Jamiyat

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlash bo‘yicha sobiq amaldorlarga qo‘yilgan ayblovlar o‘zgarishsiz qoldi
22 sentabr 2023, 12:39

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlash bo‘yicha sobiq amaldorlarga qo‘yilgan ayblovlar o‘zgarishsiz qoldi

Avgust oyi oxirida Urganch shahridagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining zo‘rlanishi bo‘yicha ish sudga qaytarildi. Oliy sud saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shimcha tergov o‘tkazilganiga qaramay, sobiq amaldorlarga qo‘yilgan ayblovlar o‘zgarishsiz qoldi.

Toshkent aeroportida taksi xizmati uchun joylar qayta kimoshdi savdosiga qo‘yildi
22 sentabr 2023, 12:26

Toshkent aeroportida taksi xizmati uchun joylar qayta kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Toshkent aeroportida taksi xizmati uchun joylar texnik shartlarga qo‘shimchalar va tushuntirishlar kiritilgani sababli qaytadan kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Har uchala lot bo‘yicha savdolar 3-oktabr kuni E-auksion.uz saytida bo‘lib o‘tadi.

Madaniy meros agentligi “Sharq” va O‘zA binolarini auksiondan olib tashlash bo‘yicha ogohlantirish berdi
22 sentabr 2023, 12:14

Madaniy meros agentligi “Sharq” va O‘zA binolarini auksiondan olib tashlash bo‘yicha ogohlantirish berdi

Madaniy meros agentligi yagona mulkiy majmua sifatida savdoga chiqarilishi aytilgan “Sharq” va O‘zA binolari madaniy meros obyekti ekanini va xususiylashtirish mumkin emasligini ma’lum qildi. Ularni auksiondan olib tashlash bo‘yicha Davaktiv agentligiga ogohlantirish berildi.

Dam olish kunlari havo issiq va kam bulutli bo‘ladi
22 sentabr 2023, 11:53

Dam olish kunlari havo issiq va kam bulutli bo‘ladi

Shanba va yakshanba kunlari havo kam bulutli va quruq bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechalari +11…+16 darajani tashkil etadi, kunduzi +25…+30 darajagacha isiydi.

Toshkent metrosida Face ID orqali to‘lash tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda
22 sentabr 2023, 11:36

Toshkent metrosida Face ID orqali to‘lash tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkent metropolitenining Buyuk ipak yo‘li bekatida yuzni skaner qilish (Face ID) orqali yo‘lkirani to‘lash tizimi ishga tushdi. Undan foydalanish uchun ATTO ilovasida yuzni skanerlab, ro‘yxatdan o‘tish kerak. Sinov muvaffaqiyatli o‘tsa, boshqa bekatlarda ham bu tizim paydo bo‘ladi.

“Bu boshlanishi”. Qibrayda yoppasiga bo‘shatilgan rahbarlarning o‘rniga 47 ta tayinlov amalga oshirildi
22 sentabr 2023, 11:04

“Bu boshlanishi”. Qibrayda yoppasiga bo‘shatilgan rahbarlarning o‘rniga 47 ta tayinlov amalga oshirildi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev yoppasiga ishdan olgan Qibray tumanidagi rahbarlar o‘rniga 47 nafar yangi rahbar tayinlandi. “Hech kimga amal nikohlab berilmagan”, deya ta’kidlagan hokim “yangi kadrlarga o‘zi kafil bo‘lishi”ni aytdi.

15 kunda 3 nafar shaxs poyezd yo‘liga o‘zboshimchalik bilan tushgan — Toshkent metropoliteni
22 sentabr 2023, 10:58

15 kunda 3 nafar shaxs poyezd yo‘liga o‘zboshimchalik bilan tushgan — Toshkent metropoliteni

Toshkentda oxirgi 15 kunda metro poyezdi yo‘liga yo‘lovchilar shaxsiy buyumlarini olish uchun uch marotaba o‘zboshimchalik bilan tushgan. Metropoliten yo‘lovchilarni u yerdagi katta kuchlanishli elektr tokidan ogohlantirib, buyumlar tushib ketgan vaqtda xodimlarga murojaat qilishni so‘radi.

Poytaxtning 3 ta tumanidagi ayrim hududlarda gaz o‘chiriladi
22 sentabr 2023, 09:45

Poytaxtning 3 ta tumanidagi ayrim hududlarda gaz o‘chiriladi

Toshkentning Mirobod, Chilonzor va Uchtepa tumanlaridagi ayrim mahalla va ko‘chalarda 22-sentabr kuni gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Prezident aytgan “svetoforsiz estakadalar” qanday bo‘ladi? Transport vaziri tushuntirdi
22 sentabr 2023, 09:28

Prezident aytgan “svetoforsiz estakadalar” qanday bo‘ladi? Transport vaziri tushuntirdi

Prezidentning “svetoforsiz estakadalar” qurilishi bo‘yicha ta’kidi savollar keltirib chiqardi. Transport vaziri Ilhom Mahkamov “Gazeta.uz”ga gap shaharlar emas, balki viloyatlararo magistral yo‘llar haqida ketayotganini ma’lum qildi. Yo‘l o‘tkazgichlar qayerda qurilishi kerakligi bo‘yicha mezonlar qabul qilinadi.

Namangan viloyatining Chust tumanida 70 dan ortiq bola zaharlandi
22 sentabr 2023, 06:58

Namangan viloyatining Chust tumanida 70 dan ortiq bola zaharlandi

Namangan viloyati Chust tumanidagi 9 ta bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari va 2 ta maktab o‘quvchilari — 70 dan ortiq bola zaharlanish bilan kasalxonaga yotqizildi. Rasmiy idoralar ular aynan nimadan zaharlanganiga aniqlik kiritmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu yod preparatidan bo‘lishi mumkinligi yozilmoqda.

O‘zbekistonliklar “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga qo‘shilishga chorlandi
21 sentabr 2023, 23:14

O‘zbekistonliklar “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga qo‘shilishga chorlandi

22-sentabr — Butunjahon avtomobilsiz kuni. O‘zbekistonda bu sana 2021-yildan buyon nishonlanmoqda. YHXX, Transport hamda Ekologiya vazirliklari shu kuni aholini shaxsiy avtomobil o‘rniga jamoat transporti, velosipeddan foydalanish yoki piyoda yurishni tanlashga chaqirdi.

21-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
21 sentabr 2023, 22:00

21-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Inkuzart`dan suvni o‘ylamay sarflashga bag‘ishlangan yangi rasm, jamoatchilik tanqidiga uchragan deputatlar, 7 yashar qizga tegingani uchun 18 yilga qamalgan erkak, Toshkentda ofis ochadigan Visa kompaniyasi, investitsiya jalb etishda yordamladigan Jahon banki kengashi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

Samolyot bortida tartibni buzgan rossiyalik Toshkent aeroportida jarimaga tortildi
21 sentabr 2023, 19:29

Samolyot bortida tartibni buzgan rossiyalik Toshkent aeroportida jarimaga tortildi

Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchayotgan va mast holda samolyot yo‘lovchilariga xalal berib, ulardan birini haqorat qilgan shaxs Toshkent aeroportida qo‘lga olindi. U jarimaga tortildi.

Bojxonachilar O‘zbekistonga qariyb 13 mlrd so‘mlik sigaretlar olib kirilishining oldini oldi
21 sentabr 2023, 19:20

Bojxonachilar O‘zbekistonga qariyb 13 mlrd so‘mlik sigaretlar olib kirilishining oldini oldi

Surxondaryodagi “Boldir” bojxona postida Turkmanistondan kelayotgan poyezd vagonlaridan birini ko‘zdan kechirish chog‘ida 12,7 mlrd so‘mlik 851 ming quti aksiz markasiz sigaretlar aniqlandi.

Fotosuratlarda Toshkent tarixi: Markaziy bog‘dagi yoshlar karnavali
21 sentabr 2023, 16:22

Fotosuratlarda Toshkent tarixi: Markaziy bog‘dagi yoshlar karnavali

1950−1960-yillarda sentabrning ilk dam olish kunlari yosh toshkentliklar uchun shahar Markaziy bog‘idagi karnaval bilan bog‘liq edi. “Gazeta.uz” shahar aholisidan yoshliklaridagi karnavalni qanday eslashlari va u nima uchun o‘tkazilgani haqida so‘radi. O‘zbekiston Milliy arxivi bayram suratlarini taqdim etdi.

Samarqandda 3 kunlik chaqalog‘ini 50 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qamaldi
21 sentabr 2023, 16:13

Samarqandda 3 kunlik chaqalog‘ini 50 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qamaldi

Oqdaryo tumanida ayol bir yigitdan homilador bo‘lib, buni yaqinlaridan yashirish maqsadida tug‘ilajak farzandini 50 mln so‘mga sotib yubormoqchi bo‘ldi. Sud unga nisbatan 5 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

JIDUning maksimal ball to‘plab, kontraktga o‘qishga kirgan 5 talabasi prezident grantida o‘qiydi
21 sentabr 2023, 15:39

JIDUning maksimal ball to‘plab, kontraktga o‘qishga kirgan 5 talabasi prezident grantida o‘qiydi

“Temurbeklar maktabi” imtiyozi sababli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga 189 ball to‘plab, kontraktga o‘qishga kirgan 5 talaba prezident grantida o‘qiydi. Yana bir shunday talabaning ham muammosi hal qilingan. “Temurbeklar maktabi” kvotalarini esa alohidalashtirish ishlari olib borilmoqda.

Qarshi shahri hokimining o‘zini 75 mln so‘m bilan rag‘batlantirish bo‘yicha qarori bekor qilindi
21 sentabr 2023, 15:13

Qarshi shahri hokimining o‘zini 75 mln so‘m bilan rag‘batlantirish bo‘yicha qarori bekor qilindi

Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev o‘zini uning sektori “Eng tashabbuskor sektor” deb e’tirof etilgani uchun 75 mln so‘m bilan rag‘batlantirish bo‘yicha qaror chiqargandi. Qashqadaryo viloyati hokimi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi taqdimnomasiga binoan bu qarorni bekor qildi.

Toshkentda YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi shifoxonaga yotqizildi
21 sentabr 2023, 15:05

Toshkentda YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi shifoxonaga yotqizildi

Yashnobod tumanida 3 ta avtomobil ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sabab 3 kishi voqea joyida halok bo‘ldi. Yana 5 kishi shifoxonaga yotqizildi.

Namanganda yuk mashinasi bilan ro‘y bergan YTHda 5 kishi halok bo‘ldi
21 sentabr 2023, 14:22

Namanganda yuk mashinasi bilan ro‘y bergan YTHda 5 kishi halok bo‘ldi

Chust tumanida yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida qarama-qarshi yo‘nalishdagi Damas va Labo bilan to‘qnashib ketdi. Besh kishi halok bo‘lgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting