Prezident Ramazon hayiti munosabati bilan yo‘llagan tabrigida mamlakatdagi islohotlar islom dinining mohiyati va g‘oyalari bilan uyg‘un ekanini aytdi. U vijdon erkinligini ta’minlash, milliy va diniy qadriyatlarni tiklash yo‘lidagi ishlar davom etishini ta’kidladi.
O‘zbek tilidagi eng yirik onlayn-kutubxona — “Ziyouz.com” ishga tushganiga 20 yil to‘ldi. Portalda minglab nasriy, o‘n minglab she’riy asar, minglarcha ilmiy-ma'rifiy maqola to‘plangan. “„Ziyouz.com“ xalqimizning ziyoli bo‘lmog‘iga […] hissa qo‘shayotganidan baxtliman”, deydi loyiha asoschisi Davronbek Tojialiyev.
Toshkent shahri Ekologiya boshqarmasi 10-aprel kuni “Ashxobod” sayilgohidagi charxpalakdan 20 mingta shar yog‘dirilishi haqidagi xabarga munosabat bildirib, sharlar 5 metr balandlikdagi balkalardan tushirilishini bildirdi. Tashkilotchilar ekologiyaga zarar yetkazmaslik to‘g‘risida ogohlantirildi, deb yozdi boshqarma.
Har yili Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan 9-aprelda va uning arafasi OAVda buyuk sarkarda hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘plab materiallar e’lon qilinadi. “Gazeta.uz” hafta davomida davlat gazetalarida chop etilgan shu mavzudagi maqolalar asosida dayjest tayyorladi.
Nukusda fuqaroning ishonchiga kirib, 11 ming dollarga DXX organlariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangani aytilmoqda. Aniqlanishicha, u avval ham 4 kishini firibgarlik bilan DXXga ishga joylash evaziga 65 ming dollar olgan. Besh marta sudlangan fuqaroga yana firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
“Sen dunyoga keraksan” ko‘ngillilar jamoasi Ramazon oyida Toshkent shahrida “Yo‘lda iftorlik” loyihasini o‘tkazib, 21 mingdan ziyod ro‘zadorga suv va xurmo tarqatdi. Shuningdek, Toshkent viloyatida kam ta’minlangan oilalar uchun 100 kishilik iftor dasturxoni yozildi, 20 nafar bolaga velosiped taqdim etildi. Foto.
Yashnobod tumanida 2-sonli avtobus haydovchisi orqa eshikdan tushayotgan yoshi katta yo‘lovchini payqamay qoldi. Oqibatda avtobus erkakni 3−5 soniya sudrab ketdi. “Toshshahartransxizmat” haydovchi ishdan olinganini bildirdi.
Jizzax viloyatidagi 10 ta madaniy meros obyektida “turizm halqasi” yaratilib, ularga eltuvchi yo‘llar ta’mirlanadi. Shuningdek, Aydar-Arnasoy ko‘llari tizimida sayyohlar uchun sharoit hozirlanib, bu maqsadlarni amalga oshirish uchun hukumat komissiyasi tuziladi.
Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha aybdor shaxsga nisbatan yengillik qilib berish evaziga 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Drexel Construction kompaniyasining qurilish maydonlarining rahbari Kamoliddin Hazratqulov pudratchi kompaniyaning qurilishda to‘g‘ri sherik tanlashi loyihaning yakuniy muvaffaqiyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida fikr bildirdi.
Parkent tumaniga tashrif buyuruvchi fuqarolarning soni ortishi sabab 10−11−12−13-aprel kunlari Qiziltog‘-Parkent-Yangibozor yo‘lining 44- va 48-kilometr oraliqlarida avtomobillarining harakati bir tomonlama tashkil etiladi. So‘qoqqa borganlar Toshkentga boshqa yo‘l bilan qaytadi.
Mudofaa vazirligi birinchi marta O‘zbekiston mudofaa sanoatining “Texnofest-2024” ko‘rgazmasini o‘tkazadi, unda ikki maqsadga mo‘ljallangan (harbiy va fuqarolik) mahsulotlar namoyish etiladi. Tadbir 2, 3 va 4-may kunlari Toshkentdagi G‘alaba bog‘ida bo‘lib o‘tadi.
Toshkent shahrida 10-aprel kuni Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan ayrim masjidlarga yondosh bo‘lgan ko‘chalarda avtomobillar harakati cheklanadi.
Ramazon hayiti munosabati bilan 9-aprel soat 17:00 dan boshlab Toshkent shahriga yuk avtomobillarining kirishi va harakati 24 soatga butunlay taqiqlanadi.
Shahar savdosi aholi va uning madaniyati haqida axborot berishda muzeylardan kam emas. Chakana savdo formatlarining turfaligi shahar hayoti va iqtisodiyoti qanchalik boyligini ko‘rsatadi. Xo‘sh, riteyldagi qanday biznes-qarorlar bu formatlarni rivojlantirishga yordam beradi? Denis Sokolov maqolasi — shu haqda.
DXX Qashqadaryo viloyatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan 3,7 mingta dorini 54 mln so‘mga sotgan ayol va uning tanishini qo‘lga oldi. Sirdaryoda esa uyida 593 mln so‘mlik 49 mingta flakondagi hujjatsiz dorini saqlagan fuqaro va dorining egalari ushlandi. Holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Toshkentda metro vagoni ichida o‘ziga notanish bo‘lgan ayolning beli va belidan past qismini ushlab, shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi.
O‘zgidromet 12−15-aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari sodir bo‘lishidan ogohlantirdi. Yomg‘ir suvlari to‘planishi hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Namanganning Chortoq tumanida shifoxonaning hushyorlantirish bo‘limiga yotqizilgan erkak temir panjaraga o‘zini osib, vafot etdi. U bir kun avval turmush o‘rtog‘ining chaqiruviga asosan mastligi sababli IIB xodimi tomonidan shifoxonaga olib borilgan. Holat nazoratga olindi, deb yozdi ombudsman matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahrida qurilgan Kibersport arenasi bilan tanishdi. Prezident u yerda kibersport, shaxmat, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, basketbol musobaqalarini kuzatib, yoshlar bilan suhbatlashdi. “Biz belgilab olgan strategiyani, katta marralarni shunday yoshlar bilan amalga oshiramiz”, — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting