Jizzax shahrida fuqaroni 14 300 dollar evaziga AQShga yuborishini aytib, Janubiy Afrikaga jo‘natgan shaxs ushlandi. U Afrikada chorasiz qolib ketgan fuqaroning vaziyatini o‘nglash uchun yana 6700 dollar olayotgan paytda qo‘lga olingan.
Qozog‘istonda erkak o‘z vasiyligidagi o‘zbekistonlik qiz jiyanlariga jinsiy zo‘ravonlik qilgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qamoqqa olindi. Hozirda 12 va 17 yoshli qizlarga vasiy tayinlash va ularni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Shirin shahrida Nexia 2 avtomobili Janubiy Mirzacho‘l kanaliga quladi. Oqibatda haydovchi va to‘rt nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi.
Yangiqo‘rg‘on tumanida 1995-yilda tug‘ilgan ayol oilada yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab o‘zini yoqib yubordi va vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Beeline Uzbekistan mobil abonentlari internet xizmatlari va boshqa xizmatlar ishida uzilishlarga duch kelmoqda. Kompaniya avariya-tiklash ishlari haqida xabar berdi.
Chilonzorda Chevrolet Menlo, Nexia-2 va ikki “Jiguli” ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Voqea oqibatida haydovchilardan biri jarohatlandi.
Toshkentdan chiqishdagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 avtomobil yo‘li kesishmasida yangi tunnel ochildi. Endi Chorvoq tomon ketayotgan haydovchilar yuqorida qayd etilgan chorrahada hosil bo‘ladigan tirbandlikda turishlari shart emas. Foto va sxema.
Qurbon hayiti munosabati bilan berilgan dam olish kunlarida kimdir oilasi bilan shahar aylangan, suv havzalarida cho‘milgan, yana kimdir tog‘da. “Gazeta.uz” muxbiri Shohruh Haydarov Toshkent aholisi va mehmonlari bu kunlarni qanday o‘tkazayotganiga qiziqib, ayrim hududlardan fotoreportaj tayyorladi.
Bektemir tumanida elektrobus haydovchisini bir necha kishi kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB janjal avtobus bekatda to‘xtagan vaqtida ortidan 2 ta yengil avtomashina to‘qnashgani sababli kelib chiqqani, tergovga qadar tekshiruv ketayotganini bildirdi.
O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarni tabiiy yashash muhitidan aholi punktlari va boshqa hududlarga tushib qolganda himoyalash, qutqarish va jonsizlantirish tartibi bo‘yicha loyiha muhokamaga qo‘yildi.
Latviyaning Kreiss kompaniyasi va O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiya agentligi o‘rtasida 600 nafar haydovchini ishga jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Endi mijozlar Yunusabad Residence TJMdan xonadon xarid qilganda, Bosch brendining oshxona jihozlarini sovg‘a tariqasida olishadi.
O‘zbekistonning 9 ta viloyatidagi tog‘li joylarda 17−19-iyun kunlari sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.
16-iyun kuni ertalab O‘zbekistondagi barcha masjidlarda Qurbon hayiti namozi o‘qildi. PressPhoto.uz fotografi Murod Yusuf “Gazeta.uz” uchun Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasidan fotoreportaj tayyorladi.
Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunida Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston prezidenti o‘z rafiqasi bilan Koreya yetakchisi va uning rafiqasini kuzatib qo‘ydi.
Prezident Qurbon hayiti arafasida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi va Samarqand shahrida “BMT Turizm” bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shundan so‘ng davlat rahbari Samarqandga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat xalqini Qurbon hayiti bayrami bilan tabrikladi. Shuningdek, davlat rahbari jahonning turli mintaqalarida davom etayotgan urush va janjallar tezroq barham topishini, Yer yuzida doimo tinchlik va osoyishtalik barqaror bo‘lishini tiladi.
Ishtixon tumanida Nexia 3 yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzu’ga borib urildi. Hodisa oqibatida 2 kishi vafot etdi.
Sharof Rashidov tumanida Cobalt elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yonib ketdi. Yong‘in oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Bu transport vositalari yonib ketishi bilan bog‘liq bir kun ichidagi uchinchi holat.
Sergeli tumanida Mercedes-Benz avtobusida yong‘in kelib chiqdi. Hodisa oqibatida jarohati olganlar yo‘q.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting