Jamiyat

Senatning navbatdagi yalpi majlisi dushanba kuni chaqiriladi
11 iyun 2022, 10:51

Senatning navbatdagi yalpi majlisi dushanba kuni chaqiriladi

Senatning 27-yalpi majlisi 13 iyun kuni chaqiriladi. Unda davlat mulkini boshqarish, alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklashga oid qonunlar ko‘riladi. Bundan tashqari, senatorlar Oliy sud raisini saylashi rejalashtirilgan.

«Kogon magistral gaz quvurlari» boshqarmasida yong‘in chiqdi
11 iyun 2022, 10:26

«Kogon magistral gaz quvurlari» boshqarmasida yong‘in chiqdi

Shanba kuni erta tongda Buxoro viloyatidagi «Kogon magistral gaz quvurlari» boshqarmasida yong‘in sodir bo‘ldi. Olov 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus texnika yordamida 1,5 soatda bartaraf etildi.

Surxondaryoda Damas avtomashinasida 25 bola tashilayotgani aniqlandi
10 iyun 2022, 23:58

Surxondaryoda Damas avtomashinasida 25 bola tashilayotgani aniqlandi

Termiz tumanida Damas avtomashinasidan bolalar bog‘chasi mikroavtobusi sifatida foydalanilayotgani aniqlandi. Mikrovenda 25 bola tashilgan. Mashina old oynalarga parda tortilgani uchun jarima maydonchasiga qo‘yildi.

10 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
10 iyun 2022, 22:02

10 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Bektemir tumanida ajratilgan drift uchun trassa, qurilish vaziriga tayinlangan yangi o‘rinbosar, yoshlar uchun joriy etilgan subsidiyalar, quyosh va shamol elektr uskunalarini o‘rnatganlarga to‘lanadigan 15 mln so‘mgacha kompensatsiya va boshqala — «Gazeta.uz» ning 10 iyundagi xabarlar dayjestida.

Besh oyda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6373 ta kam nikoh qayd etildi
10 iyun 2022, 19:29

Besh oyda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6373 ta kam nikoh qayd etildi

Yanvar-may oylarida O‘zbekistonda jami 90 543 ta nikoh holatlari qayd etildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 373 taga kam.

Pochta aloqasi sohasidagi qonunchilikka “posilka”, “pochta kuryeri” kabi tushunchalar kiritildi
10 iyun 2022, 18:32

Pochta aloqasi sohasidagi qonunchilikka “posilka”, “pochta kuryeri” kabi tushunchalar kiritildi

Prezident tomonidan “Pochta aloqasi to‘g‘risida"gi qonun imzolandi. Ushbu hujjat bilan qonunchilikka “posilka”, “pochta kuryeri” kabi tushunchalar kiritildi.

Farg‘onada do‘l yog‘di (foto, video)
10 iyun 2022, 18:21

Farg‘onada do‘l yog‘di (foto, video)

Juma kuni Farg‘ona viloyatida kuchli shamol esib, yomg‘ir va do‘l yog‘di. Noqulay ob-havo bino tomlarini uchirib ketgan. FVV kuchli shamol oqibatlari bartaraf etilayotganini ma’lum qildi.

Xotiniga najosat yedirgan erkakning jazo muddati yengiliga o‘zgartirildi
10 iyun 2022, 18:19

Xotiniga najosat yedirgan erkakning jazo muddati yengiliga o‘zgartirildi

Salkam ikki yil oldin Toshkentda erkak kishi turmush o‘rtog‘ini kaltaklab, unga farzandining najosatini zo‘rlab yedirgan edi. 3 yilga qamalgan shaxs jazo muddatini yengiliga almashtirishni so‘rab sudga murojaat qildi. Sud qarori bilan uning o‘talmay qolgan 2 yildan ortiq jazo muddati yengiliga o‘zgartirildi.

Xorijiy tilni o‘rganish, davolanish, ijara kompensatsiyasi, moddiy yordam — yoshlar uchun subsidiyalar joriy etildi
10 iyun 2022, 16:58 1

Xorijiy tilni o‘rganish, davolanish, ijara kompensatsiyasi, moddiy yordam — yoshlar uchun subsidiyalar joriy etildi

Hukumat qaroriga ko‘ra, «Yoshlar daftari»dagi va moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga 1 mln 200 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam beriladi. Yangi yosh oilalarga uy qurish uchun garovsiz kredit, ijara kompensatsiyasi, davolanish va til o‘rganish uchun moddiy yordam — yoshlar uchun qator subsidiyalar joriy qilindi.

Vazirlar Mahkamasi yoshlar bilan ishlashning ikki yillik dasturini tasdiqladi
10 iyun 2022, 15:30

Vazirlar Mahkamasi yoshlar bilan ishlashning ikki yillik dasturini tasdiqladi

Hukumatning 2022−2023 yillarga mo‘ljallangan yoshlar siyosati dasturi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, konsultatsiyalar, treninglar, musobaqalar, marafonlar va boshqalarni nazarda tutadi. «Yoshlarning bo‘sh vaqti — yetakchining ish vaqti» tamoyili asosida uyushmagan yoshlar bilan ishlash rejalashtirilmoqda.

Jalol Arashov qurilish vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi
10 iyun 2022, 14:31

Jalol Arashov qurilish vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi rahbari Jalol Arashov qurilish vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilinadi
10 iyun 2022, 12:51 17

5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilinadi

Hukumat qarori bilan kollej yoki texnikum diplomidagi mutaxassisligi bo‘yicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar kontrakt asosida OTMga qabul qilinadi. Bunda tavsiyanomaga ega abituriyentlar orasida alohida test o‘tkaziladi, ular orasidan yuqori ball to‘plagan 500 nafarigina OTMga kira oladi.

Toshkentda ikki nafar ichki ishlar xodimi yoshlarni kaltaklagani aytilmoqda
10 iyun 2022, 12:48

Toshkentda ikki nafar ichki ishlar xodimi yoshlarni kaltaklagani aytilmoqda

Toshkent shahrida ikki nafar yoshlar ichki ishlar xodimlari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda. Bosh prokuratura holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.

Shu vaqtgacha O‘zbekistonning 292,6 ming gektar maydonida chigirtkalar tarqalgan
10 iyun 2022, 12:38

Shu vaqtgacha O‘zbekistonning 292,6 ming gektar maydonida chigirtkalar tarqalgan

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi shu kungacha O‘zbekistonning 292,6 ming gektar maydonda chigirtkalar tarqalganini aniqladi. Mamlakatning deyarli barcha hududlarida 284 ming gektarlik maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazilgan.

Dam olish kunlari harorat pasayadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin
10 iyun 2022, 12:32

Dam olish kunlari harorat pasayadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Shanba kuni O‘zbekistonga Kavkaz hududlaridan biroz nam va nisbatan salqin havo kirib keladi. Dushanbagacha ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati asta-sekin pasayib, +31…+33 darajagacha tushadi.

Namangan davlat chet tillari instituti tashkil etildi
10 iyun 2022, 11:41

Namangan davlat chet tillari instituti tashkil etildi

Namangan viloyatida Ishoqxon Ibrat nomidagi davlat chet tillari institutini tashkil etildi. O‘quv jarayonlari sentabrdan boshlanadi.

Toshkent viloyatida haydovchilar uchun Yagona imtihon markazi ochildi
10 iyun 2022, 11:31 1

Toshkent viloyatida haydovchilar uchun Yagona imtihon markazi ochildi

Toshkent viloyatida haydovchilar uchun Yagona imtihon markazi ochildi. Hududning haydovchilik guvohnomasini olish bo‘yicha imtihonlari endi faqat shu yerda o‘tkaziladi. Birinchilardan bo‘lib viloyat rahbari Zoyir Mirzayev imtihon topshirdi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi oldidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi
10 iyun 2022, 11:17

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi oldidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi

Juma kuni «Open-air» konserti o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi oldidan o‘tuvchi ko‘cha transport harakati uchun soat 18:30 dan 23:00 gacha yopiladi.

Sirdaryoda farzandini $15 mingga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi
10 iyun 2022, 10:28

Sirdaryoda farzandini $15 mingga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi

Guliston shahrida 26 yoshli ayol o‘zining 1 yoshli farzandini 15 ming dollar evaziga sotayotgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumondor hibsga olindi.

Uchta hududda chet el valyutasini noqonuniy muomalaga kiritishga uringan shaxslar ushlandi
10 iyun 2022, 10:06

Uchta hududda chet el valyutasini noqonuniy muomalaga kiritishga uringan shaxslar ushlandi

Toshkent shahri, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida valyuta qimmatliklarini noqonuniy ravishda sotishga uringanlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Ular 13 300 dollarni 147,7 mln so‘mga ayirboshlashga harakat qilgani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting