Islom taraqqiyot banki va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Xalq ta’limi vaziri 11 yillik ta’lim qaytganidan keyingi ilk 11-sinf bitiruvchilarini tabrikladi. U o‘zi o‘qigan maktabga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston — Belarus maxsus bo‘linmalari harbiy xizmatchilari o‘rtasida o‘tkazilgan hamkorlikdagi maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy qismi yakuniga yetdi.
Toshketda kovorking hududlar, konferensiya zallarini o‘z ichiga olgan texnologiyalar transferi uchun «NAPA Texnoparki» tashkil etiladi.
Xalq ta’limi vazirligi bitiruvchilarning «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini o‘kazish huquqini cheklash vakolatiga ega emasligini ma’lum qildi.
MJTKda to‘xtash chizig‘ini bosib kirish va «qizil» chiroqdan o‘tish tushunchalariga aniqlik kiritildi, to‘xtash chizig‘ini bosib kirganlik uchun eng kam ish haqining yarim baravari miqdorida jarima joriy etildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi yetib tayinlangan Kan Chje Kvonni qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zMU matematika fakulteti 4-kurs talabasi Sardor Bozorboyevga avtomobil ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudida taqiqlangan diniy mavzudagi materiallarni tarqatgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
XTV «Umumta’lim maktab o‘quvchilarining ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha barqaror kompyuterlashtirilgan baholash tizimini joriy etish loyihasi"ni amalga oshirmoqda.
«Ahmadboy» nomi bilan mashhur Ahmad Tursunboyevga qarshi ikkinchi jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni yakuniga yetdi, barcha 16 nafar sudlanuvchi aybdor deb topildi.
Ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun imzolandi.
Oynalari ruxsatsiz qoraytirilgan transport vositalaridan foydalanganlik uchun jarima miqdori EKIHning 1 baravaridan 25 baravarigacha oshirildi.
Yunusobod tumanidagi 17-umumta’lim maktabining 9-sinf va 10-sinf o‘quvchisi o‘rtasida yuz bergan nizoli holat yuzasidan ularning ota-onasi jarima to‘laydigan bo‘ldi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisi yetib tayinlangan Daniel Rozenblumni qabul qildi.
Oliy sud Plenumi majlisida Navoiy viloyat ma’muriy sudi raisi Otabek Toshevni jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi taqdimnoma ma’qullandi.
Tayloq tumanida yashovchi fuqaro ustidan benzin quyib, o‘zini o‘zi yoqqan holda o‘z joniga suiqasd qilganida yaqin qarindoshlari tomonidan shifoxonaga olib borilganiga qaramay halok bo‘ldi.
Prezident qarori asosida viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalariga 5 tadan shtat birliklari ajratildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudi binosida 8-sinfda o‘qiydigan qizga nisbatan, qilgan o‘g‘irlik jinoyati sabab hukm o‘qildi.
Shaxslarni davlatlararo qidirish to‘g‘risidagi shartnomasi bo‘yicha O‘zbekistonning majburiyatlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting