Jondor tumanida ikki erkak tanishining uyida ustachilik qilayotgan paytda tok urishi oqibatida vafot etdi.
Shavkat Mirziyoyev XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida 71 ta medalga sazovor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabriklab, oltin medallarning yarmini qizlar qo‘lga kiritganidan mamnunligini ta’kidladi. Prezident, shuningdek, 2024-yilda Parijda o‘tadigan Olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etishiga ishonch bildirdi.
Fuqarolarni 11,5 ming dollar evaziga Toshkent tibbiyot akademiyasiga, 2 ming dollar evaziga esa Samarqanddagi xususiy universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringanlikda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi.
O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroilda bo‘lib turgan fuqarolardan O‘zbekistonga uchish uchun bemalol aviachipta olishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, fuqarolardan Isroildagi yaqinlari yo‘qolgan yoki yaralangan bo‘lsa, konsullik bo‘limini xabardor qilish so‘raldi.
11-oktabrda O‘zbekistonga Qora dengiz hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kela boshlaydi. Harorat kechalari +6…+11, shimolda +2…+7, kunduzi +12…+17 darajagacha pasayadi. Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Bu ushbu mavsumda birinchi haqiqiy kuzgi sovuq bo‘ladi, deydi O‘zgidromet.
Jami to‘rtta 16 qavatli uydan iborat Bobur Residence turar-joy majmuasi shaharning markaziy qismlaridan birida joylashgan bo‘lib, mijozlarga qulay shartlardagi muddatli to‘lovlarni taklif qilmoqda.
Surxondaryodagi “Bobotog‘” davlat o‘rmon xo‘jaligida Qizil kitobga kiritilgan 611 tup tojik kavragi noqonuniy kesib olindi. Yil boshidan buyon ayni shu o‘rmon xo‘jaligida 11,5 ming tup tojik kavragi kesilib, tabiatga 5,7 mlrd so‘m zarar yetgan.
O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroilda bo‘lib turgan fuqarolardan barcha zarur ehtiyot choralarini ko‘rish, xavfsiz joylarda bo‘lish va rasmiy xabar berilmaguncha u yerni tark etmaslikni qat’iy tavsiya qildi.
Toshkent aeroportida samolyotlar to‘xtash joylarini kapital ta’mirlash, jumladan, sun’iy qoplamani mustahkamlash ishlari boshlandi. Uzbekistan Airports jarayon parvozlarga ta’sir ko‘rsatmasligini ma’lum qildi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent botanika bog‘i poytaxt hokimligiga berilishini nazarda tutuvchi qaror loyihasidan chiqarilganini ma’lum qildi. Loyihadan hokimliklar nazoratiga o‘tishi mumkin bo‘lgan yana 261 ta bog‘ o‘rin olgan.
Apellyatsiya sudi avvalroq 7 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum etilgan bloger Abduqodir Mo‘minovga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi.
Fanlar akademiyasi Botanika bog‘ini Toshkent hokimligi tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini “nihoyatda salbiy ruhda qabul qildi”. Tashkilot hujjatni ishlab chiquvchiga o‘z e’tirozlarini yubordi va Botanika bog‘ini ro‘yxatdan chiqarib tashlashni talab qildi.
Yunusobod tumanidagi 259-maktabning 6-sinf o‘quvchisi jismoniy tarbiya darsi vaqtida ko‘krak qafasiga koptok tegib, hushini yo‘qotdi. O‘quvchi shifoxonaga olib borilganiga qaramay, vafot etdi.
“Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchilarining O‘zbekistondagi vakili — Quramax Medical MCHJ sotuvi 9 oy oldin to‘xtatilgan boshqa dorilar sotilishiga ruxsat so‘ramoqda. Advokat hozirda 50 turdan ortiq, qiymati 28 mlrd so‘mlik shunday dorilar borligi va ularning sifatsizligini tasdiqlovchi fakt yo‘qligini bildirdi.
Istanbul-Toshkent yo‘nalishidagi samolyot yo‘lovchisi Jinoyat kodeksining 276-moddasi bo‘yicha qidiruvga berilgani ma’lum bo‘ldi. Bu unga nisbatan bortda sigaret chekkani uchun jarima rasmiylashtirilayotgan vaqtda aniqlandi. Erkak qo‘lga olindi.
Repost.uz nashri o‘z xodimi Violetta Mustafina bloger Amirxon Shamsiddinovning itni tepmoqchi bo‘lgan videosini e’lon qilganidan so‘ng undan tahdidlar olgani haqida xabar berdi. Mass-media fondi blogerning tahdid va haqoratlarini “mutlaqo qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan” deb atadi.
“Olma” qatlamachalari, tovuq va pishloqli yoki shokolad pastali sloyka, nok hamda bananli qatlamachalar — Zira.uz qatlama xamir va turli mahsulotlardan foydalanib, shirin va mazali pishiriqlarni tayyorlash retseptlari bilan bo‘lishadi.
Botanika bog‘ini O‘zbekiston hukumatining istirohat bog‘larini boshqarish to‘g‘risidagi qarori loyihasidan chiqarish va unga milliy bog‘ maqomi berilishi kerak, deya ma’lum qildi Ekopartiya. Avvalroq Botanika bog‘ini Fanlar akademiyasidan hokimlik tasarrufiga o‘tkazish rejalaridan xavotir bildirilgan edi.
Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi, Rossiyadan O‘zbekistonga 7-oktabrdan gaz yetkazib berish boshlanishi, “Moskva-Toshkent” reysi bortida vafot etgan yo‘lovchi, Yandex.Go`dan ro‘yxatdan o‘tib, soliq to‘lashni talab qilgan Soliq qo‘mitasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi “Yallama” nazorat-o‘tkazish punktida Tojikiston davlat raqamiga ega furgondan qariyb 20 kg geroin aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting