Jamiyat

Jizzaxda mast holdagi Nexia 2 haydovchisi urib yuborgan 20 yoshli yigit vafot etdi
29 mart 2024, 09:46

Jizzaxda mast holdagi Nexia 2 haydovchisi urib yuborgan 20 yoshli yigit vafot etdi

Forish tumanida mast holda bo‘lgan Nexia 2 haydovchisi yo‘l chetidagi 20 yoshli piyodani urib yubordi. Haydovchi jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatmay voqea joyidan qochib ketdi, yigit shifoxonada vafot etdi. Marhum Milliy gvardiya xodimi bo‘lgan.

Chiroqchi tumani sudyasi pora bilan qo‘lga olindi
29 mart 2024, 00:18

Chiroqchi tumani sudyasi pora bilan qo‘lga olindi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi pora olganlikda gumonlanib ushlandi. Bosh prokuror Sudyalar oliy kengashiga uni javobgarlikka tortishga oid taqdimnoma kiritdi. Sudyaning vakolati to‘xtatildi.

Maktab o‘quvchilarining bilimi yakuniy imtihonlarda yangicha usulda baholanadi
28 mart 2024, 23:37

Maktab o‘quvchilarining bilimi yakuniy imtihonlarda yangicha usulda baholanadi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining yakuniy imtihonlardagi bilimi yagona test materiallari asosida baholanadi. Imtihonlar davomida o‘quvchilar oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga mos keladigan fanni tanlashlari mumkin bo‘ladi. Yangi o‘quv yilidan 14 ta maktabda ingliz tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

28-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
28 mart 2024, 22:04

28-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Labo uchun ochilgan qo‘shimcha kontraktatsiya, davlat idoralarining antikorrupsiya reytingi, kuchli shamol sabab qulagan daraxtlar, 3 baravar oshiriladigan Rossiya gazi importi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Ro‘zaga oid savol-javoblar
28 mart 2024, 19:45

Ro‘zaga oid savol-javoblar

Saharlikka uxlab qolgan kishi ro‘zani qanday tutishi kerak, hech narsa yemasdan og‘iz yopish mumkinmi, ro‘zador odam g‘arg‘ara qilsa bo‘ladimi, ro‘zador odam tish pastasidan foydalansa bo‘ladimi? “Gazeta.uz” O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining ro‘zaga oid ayrim savollarga bergan javoblarini jamladi.

Toshkentning markaziy hududlarida bir kunga issiq suv o‘chiriladi
28 mart 2024, 17:55

Toshkentning markaziy hududlarida bir kunga issiq suv o‘chiriladi

Toshkentning markaziy hududlarida 29-mart kuni issiqlik tarmoqlarini sinovdan o‘tkazish munosabati bilan issiq suv bir kunga to‘xtatiladi.

Ta’lim — shunchaki vosita. Freshman Academy asoschisi Valeriy Arakelyan — Ayvi-Liga universitetlariga kirish va o‘qish haqida
28 mart 2024, 17:31

Ta’lim — shunchaki vosita. Freshman Academy asoschisi Valeriy Arakelyan — Ayvi-Liga universitetlariga kirish va o‘qish haqida

Valeriy Arakelyan asli samarqandlik. U abituriyentlarni dunyoning eng yaxshi universitetlariga grant asosida o‘qishga kirish uchun tayyorlashga ixtisoslashgan Freshman Academy onlayn maktabiga asos solgan. “Gazeta.uz” Valeriy bilan akademiya falsafasi, talabalar va xorijda tahsil olish haqida suhbatlashdi.

Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashish reytingi e’lon qilindi
28 mart 2024, 16:40

Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashish reytingi e’lon qilindi

Antikorrupsiya agenligi davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha reytingini e’lon qildi. Vazirliklar orasida Tog‘-kon sanoati vazirligi eng yaxshi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi eng yomon natijani qayd etdi. Hokimliklar orasida eng quyi o‘rindan Andijon viloyati hokimligi joy oldi.

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish uchun 800 mlrd so‘m talab etiladi — Statistika agentligi
28 mart 2024, 15:53

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish uchun 800 mlrd so‘m talab etiladi — Statistika agentligi

O‘zbekistonda aholi ro‘yxatini o‘tkazish uchun oldindan 800 mlrd so‘m talab etiladi, deya ma’lum qildi Statistika agentligi. Tadbir 2025−2026-yillarda o‘tkazilishi reja qilingan.

Negativ lazzati. Plyonkali fotografiya ixlosmandlari qanday suratga oladi?
28 mart 2024, 15:31

Negativ lazzati. Plyonkali fotografiya ixlosmandlari qanday suratga oladi?

Mobil telefonlar yuqori sifatda surat olish imkonini beradigan hozirgi zamonda, naqadar g‘alati ko‘rinmasin, plyonkali fotografiya muxlislari soni ham ko‘payyapti. “Gazeta.uz” fotograflar Viktor An, Yuriy Vedenin va Erik Muzipov bilan qanday qilib va nima uchun plyonkaga suratga olishlari haqida suhbatlashdi.

Samarqandda qum-shag‘al qazib olishi oqibatida davlatga 6 mlrd so‘m zarar yetkazgan shaxslar aniqlandi
28 mart 2024, 15:16

Samarqandda qum-shag‘al qazib olishi oqibatida davlatga 6 mlrd so‘m zarar yetkazgan shaxslar aniqlandi

Samarqand viloyatidagi Oqdaryo daryosidan 13 ming kub hajmdagi qum-shag‘alni o‘zboshimchalik bilan qazib olganlar aniqlandi. Ular davlat va jamiyat manfaatlariga 6 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

UzAuto Motors Labo uchun qo‘shimcha kontraktatsiya ochadi
28 mart 2024, 14:41

UzAuto Motors Labo uchun qo‘shimcha kontraktatsiya ochadi

UzAuto Motors 29-mart kuni Labo avtomobili uchun qo‘shimcha kontraktatsiya ochilishini ma’lum qildi. Kompaniya narxlar o‘zgarishsiz qolishini alohida ta’kidladi.

Surxondaryoda YTH oqibatida ayol va uning 2 farzandi halok bo‘ldi
28 mart 2024, 14:03

Surxondaryoda YTH oqibatida ayol va uning 2 farzandi halok bo‘ldi

Sariosiyo tumanida 41 yoshli ayol boshqaruvidagi Nexia 3 yo‘ldan chiqib ketib, beton to‘siqqa urildi. YTH ortidan avtomobilda yong‘in yuz berdi, oqibatda ayol va uning ikki bolasi voqea joyida halok bo‘ldi. Mashinadagi ayolning qarindoshi va yana bir farzandi shifoxonaga yotqizildi.

Kuchli shamol oqibatida Toshkent viloyatidagi 12,5 mingta iste’molchi elektrsiz qoldi
28 mart 2024, 11:54

Kuchli shamol oqibatida Toshkent viloyatidagi 12,5 mingta iste’molchi elektrsiz qoldi

Kuchli shamol tufayli Toshkent shahridagi elektr uzatish tarmog‘i avariyaviy o‘chdi. Oqibatda Toshkent viloyatidagi 12,5 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan uzildi. Chilonzorda daraxt qulab tushgani sababli gaz quvuri uzilib, 768 ta xonadon vaqtincha gazsiz qoldi.

Temiryo‘l kesishmasini ta’mirlash uchun Toshkentdagi halqa yo‘lining bir qismi tungi vaqtda yopiladi
28 mart 2024, 11:06

Temiryo‘l kesishmasini ta’mirlash uchun Toshkentdagi halqa yo‘lining bir qismi tungi vaqtda yopiladi

Toshkent shahridagi Temur Malik ko‘chasining (halqa yo‘li) “Lokomotiv” istirohat bog‘i yaqinidagi qismida 28-mart soat 21:00 dan 29-mart soat 6:00 ga qadar transport harakati to‘xtatiladi.

Toshkentda kuchli shamol tufayli daraxtlar qulamoqda (video, foto)
28 mart 2024, 11:03

Toshkentda kuchli shamol tufayli daraxtlar qulamoqda (video, foto)

Payshanba tongida boshlangan kuchli shamol chang bo‘ronlarini keltirib chiqardi. Joylarda daraxtlar qulab, mashina va obyektlar ustiga tushmoqda, elektr simlariga zarar yetyapti. FVV kuchli shamol vaqtida ko‘rilishi kerak bo‘lgan xavfsizlik choralarini eslatib o‘tdi. Video, foto.

Angrenda 9-sinf o‘quvchisi o‘zidan ikki yosh katta bola bilan urishib, uni o‘ldirib qo‘ydi
28 mart 2024, 09:52

Angrenda 9-sinf o‘quvchisi o‘zidan ikki yosh katta bola bilan urishib, uni o‘ldirib qo‘ydi

Angren shahrida 2008-yilda tug‘ilgan o‘smir o‘zidan ikki yosh katta bola bilan janjallashib, uni o‘ldirib qo‘ydi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

27-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
27 mart 2024, 22:18

27-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Toshkentda bo‘ladigan “Avtomobilsiz kun”, AES qurish bo‘yicha “ancha muvaffaqiyatli” muzokaralar, 85 ming dollarlik mobil raqam, AQSh delegatlari bilan uchrashgan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

29-martda Toshkentda “Avtomobilsiz kun” bo‘ladi
27 mart 2024, 20:34

29-martda Toshkentda “Avtomobilsiz kun” bo‘ladi

29-mart, juma kuni Toshkentda “Avtomobilsiz kun” bo‘lib o‘tadi. Prezidentning fevral oyidagi farmonida shu kuni rahbarlar va boshqa davlat xizmatchilari ishga jamoat transportida yetib kelishi belgilab qo‘yilgan edi.

Toshkentda o‘g‘lini boshqa bola bilan urishishga majburlab, o‘zi ham kaltaklashga yordam bergan ota 10 sutkaga qamaldi
27 mart 2024, 18:00

Toshkentda o‘g‘lini boshqa bola bilan urishishga majburlab, o‘zi ham kaltaklashga yordam bergan ota 10 sutkaga qamaldi

Uchtepa tumanida tengdoshi bilan urishayotgan o‘g‘lini janjalni davom ettirishga majburlagan ota 10 sutkaga qamaldi. Shuningdek, u 3,4 mln so‘m jarimaga ham tortildi. Avvalroq holatni tuman hokimi shaxsiy nazoratiga olgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting