Vladimir viloyatidagi YTHda halok bo‘lgan Jo‘rabek Usmonovning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi.
O‘quvchilar o‘rtasida qotillik sodir etilgan Toshkent yuridik kolleji ma’muriyatiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Rossiyadagi YTH qurbonlarining eng so‘ngi shaxsi aniqlangani surxondaryolik bo‘lib chiqdi. Davolanishda qolayotgan qiz Moskvaga olib borildi.
Toshkent notarial idoralari endilikda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq shartnomalarda barcha zarur hujjatlarni elektron ko‘rinishda qabul qiladi.
Samarqanddagi bekatlarda virtual kitob javonlari paydo bo‘ldi. Ma’qul kelgan kitobni QR-kod orqali yuklab olish mumkin.
Hukumat liftlar xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqladi.
Toshkentda Tojikiston madaniyati kunlari va mahsulotlar ko‘rgazmasi, shuningdek O‘zbek-tojik biznes-forumi o‘tkaziladi.
Toshkent shahri, Samarqand va Jizzax viloyatlari FV boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi.
Dushanba kuni Sharof Rashidov ko‘chasining qayta tiklangan qismi transport harakati uchun ochildi.
Farg‘ona va Xorazm viloyatlariga yangi prokurorlar tayinlandi.
The Wall Street Journal O‘zbekistonning yangi mintaqaviy qarashlarini Markaziy Osiyodagi o‘zgarishlarni harakatga keltiruvchi kuch deb atadi.
Toshkent yuridik kolleji direktori Natalya Temirova o‘quvchilardan birining o‘limidan so‘ng vazifasidan ozod qilindi. Kollej faoliyatida ko‘plab kamchilik va qonunbuzarliklar aniqlandi.
Jizzax viloyatidagi «Forish» poligonida O‘zbekiston va Rossiya harbiy xizmatchilarining maxsus taktik-o‘quv mashqlari yakunlandi.
Toshkentda yuridik kollej o‘quvchilari o‘rtasidagi janjal o‘smirlardan birining o‘limiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston Prezidenti Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan va jabrlanganlarni vatanga qaytarish bo‘yicha hukumat komissiyasini tuzishni topshirdi.
Rossiyaning Vladimir viloyatidagi YTHda 19 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Hodisa joyiga jabrlanganlarga ko‘mak ko‘rsatish va tashish uchun maxsus samolyot yuborildi.
O‘zbekiston pochtasi xorijga jo‘natiluvchi xalqaro posilkalar vaznining cheklangan miqdorini 10 kilogramga oshirdi.
Senat jinoyatga aloqador bo‘lmagan shaxslarning mol-mulkini musodara qilishni taqiqlovchi qonunni tasdiqladi.
«Toshkent-Nukus» reysi samolyoti texnik sabablarga ko‘ra aeroportga qayta qo‘ndirildi.
Toshkentda Sharof Rashidov ko‘chasining Jasorat monumentidan Mustaqillik maydoniga qadar bo‘lgan qismini qaytadan ochish rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting