«Gazeta.uz» muallifi Nikita Makarenko poytaxtda «Yil jurnalisti» mukofotining taqdirlash marosimi kuni mukofotdan mahrum qilindi.
Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi ayol o‘zini bolalar bilan birga cho‘ktirib yuborishga harakat qildi. Ayol qutqarib qolindi, bolalari esa halok bo‘ldi.
26−30 iyun kunlari Toshkent va Samarqandda Markaziy Osiyo yoshlar forumi o‘tkaziladi.
BMTTD O‘zbekiston maktab o‘quvchilari uchun «Iqlim qutichasi» deb nomlangan o‘quv-o‘yin materiallari taqdimotini o‘tkazmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur Toshkent bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlandi.
Taniqli kino va teatr aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Husan Sharipov 80 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarga 6 mlrd so‘mga yaqin moddiy yordam ko‘rsatildi.
Toshkentda 270 ming dollarni o‘marganlikda gumon qilinayotgan bank xodimi qo‘lga olindi.
Aralash janglar ustasi Murod Xonto‘rayev bezorilikda ayblanib, hibsga olindi.
Poytaxtning qator ko‘chalari ta’mirlash ishlari va metro qurilishi munosabati bilan vaqtincha yopildi.
Hukumat bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlar uchun oylik cheklovlarni joriy etdi.
Toshkentda daryo va anhorlar qirg‘oqlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlandi.
Samarqand hokimi Furqat Rahimov shaharda barcha qurilish ishlarini to‘xtatishga topshiriq berdi. Shaharning kamida 2035 yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasi ishlab chiqiladi.
Toshkentda avtobuslar uchun elektron karta ko‘rinishidagi yo‘l chiptalari savdosi boshlandi.
16 iyun kuni Qashqadaryo viloyatida qo‘lga olingan AQSH fuqarosi Zokir Aliyev ozod qilindi.
Mehnat vazirligi 53 nafar o‘zbekistonlikning Sankt-Peterburgda pasport va ishidan ajralgani haqidagi xabarga izoh berdi: 53 kishidan 11 nafari ish joyidan ketdi, 41 nafari ishlashda davom etmoqda.
Yaqinda xalq ta’limi vaziri etib tayinlangan Sherzod Shermatov fuqarolardan maktab ta’limi bo‘yicha taklif berishlarini so‘radi.
Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, dorixonalarda soxta dorilar sotilgani haqidagi xabarni haqiqatdan yiroqligini bildirdi.
Poytaxt aholisining obodonlashtirish bo‘yicha g‘oya va takliflari «Toshkent seni yaxshi ko‘radi» kraudsorsing platformasida qabul qilina boshladi.
Endilikda migratsiya va fuqarolik bo‘limlarida fuqarolarni shaxsan rahbarlar kutib oladi. Shu va yana boshqa o‘zgarishlar fuqarolarga qulaylik yaratish uchun qilinmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting