizib yuborildi

Chirchiq daryosida baliqlarning ommaviy nobud bo‘lgani aytilgan video e’lon qilindi. Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Baliqlar Yangiyo‘l tumanidagi baliqchilik xo‘jaligida nobud bo‘lgani va Chirchiq daryosiga oqizib yuborilgani aniqlandi.

O‘zbekiston bosh gematologi — onkogematologik kasalliklarni davolashdagi yutuq va kamchiliklar haqida
29 sentabr 2022, 09:22

O‘zbekiston bosh gematologi — onkogematologik kasalliklarni davolashdagi yutuq va kamchiliklar haqida

Har yili 2500 ga yaqin o‘zbekistonliklarda onkogematologik kasalliklar aniqlanadi. Davolashdagi ba’zi yutuqlarga qaramay, suyak iligi transplantatsiyasi yo‘lga qo‘yilmagan va ayrim dorilar bilan terapiya mavjud emas. Bosh gematolog Eldor Ishoqov bemorlarga yordam berish, vaziyatni yaxshilash yo‘llari haqida so‘zladi.

Qoraqalpog‘istonda “Borsakelmas” davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etiladi
29 sentabr 2022, 09:20

Qoraqalpog‘istonda “Borsakelmas” davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etiladi

Hukumat qarori bilan Qo‘ng‘irot tumanida umumiy maydoni 280 ming gektar bo‘lgan “Borsakelmas” davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etiladi. Qo‘riqxona Davlat ekologiya qo‘mitasi tuzilmasiga kiradi.

28 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
28 sentabr 2022, 22:00

28 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

«Prezident komandasini obro‘sizlantirishga olib kelgan» hokimlarni ishdan olgan Sardor Umurzakov, O‘zbekistondagi OTM va litseylar reytingi, Farg‘onada fuqaroni bo‘g‘ib, kaltaklagan IIO xodimlari, Qarshida kanaldan topilgan yosh bolaning jasadi, yangi tayinlovlar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Haj va umra narxini arzonlashtirish muhokama etildi
28 sentabr 2022, 21:06

Haj va umra narxini arzonlashtirish muhokama etildi

Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Din ishlari qo‘mitasi va Musulmonlar idorasi rahbarlari bilan uchrashuvda haj va umra xizmati sifatini oshirish, ziyorat narxini arzonlashtirish muhokama etildi.

Denovdagi maktab hovlisida 3-sinf o‘quvchisi o‘lik holda topildi
28 sentabr 2022, 20:11

Denovdagi maktab hovlisida 3-sinf o‘quvchisi o‘lik holda topildi

Surxondaryoning Denov tumanidagi maktab hovlisida 3-sinfda o‘qiydigan qiz o‘lik holda topildi. Prokuratura tomonidan «Odam o‘limiga sabab bo‘lgan xavf ostida qoldirish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tashkent Dance Fest poytaxtni zabt etishda davom etmoqda
28 sentabr 2022, 19:00

Tashkent Dance Fest poytaxtni zabt etishda davom etmoqda

Tashkent Dance Fest doirasida Milliy bog‘da raqs musobaqalari o‘tkazilmoqda. G‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting