Rossiyaning Samara viloyatida ichida 66 kishi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi. Oqibatda 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohat oldi. Mamlakatning Rossiyadagi elchixonasi “vaziyat alohida nazorat ostida” ekanini bildirdi.
Yangilandi: 10-aprel kuni ertalab Toshkent shahri jamoat transporti bepul ishlaydi. O‘zbekistonning boshqa hududlarida esa JTni bepul qilish tavsiya etiladi.
10-aprel kuni nishonlanadigan Ramazon hayiti, Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga tashrifi, Enter Engineering`ning maoshi kechikayotganidan norozi quruvchilari, “Ovoz” teleloyihasi uchun ajratilgan qariyb 2 mlrd so‘m va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Musulmonlar idorasi 10-aprel, chorshanba Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlarini e’lon qildi.
9−15-aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli 6 ta viloyatda qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelishi mumkin.
Ramazon hayiti kuni Toshkentda avtobus va metro soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Dam olish kunlari esa yakshanba uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.
Enter Engineering xodimlari ish haqi kechikayotganidan shikoyat qilmoqda, Olmaliqdagi 3-MBF ishchilari uch oydan beri maosh olmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Kompaniya vaziyatga izoh berib, fevral oyi uchun maosh to‘laganini, ish haqi buyurtmachi oldida bajarilgan ishning natijasiga bog‘liq ekanini ma’lum qildi.
Buxoro viloyatida qurilish inspeksiyasi boshlig‘i tug‘ilgan kunida kursdoshlarini bazm uchun o‘z ofisiga chaqirgani ortidan lavozimidan ozod etiladigan bo‘ldi. Tug‘ilgan kunni, xususan, spirtli ichimliklar bilan nishonlash taklif qilingan.
O‘zbekistonda 300 tadan ortiq avtobus 2018-yildan beri texnik sinovdan o‘tkazilmagan holda odam tashib yurgani ma’lum bo‘ldi. Shu yuzasidan Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbitdin Burxonov bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatovga senator so‘rovini yubordi.
IT Park University abituriyentlarga “Dasturiy ta’minot muhandisligi” sohasida o‘qishni hamda qo‘shimcha beshta amaliy mutaxassislikdan birini o‘zlashtirishni taklif qilmoqda.
Musulmonlar idorasi Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda seshanba kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ib, harorat +15…+20 darajagacha pasayadi. 10−11-aprelda esa respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +22…+27 darajagacha, janubda +30 darajagacha ko‘tariladi. 12−14-aprel kunlari beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
7-iyulgacha ANORBANK`da yangi omonat ochgan mijozlar Bayramona aksiyasi doirasida uchta BYD E2 elektromobilidan birini yutib olishlari mumkin.
1-iyundan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar yoki kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish, “ishchi viza”ni rasmiylashtirish va yo‘l chiptasini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qisman qoplash uchun kompensatsiya to‘lanadi.
Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi tug‘uruq bo‘limida 39 haftalik homilasi bor ayolning ahvoli og‘irlashib, vafot etdi. Bosh prokuratura holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda.
Toshkent metrosi tarkibiga to‘rt vagonli yana 2 ta metro poyezdi qo‘shildi. Ular 8−10 kun sinovdan o‘tkazilgach yo‘nalishlarga chiqariladi. May oyida yana shunday 3 ta metro poyezdi olib kelish reja qilingan.
Toshkent shahrida Bekobod tumanlararo sudining sobiq sudyasi va firma yuristi fuqarodan 75 ming dollar, boshqa holatda yana bir adkovat 17 ming dollar olishda gumonlanib ushlandi. Samarqandda esa shahar advokatlik hay’ati advokati 1,5 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Toshkent shahri IIBBning ma’lum qilishicha, yanvar-mart oylarida 1068 nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullangani uchun qo‘lga olindi. 209 kishiga nisbatan qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan bog‘liq holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistonda tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi.
Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida qo‘shni mamlakatlardan olib kelingan giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi. Ulardan jami 11,2 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting