«El-yurt umidi» jamg‘armasi 2022 yilgi uchinchi stipendiya tanlovini e’lon qildi. 226 nomzodga mo‘ljallangan tanlovning 34 o‘rni bakalavriat uchun, 95 o‘rni magistratura uchun, 97 o‘rni esa doktorantura uchun ajratiladi. Hujjatlar 20 sentabrdan 20 oktabrga qadar qadar qabul qilinadi.
Tadbir Shell kompaniyasining O‘zbekistondagi eng yirik yetkazib beruvchi va rasmiy distribyutori — OilGroup tomonidan tashkil etildi. Konferensiyada moylash materiallarining asosiy iste’molchilari ishtirok etdi.
Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Botir Zohidov Shayxontohur tumaniga hokim etib tayinlandi.
Tarmoqlarda Yangibozor tumanida 24 yoshli ayol shifokorlarning aybi bilan vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat SSBga ko‘ra, ayol tug‘ruq jarayonidagi operatsiyadan keyin viloyat tez tibbiy yordam markaziga o‘tkazilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, o‘sha yerda vafot etgan.
Odam savdosi uchun Interpol qidiruviga berilgan O‘zbekiston fuqarosi Kuala-Lumpurdan Toshkentga olib kelindi. U o‘zgartirilgan ma’lumotlar ostida uzoq vaqt davomida Malayziyada yashirinib yurgan.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari O‘zbekiston hududlari bo‘yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining reytingini tuzdi. Kuchli uchlikka Toshkent shahri, Navoiy va Buxoro viloyatlari kirdi. Indeks 2015—2021 yillar uchun hisoblangan.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror bilan poytaxtda 2023−2027 yillarda yillik 7 mln dona mavsumiy gullar va 75 ming tupdan ziyod ko‘chatlar ekiladi. Shuningdek, 2024 yilga kelib, yashillik darajasi 30 foizga yetkaziladi.
Andijonda Cobalt haydovchisi YPH xodimini mashina kapotida sudrab ketdi. Xodim yerga yiqilib, qo‘l va oyoqlaridan jarohat oldi. Aybdorga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, mashina jarima maydoniga joylashtirildi.
Samarqanddagi Registon yaratuvchisi — Bahodir Yalangto‘sh haqida tarixiy film suratga olish boshlandi. Tasvirga olish ishlari «O‘zbekfilm» kinokonsernining yangilangan panoramali pavilonida o‘tkazilmoqda. Unga Jahongir Axmedov rejissyorlik qiladi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti BAAning nufuzli CROWN PLAZA Dubai Marina mehmonxonalar guruhi boshqaruv kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi. Universitetning Turizm fakulteti talabalaridan 10 nafari har yili Dubayning besh yulduzli mehmonxonalarida amaliyot o‘taydi.
O‘zbekistonda hafta davomida ob-havo sokin, yog‘ingarchiliklarsiz, biroz issiq bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari janub viloyatlarida harorat +35 darajagacha ko‘tariladi.
Tarmoqlarda Xatirchi tumanidagi xonadonlarning birida ko‘milgan odam skeleti topilgani haqidagi xabar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi fuqaro tegishli organlarga odam suyagiga o‘xshash suyaklar chiqqani haqida xabar berganini ma’lum qildi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv va ekspertiza harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tarmoqlarda Shayxontohur tumanida IIO xodimlari ayol kishini uyidan majburlab olib chiqib, mashinaga mindirgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBBga ko‘ra, ayol majburiy tartibda sudga olib ketilayotgan bo‘lgan. Xodimlar harakati yuzasidan prokuratura tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
«Tashabbusli budjet» loyihasining 2-mavsumiga ovoz berishlar 17 sentabr kuni yakunlandi. Jami 1418 ta loyiha g‘olib deb topildi va ularni amalga oshirish uchun 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltiriladi. Natijalar rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, hududlarda odamlar bayram qilishni boshlab yubordi.
Yandex Go mijozlari yo‘l kira naqd pulsiz shaklda to‘lanadigan bo‘lsa, haydovchilar buyurtmani qabul qilishni rad etishi holatlariga to‘qnash kelishmoqda. «Gazeta.uz» taksi haydovchilari qanday qiyinchiliklarga duch kelayotgani va kompaniya muammoni qanday bartaraf etishga urinayotgani bilan qiziqdi.
Jizzax viloyatida Xalq bankining Zomin filiali boshqaruvchisi o‘z qo‘l ostidagi xodimiga sport qurolidan o‘q uzdi.
1 yanvardan hududlarda bosqichma-bosqich shahar yo‘lovchilar transportida (taksilardan tashqari) bepul yuruvchi qatlam vakillari cheklanmagan muddatga imtiyozli transport kartasini oladi. Buning uchun hududiy transport boshqarmalariga yoki yagona portalga murojaat qilish kerak.
ShHT sammiti sabab Samarqand shahridagi 16 ta ko‘chada transport vositalarining harakatiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilindi.
3−5 sentabr kunlari bir guruh shaxslar InfinBank`dan o‘zlarining jinoiy sheriklarining nomiga ochilgan Visa plastik kartalariga pul o‘tkazib, o‘zlashtirgan. «Mablag‘larning bir qismi undirildi va qolgan qismini undirish harakatlari amalga oshirilmoqda», — deya ma’lum qildi bank matbuot xizmati.
Mehnat vazirligi Isroilda vaqtinchalik ishlash imkoniyatini ko‘zda tutuvchi qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Bitim imzolangan taqdirda, O‘zbekiston fuqarolari Isroilda dastlab qariya va nogironlarni parvarishlash, ikkinchi bosqichda esa qurilish va boshqa sohalarga jalb etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting