Xorazmda fuqarolarni 311 mln so‘mdan ziyodroqqa chuv tushirgan qassob va do‘kondor sud jarayonida yetkazilgan zararlarni to‘liq qoplab, qamalishdan qutilib qoldi.
Navoiy shahrida o‘g‘il uyni nomiga o‘tkazishni talab qilib 78 yoshli onasini kaltakladi.
O‘zbekistonga kirish elektron vizasini olish uchun murojaat qilgan xorij fuqarolari soni 19820 nafarga yetdi.
Saratov viloyatida temir yo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan avariya natijasida besh nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi.
Qoraqalpog‘istonja 128 nafar ayolning uy-joy olishi uchun 5,2 mlrd so‘m boshlang‘ich to‘lov to‘lab berildi.
Turizm sohasidagi xalqaro investitsiya forumi doirasida investorlarga istisno tariqasida yer uchastkalari ajratishning alohida tartibi amal qiladi.
Majburiy ijro byurosining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan tegishli idoralar bilan hamkorlikda salkam 530 million so‘mlik miqdordagi dori vositalari yo‘q qilindi.
«Vodil-Farg‘ona» yo‘nalishida harakatlanayotgan mashina berk ko‘chaga kirib qolganida haydovchi javobgarlikdan qochish maqsadida ortilgan yuklarni tashqariga uloqtira boshlaganda qo‘lga olindi.
«Mudofaa to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahririda O‘zbekistonning harbiy-texnika sohasidagi xalqaro hamkorligi ham o‘rin olgan.
Andijon viloyatidagi «Do‘stlik» chegara bojxona postida hech qanday xujjatlari bo‘lmagan, tijorat maqsadida olib kirilgan salkam 23 million so‘mlik kiyim-kechaklar to‘xtatib qolindi.
Prezident MDH ishtirokchi-davlatlarining intellektual mulk bozorini shakllantirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi.
Mamadali Mahmudov bilan birgalikda yana turli sabablarga ko‘ra Yozuvchilar uyushmasidan chetlatilgan uch nafar ijodkor uyushma a’zoligiga olindi.
Samarqand shahrining 12 ta ko‘chasida qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va profilaktik ishlarni olib borish maqsadida ichimlik suvi vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Chilonzorda psixotrop dori vositalari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ushlandi. 23 ta jinoyat ishi ochilib, 28 nafar fuqaroga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlandi.
Oylik berishda soliq qarzdorligi yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma talab qilish qonunga zid. Adliya vazirligining bu boradagi monitoringida ko‘plab qonunbuzarliklar aniqlandi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi aholidan 2019 yilgi islohotlar bo‘yicha takliflarni qabul qilmoqda.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» kompaniyasining Toshkent-Mumbay reysi samolyoti yo‘lovchilardan birida yurak xuruji tutgani sababli Samarqandga favqulodda qo‘ndi.
Buxoro shahrida «Saylov qonunchiligini takomillashtirish va demokratik saylovlar: O‘zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot» mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshlaydi.
Angrenda piyodani urib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan holda voqea joyidan qochib ketgan haydovchi A.P. ushlandi. Hozirda tergov davom etmoqda.
Madaniyat vazirligi hamda Teatr arboblari uyushmasi hamkorligida Yosh rejissyorlarning «Debyut-2018» V respublika ko‘rik-festivali o‘tkazilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting