Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasining 100 o‘rinli yangi terapiya majmuasi foydalanishga topshirildi.
Uran qazib olish oqibatlarini bartaraf etish uchun Markaziy Osiyo ekologik reabilitatsiyasi hisobiga xalqaro mablag‘lar safarbar etiladi. O‘zbekistonda reabilitatsiya ishlari 2019 yilda boshlanadi.
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi uzuq-yuluqligi bois kam daromadli oilalarning 75 foizi ijtimoiy nafaqa olmaydi, deya xabar qildi YUNISEF.
Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bir qator rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.
«O‘zavtosanoat» AJ aniqlagan qonunbuzarliklar sabab GM Uzbekistan «Qashqadaryo Avtotexxizmat» MCHJ bilan dilerlik kelishuvini bekor qilganligini ma’lum qiladi.
Joriy yilning 22−23 noyabr kunlari Samarqand shahrida Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi bo‘lib o‘tadi va unda Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilinadi.
2019 yil 1 yanvardan Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Oshpazlar uyushmasi O‘zbekistondagi mehmonxonalar, hostellar va mehmon uylarida nonushtaning milliy ko‘rinishi joriy etilishi tashabbusi bilan chiqdi.
Toshkentda ikki hafta ichida «lirika» va tramadolni noqonuniy tayyorlash, saqlash va sotishda gumon qilingan 46 kishi qo‘lga olindi.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Samarqandda prezident hujjatlari va topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarmagan 5 nafar tuman hokimlari va o‘rinbosarlari, jami 58 nafar mansabdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi.
Navoiy viloyati Karmana tumanida maktab o‘quvchisi tomorqasida «Tibet barbarasi» nomi bilan mashhur o‘simlikni yetishtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ustachilik, mardikorchilik, kirakashlik, uy xizmatlari va shunga o‘xshash faoliyat turlariga patent tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichi yuqoriligicha qolmoqda — besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining 57 foizi hayotining ilk 27 kunida sodir bo‘lmoqda, deya xabar qildi YUNISEF.
Adliya vazirligi vakant notarius lavozimlariga tanlovni onlayn efirga uzatadi.
O‘zbekistonda mahkumlarni kamera tipida saqlashni joriy etish, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilingan shaxslarni qayta kasbiy tayyorlash rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston Ukrainadan firibgarlik va poraxo‘rlikda ayblanayotgan jurnalistni berishni so‘radi, biroq rad javobini oldi.
Aholi murojaatlari asosida «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan 183-Binokor qo‘rg‘oni — Do‘stlik metro bekati" hamda «120-Keles shaharchasi — Chorsu metro bekati» yo‘nalishlari tashkil etildi.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari oyliklari 1 dekabrdan 1,2 baravar, 2019 yil 1 apreldan 1,15 baravar oshiriladi.
Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro o‘z o‘g‘liga shar’iy nikoh o‘qigani uchun javobgarlikka tortildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting