«Faxrabad» poligonida O‘zbekiston hamda Tojikiston mudofaa idoralarining razvedka bo‘linmalari harbiy xizmatchilari ishtirokida qo‘shma trening o‘tkazildi.
Toshkent viloyatida shinasi yorilib ketishi natijasida 50 yo‘lovchi, jumladan 37 nafar maktab o‘quvchisi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi, 7 kishi jarohatlandi.
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
«Bir mahalla — bir mahsulot» tamoyili bo‘yicha ixtisoslashish bir mahallada faqat bir mahsulot ishlab chiqarilib, boshqasini taqiqlash degani emas, deya ma’lum qildi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Gaz quvurlarida ta’mirlash-sozlash ishlari olib borilishi munosabati Toshkentning to‘rtta tumanidagi ayrim aholi hududlari va ijtimoiy ob’ektlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
«Nexia"ning Romitan tumanidagi avtomagistral yo‘lida ag‘darilib ketgani oqibatida haydovchi va bir yo‘lovchi vafot etdi.
O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov XXR Davlat kengashi a’zosi, mudofaa vaziri Vey Fenxe boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.
Andijon viloyatida prokurorning katta yordamchisi avtomobilida piyodani urib yubordi. Tergovda piyodaning mast ekani va yo‘lning o‘tish mumkin bo‘lmagan qismida ketayotgani aniqlandi.
AQSHning Harlem Globetrotters basketbol jamoasi O‘zbekiston maktablarida bullingga qarshi tadbirlar o‘tkazadi.
Hukumat qarori bilan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qozog‘istonning Qarag‘anda davlat universitetida xorijiy tillar bo‘yicha talabalar xalqaro olimpiadasida SamDCHTI talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
«Forish» poligonida O‘zbekiston, Turkiya va Pokiston qo‘shinlari bo‘linmalari o‘rtasida «Hamdo‘stlik qalqoni — 2019» maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlarining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.
Antimonopoliya qo‘mitasi Toshkentda suv tariflari “Suvsoz” 25-aprelda e’lon qilganidan so‘ng 15 kun o‘tib kuchga kirishi kerakligini ma’lum qildi.
«Fermerlarning o‘zlari kengash bilan bevosita ishlamoqda, hech kim ularni a’zolikka majburlayotgani yo‘q». Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Shuhrat Teshayev — Fermer va dehqon xo‘jaliklari kengashiga a’zolik to‘g‘risida.
45-uyda yashovchilarni ko‘chirish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ikkinchi sud majlisida Madaniyat vazirligi uyning madaniy yodgorlik ekanini tasdiqladi.
Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning sayyor qabulida 272 nafar fuqaroning muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi.
O‘zini Sirdaryo viloyat prokuraturasi xodimi deb tanishtirgan va aldov yo‘li bilan 400000 so‘m pul olgan fuqaro qo‘lga olindi.
Hukumat qarori bilan Maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasining «O‘zini o‘zi band qilish uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasini kiritish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Jizzaxda ko‘rilgan sud ishida jinoyat alomati yo‘qligi uchun ayblanuvchi jazodan ozod etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting