Toshkent yuridik kolleji sobiq direktori hamda ish yurituvchi kotib va xodimlar bo‘limi inspektori ustidan sud hukmi o‘qildi.
O‘z joniga qasd qilish harakatlari to‘g‘risida psixiatriya muassasalarini majburiy ravishda xabardor etish tartibi haqidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining o‘ninchi kuni 54 ta binoda 18 ta oliy ta’lim muassasalarining 84 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi.
«Aurum 898» tungi klubining to‘rt nafar qo‘riqchisi qamoqqa olindi. Ish Bosh prokuraturaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.
O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida psixologlar, sotsiologlar va harbiy qism qo‘mondonlarining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha maslahatchilari ish boshlaydi.
Mehribonlik uyi xodimlari va rahbarlarining tarbiyalanuvchilarga nisbatan jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlari yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumani Kamolon mahallasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi.
Qo‘qonda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining filiali tashkil etiladi.
Tibbiyot fanlari doktori Qahramon Yuldashev Respublika OITSga qarshi kurashish markazi direktori lavozimida ish boshladi.
Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi avtomobil yo‘l o‘tkazgichi ochildi, ikkita piyodalar ko‘prigi ham qurildi.
Davlat bojxona qo‘mitasi aeroportlarda faoliyat olib boruvchi xodimlar liboslarini yangiladi, endi ularda pogon bo‘lmaydi.
Xalqaro toifadagi sport ustasi Jamshid Kenjayev Toshkentning Yunusobod tumanidagi tungi klubda pichoqlanishi natijasida olgan jarohati sababli vafot etdi.
Samarqand viloyatida «bunker» tashkil etgan firibgarlar guruhi qo‘lga olindi.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida «Maqom muzeyi» faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Aholi murojaatlarini o‘rganish uchun vodiyga yo‘l olgan Kun.uz muxbiri faoliyatiga to‘sqinlik qilingani aytilmoqda.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Tibbiyot majmuasini qurish uchun materiallar, maxsus texnikalar va uskunalar ortilgan avtokolonna Tojikistonga yo‘l oldi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida xorijiy talabalarni o‘qishga qabul qilish uchun belgilangan tartibga muvofiq tuzilgan Maxsus komissiya chet ellik abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazmoqda.
Jakartada Indoneziya-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati tashkil etildi.
Toshkent IIBB «O‘zstandart» va Sog‘liqni saqlash vazirligiga transport vositalari shovqini darajasining ruxsat berilgan me’yorlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi taklifni yubordi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting