Jamiyat

Avtomobillar uchun ekostikerlar bepul bo‘ladi, ekozonalarga kirganlik uchun jarima va kompensatsiyalar joriy etiladi. Tafsilotlar
31 mart 2024, 11:51

Avtomobillar uchun ekostikerlar bepul bo‘ladi, ekozonalarga kirganlik uchun jarima va kompensatsiyalar joriy etiladi. Tafsilotlar

Avtomobillar uchun ekostikerlar nafaqat Toshkentda, balki O‘zbekistonning barcha hududlarida joriy etiladi. Ekodiagnostika 1-iyundan bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi. Aksariyat mashinalar uchun stikerlar bepul bo‘ladi. Ekozonalarga kirish uchun kompensatsiyalar va jarimalar joriy etiladi. Yangi qaror tafsilotlari.

Sudyalarni og‘ir jinoyat aybi qo‘yilganda ham ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish mumkinligi belgilanmoqda
30 mart 2024, 17:33

Sudyalarni og‘ir jinoyat aybi qo‘yilganda ham ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish mumkinligi belgilanmoqda

O‘zbekistonda sudyalarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi unga nafaqat o‘ta og‘ir, balki og‘ir jinoyat aybi qo‘yilganda ham qo‘llanishi mumkinligi belgilanmoqda. Senat tegishli o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Normadan maqsad korrupsiyaga qarshi kurashish ekani aytildi.

Toshkentda aprel-may oylarida issiq suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi. Jadval
30 mart 2024, 15:56

Toshkentda aprel-may oylarida issiq suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi. Jadval

Toshkent shahrida 1-apreldan 31-maygacha, shuningdek, 15-apreldan may oyi oxirigacha issiq suv ta’minotida ikki va to‘rt kunlik uzilishlar bo‘lishi reja qilinmoqda. Shu kunlarda issiqlik tarmoqlari sinovdan o‘tkaziladi. Jadval yangilanib boradi.

Tadbirkorlar binolardagi telekommunikatsiya infratuzilmasidan beg‘araz foydalanishi mumkinligi belgilanmoqda
30 mart 2024, 15:43

Tadbirkorlar binolardagi telekommunikatsiya infratuzilmasidan beg‘araz foydalanishi mumkinligi belgilanmoqda

Senatorlar “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahririni qabul qildi. Hujjatda bino va inshootlar qurilishida zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi majburiy bo‘lishi, xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar binoda mavjud infratuzilmadan beg‘araz foydalanishi mumkinligi belgilanmoqda.

Transport vaziri — Toshkentga tramvayni qaytarish ishlari haqida
30 mart 2024, 13:23

Transport vaziri — Toshkentga tramvayni qaytarish ishlari haqida

Transport vaziri Ilhom Mahkamov “Gazeta.uz” muxbiri bilan suhbatda tramvay orqali birinchi navbatda “eski” Toshkent bilan Yangi Toshkent bog‘lanishi, shuningdek, poytaxt ichida tramvayni qaysi yo‘nalishlarga qo‘yish masalasi ustida ishlanayotganini aytdi. U tramvayni “nihoyatda kerakli infrastruktura” deb atadi.

Toshkentda it egalari o‘rtasidagi mojaro tajovuzga aylanib ketdi
30 mart 2024, 00:24

Toshkentda it egalari o‘rtasidagi mojaro tajovuzga aylanib ketdi

Chilonzor tumanida alabay egasining ko‘z o‘ngida ikki qiz sayr qildirayotgan boshqa itga hujum qildi, shundan so‘ng jonivorlar egalari o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Alabayning egasi qizlarga tahdid qilib, ikkisini ham urdi.

29-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
29 mart 2024, 23:20

29-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

“Avtomobilsiz kun"da JTda harakatlangan amaldorlar, prezidentning ehtimoliy teraktlarning oldini olish topshirig‘i, maydonga chiqqani uchun jazolangan futbol muxlislari, chiqindini saralash uchun bepul paketlar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Fonuslar, saharlik jarchilari, “ramazonchi” bolalar — dunyo musulmonlarining Ramazon bilan bog‘liq an’analari
29 mart 2024, 22:10

Fonuslar, saharlik jarchilari, “ramazonchi” bolalar — dunyo musulmonlarining Ramazon bilan bog‘liq an’analari

Ramazon — Islom dunyosida orziqib kutiladigan muqaddas oy. Musulmonlar uning sharafiga fonuslar yoqadi, iftorlik va ibodat uchun jamlanadi, bolalar esa Ramazon qo‘shiqlarini kuylaydi. “Gazeta.uz” dunyo musulmonlarining mazkur oy bilan bog‘liq ana shunday o‘ziga xos an’analarini bir materialga jamladi.

Ezgu niyatlar taomi. Qishloqda pishirilgan sumalak haqida Xolida Musulmon fotohikoyasi
29 mart 2024, 18:10

Ezgu niyatlar taomi. Qishloqda pishirilgan sumalak haqida Xolida Musulmon fotohikoyasi

Sumalak — o‘ziga xos marosimlari bor, pishirilishi oson bo‘lmagan taom. Shu bois qishloqlarda uni bir necha oila bir bo‘lib tayyorlaydi. Farzandlari o‘qishga kirishi, uyida gaz, yurtda esa tinchlik bo‘lishini niyat qilib, qozon kavlaydi. Xolida Musulmon navbatdagi fotohikoyasi — qishloqda tayyorlangan sumalak haqida.

“Shamollagan bolani muzqaymoq bilan davolaydi”. Xorijdagi o‘zbekistonliklar — o‘zlari yashayotgan mamlakat tibbiyoti haqida
29 mart 2024, 17:03

“Shamollagan bolani muzqaymoq bilan davolaydi”. Xorijdagi o‘zbekistonliklar — o‘zlari yashayotgan mamlakat tibbiyoti haqida

Tibbiyot — O‘zbekistondagi og‘riqli mavzulardan. Xorijda-chi, u yerda ahvol qanday? Tibbiyot bepulmi yo pulli? Shifokorlar malakasi qanday? Tomog‘i og‘rigan odamga muzqaymoq yeyish tavsiya etilishi rostmi? Dori-darmon bilan bog‘liq vaziyat qanaqa? “Gazeta.uz” shu kabi savollar bilan xorijdagi vatandoshlarga yuzlandi.

Toshkentdagi odamlar gavjum joylar kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlanmoqda — foto
29 mart 2024, 15:34

Toshkentdagi odamlar gavjum joylar kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlanmoqda — foto

Toshkent shahri IIBB xodimlar savdo majmualari, ko‘ngilochar maskanlari, bozorlar va boshqa jamoat joylarida kuchaytirilgan tartibda xizmat olib borayotganini ma’lum qildi.

Aprelda qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
29 mart 2024, 15:34

Aprelda qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?

O‘zbekistonda aprel oyi quruq va o‘rtacha iliq havo bilan boshlanadi. Birinchi o‘nkunlikda harorat kunduzi +18…+23 daraja iliq bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi o‘nkunliklarda kunduzgi harorat +13…+18 dan +25…+30 darajagacha o‘zgarib turadi. Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam, ba’zi joylarda me’yoriy bo‘ladi.

O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasidagi futbol o‘yinidan so‘ng maydonga yugurib chiqqan muxlislar jazolandi, O‘FA ham jarimaga tortildi
29 mart 2024, 14:20

O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasidagi futbol o‘yinidan so‘ng maydonga yugurib chiqqan muxlislar jazolandi, O‘FA ham jarimaga tortildi

JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston — Gonkong o‘yini yakunlanganidan keyin maydonga yugurib chiqqan futbol muxlislari javobgarlikka tortildi. Osiyo futbol konfederatsiyasi holat uchun O‘FAni jarimaga tortdi.

Prezident Namangan tumanida yashovchi 108 yoshli nuroniyga Traverse mashinasini sovg‘a qildi
29 mart 2024, 13:23

Prezident Namangan tumanida yashovchi 108 yoshli nuroniyga Traverse mashinasini sovg‘a qildi

Namangan viloyatida prezident bilan iftorlik paytida uchrashgan 108 yoshli nuroniy Ibrohimjon Xo‘jayevga davlat rahbari tomonidan Traverse avtomobili sovg‘a qilindi.

O‘zbekistonda chiqindini saralash uchun aholiga maxsus paketlar bepul beriladi
29 mart 2024, 13:18

O‘zbekistonda chiqindini saralash uchun aholiga maxsus paketlar bepul beriladi

O‘zbekistondagi aholini chiqindini saralagan holda shoxobchaga olib borishga rag‘batlantiradigan tizim joriy etiladi. Bunda aholiga maxsus chiqindi paketlari bepul beriladi, aholi chiqindini saralab, shoxobchaga olib boradi. Tadbirkor esa qayta ishlanadigan foydali chiqindini aholidan sotib oladi.

UzFood 2024 ko‘rgazmasida moskvalik ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini namoyish etdi
29 mart 2024, 13:00

UzFood 2024 ko‘rgazmasida moskvalik ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini namoyish etdi

26−28-mart kunlari “Oziq-ovqatlar mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari UzFood-2024” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Moskvaning 16 ta ishlab chiqaruvchisi o‘z mahsulotlarini taqdim etdi.

Farg‘onada nogironlik aravachasida tilanchilik qilgan 2 yigit qamaldi
29 mart 2024, 12:25

Farg‘onada nogironlik aravachasida tilanchilik qilgan 2 yigit qamaldi

Farg‘ona shahrida tilanchilik qilgan ikki yigit 10 sutkaga qamaldi. Ular sog‘lom bo‘lsa-da, navbatma-navbat nogironlik aravachasida o‘tirib tilanchilik qilib yurgan.

Toshkent viloyatidagi 34 gektar yer daraxt ekish uchun obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi
29 mart 2024, 11:47

Toshkent viloyatidagi 34 gektar yer daraxt ekish uchun obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi

Toshkent viloyatidagi 34 gektar yer 30 yil muddatga obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi. Har 1 gektar uchun mahalliy budjetdan 100 mln so‘m ajratilib, tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etiladi. Yer tayyor qilinib, daraxt ekish xohishi bor aholiga o‘zi istagan turdagi ko‘chatni ekishi uchun sharoit yaratiladi.

Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi
29 mart 2024, 10:47

Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Harorat asta-sekin ko‘tarilib, yakshanba kuni +17 darajagacha isiydi, kechalari 0…+5 iliqqacha bo‘ladi.

Uzluksiz ta’lim tizimining izohli lug‘ati ishlab chiqiladi
29 mart 2024, 10:03

Uzluksiz ta’lim tizimining izohli lug‘ati ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda 2024-yil 1-oktabrgacha ta’lim sohasidagi atamalarning xalqaro darajada qabul qilingan atamalarga muvofiqligini ta’minlagan holda “Uzluksiz ta’lim tizimining izohli lug‘ati” ishlab chiqiladi. Shuningdek, davlat ta’lim standartlari va ta’lim talablarining ochiq muhokama portali ishga tushiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting