Ramazon hayiti namozi munosabati bilan O‘zbekiston masjidlarda 2,5 mlndan ortiq kishi, shu jumladan Toshkent shahrida — qariyb 500 ming kishi to‘plandi. «Gazeta.uz» poytaxtdagi Minor masjididan fotoreportaj tayyorladi.
Qashqadaryo viloyatida «VAZ 21−01» va Nexia avtomashina to‘qnashuvi oqibatida yetti kishi vafot etdi. Ulardan ikki nafari bir va to‘rt yoshli bola bo‘lgan. YTHga haydovchilarning yuqori tezlikda harakatlanishi bilan birga yo‘llarning nosozligi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha viloyat hokimi Zoir Mirzayev yig‘ilish o‘tkazdi. «Barchaga bu holat ibrat bo‘lsin. Yo‘l erkalikni ko‘tarmaydi», — dedi u.
Kasaba uyushmalari federatsiyasi tasarrufidagi korxona direktori Alisher Xidirov Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘zbekiston TIV Isroil-Falastin mojarosi ishtirokchilarini zo‘ravonlikka chek qo‘yish, Al-Aqso masjidi va Quddusdagi boshqa muqaddas qadamjolarning daxlsizligini — status-kvoga rioya etilishini ta’minlashga chaqirdi.
Xorazmda 10-sinf o‘quvchisi Lacetti avtomashinasida qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, Damas rusumli avtomashinaga borib urilgan. Natijada uch kishi vafot etdi. Lacetti boshqargan o‘quvchining haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan.
Focus san’at maktabi kinooperator Umid Malikov badiiy rahbarligida kino-operatorlari ustaxonasiga qabul boshlanganini e’lon qildi.
Prezident respublikadagi maktablar sharoitining yomon ahvoldaligi masalasi dolzarbligicha qolayotganini ta’kidladi. «Maktabdagi ahvollarni ko‘rsa, odam tavba deb yuboradi. Kamchiliklarni 27 yil ko‘rib-ko‘rmaslikka olganmiz. Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqanddagi maktablarning ahvolini yaxshi bilaman», — dedi u.
Telegram, Facebook, TikTok, Google va Yandex kabi ijtimoiy tarmoqlar va internet-kompaniyalar 16 apreldan boshlab O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini mamlakat ichida joylashgan serverlarda qayta ishlashga majbur. Tegishli xatlar allaqachon ularga yuborilgan, dedi Davlat personallashtirish markazi rahbari Ulug‘bek Toshxo‘jayev.
Toshkent shahridagi 1-sonli tug‘ruqxonada Yangiyo‘l tumanida ro‘yxatda bo‘lgan homilador ayolni qabul qilishmadi. Vaziyat o‘rganilgach, poytaxt sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari va tug‘ruqxona kompleksining bosh shifokori ishdan bo‘shatildi.
DXX va prokuratura xodimlari Jizzax shahar moliya bo‘limi boshlig‘i, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Oybek Nurmatovni qo‘lga olishdi. U shahardagi ijtimoy soha ob’ektlarini qurish va ta’mirlash bo‘yicha o‘tkaziladigan tender savdolarini olib berish evaziga tadbirkordan 2000 dollar talab qilgani aytilmoqda.
Ekologiya qo‘mitasi raisining ruxsati bilan “Qizil kitob"ga kiritilgan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i rossiyalik ovchi tomonidan o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ekologiya qo‘mitasi ruxsatnoma berish jarayoni qonunchilikka to‘liq rioya qilingan holda amalga oshirilganligini ta’kidlamoqda.
Mening Fikrim onlayn-petitsiya portalida shaharlarda transportning ruxsat etilgan tezligini 50 km/soatgacha va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar yaqinida 30 km/soatgacha kamaytirish bo‘yicha petitsiya e’lon qilindi. Bunday qoidalar barcha rivojlangan mamlakatlarda amal qiladi.
12 may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev viloyat hokimlarining o‘rinbosarlarida ma’suliyat yetishmayotganligini tanqid qildi.
Bloger Miraziz Bozorovga nisbatan JKning «g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilish»ga oid moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Dastlab jinoyat ishi 110-son umumta’lim o‘rta maktabi o‘qituvchilarining jamoaviy arizasi asosida ochilgandi. Endi jabrlanuvchilar qatorida Bozorov unga qarshi obunachilarini «jazolash»ga chaqirganini ta’kidlagan uch nafar bloger ham bor.
Surxondaryo viloyatida tezlikni o‘lchash moslamalarini burib qo‘yish yoki simini uzib qo‘yish holatlari uchramoqda. Qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilar 10 sutkaga qamaldi, avtomashinalari esa jarima maydonchasiga qo‘yildi.
Chirchiq shahar hokimiyati yaqinida ishchilar o‘z ish haqlari to‘lanmagani uchun namoyishga chiqdi. Hokimlikning ma’lum qilishicha, ayni paytda barcha ishchilarga ish haqlarining ma’lum qismi to‘lab berilgan. Qolgan qismini esa 18 mayga qadar to‘liq hisob kitob qilishga o‘zaro kelishilgan.
Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan, Toshkent shahrida 13 may kuni jamoat transportlari yo‘nalishlar bo‘yicha soat 4:00 dan ish boshlaydi.
Samarqanddagi Alisher Navoiy haykali oldida «noo‘rin hatti-harakatlar» sodir etib, video olgan yigitga nisbatan viloyat IIB tomonidan hujjatlar rasmiylashtirildi. Video olgan va unda ishtirok etgan ikki nafar shaxsga 15 sutka qamoq jazosi belgilandi.
Toshkentda Maqom markazi qurilishiga byudjet mablag‘laridan 93 mlrd so‘m ($8,8 mln) ajratish reja qilingan. Markazni tashkil etish rejasi 2017 yilning oxirida e’lon qilingan edi.
Samarqand shahar hududida koronavirus infeksiyasini yuqtirish ko‘rsatkichi oshib borayotganligi sababli barcha ta’lim muassasalaridagi karantin muddati yana 14 kunga uzaytirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting