Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uylardan birining yo‘lagida 7 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qilgan 55 yoshli erkak 18 yilga qamaldi.
O‘zbekistonda 8 oy davomida 414 kishi ovqatdan zaharlandi, ularning 2 nafari vafot etdi. Kasallanganlarning 81 nafarida botulizm aniqlandi. SES rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov bunday holatlar bog‘chalarda ko‘proq kuzatilayotganinni qayd etdi.
Qonunchilik palatasi deputalari radarlar masalasini muhokama qilib, tadbirkorlar “tuzoq” qo‘ymasligi kerakligini aytishdi. Jamoat faollari esa “ularning fikrlarini populistik gaplar” deb atab, “haqiqiy va tirik deputatlar” aslida yo‘llardagi o‘limlar sonini kamaytirishni o‘ylashi lozimligini ta’kidlashdi.
DXX 3 ta viloyatda noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlarni aniqladi. Ulardan birida samarqandlik shaxs mansabdor tanishlari orqali davlat zaxirasidagi 1 gektar yerni $159 ming evaziga fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgani aytildi.
Toshkent shahrida harakatlanuvchi yana 22 ta avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish brutto-shartnoma asosida amalga oshirish boshlandi. Bu bilan ulardan talab qilinadigan kunlik reja bekor qilindi.
Rassom Inkuzart Toshkentda yangi rasm chizdi. U o‘ylamay sarf qilinayotgan suvga bag‘ishlangan.
JSTga a’zo bo‘lish haqida gapirgan Shavkat Mirziyoyev, prezidentning BMT Bosh assambleyasidagi nutqi, Toshkentda gul ekishga 12 mlrd so‘m pul, bolalarni yod bilan ta’minlash dasturi boshlangani, Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi haqida so‘zlagan Codiq Safoyev va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Respublika tez tibbiy yordam markazining Qoraqalpog‘iston, Toshkent, Surxondaryo va Sirdaryo hududlaridagi filiallariga 100 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinasi yetkazib berildi. Yil yakunigacha yana 500 dan ortiq mashina yetkaziladi.
Buxoroda hokim yordamchisi mahallada yashamaydigan shaxslar nomiga 163 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, ularni o‘zlashtirgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
20-sentabrdan barcha maktab va bolalar bog‘chalarida yod bilan ta’minlash dasturi boshlandi. Endi chorshanba kunlari bolalarni yod yetishmovchiligidan himoya qilish uchun ularga profilaktik dozada yod tabletkalari ichiriladi. Homilador va emizikli ayollarga yod preparatlari oilaviy shifokorlar tomonidan beriladi.
O‘zbekiston hududlaridan o‘tuvchi “Mo‘’tadil mintaqadagi Turon cho‘llari” transchegaraviy tabiat obyekti YUNESKO Butunjahon tabiiy merosi ro‘yxatiga kiritildi. U Orolbo‘yi mintaqasi va Ustyurt platosi hududlarida joylashgan 2 mln gektardan ortiq hududni egallaydi.
Toshkent shahri kengashi deputatlari poytaxtda mavsumiy gul ekish uchun 12 milliard so‘m ajratish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi.
Rossiya manfaatlarini yorituvchi “Vesti.uz” sayti O‘zbekistonda RF tomonidan maktablar qurilishi haqidagi taklifni savol ostiga olgan tarmoq faollarini “G‘arb elchixonalariga sotilgan blogerlar” deb atadi. Saytning yozishicha, Rossiya maktablarida “Ukrainani natsizmdan tozalash haqidagi haqiqat” o‘rgatiladi.
Janubiy Koreyaning Yangsan shahrida 40 yoshli o‘zbekistonlik erkak kuchli yong‘in ichida qolgan koreyalik ayolni qutqarib qoldi. Ayol 2-darajali kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan, erkakka voqea joyida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Keyingi yil oxirigacha my.gov.uz portalidagi raqamli xizmatlar soni 700 taga oshadi, ularning kamida 75 foizi mobil ilova orqali ko‘rsatiladi. Shuningdek, yashil hududlar, poytaxtdagi jamoat transporti harakati kabilar haqida ma’lumot beruvchi portallar ishga tushadi.
Qonunchilik palatasi O‘zbekiston kodekslariga IMEI-kodlarini qonunga xilof ravishda o‘zgartirish yoki nusxalash, shuningdek kriptoaktivlar aylanmasi va noqonuniy mayning sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilovchi o‘zgartishlarni qabul qildi.
Yetishmayotgan maktab darsliklari, bukmekerlikni targ‘ib qiluvchi 27 ta sayt bloklangani, 3 soatda Cobalt, Lacetti, Damas va Labo`ga 28 mingdan ortiq shartnoma tuzgan UzAutoMotors, Shavkat Mirziyoyevning AQShda o‘tkazgan uchrashuvlari tafsiloti va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Senat qo‘mitasida jinoiy va ma’muriy kodekslarga davlatning dunyoviy maqomini mustahkamlovchi qo‘shimchalar kiritish masalasi muhokama qilindi. Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda diniy blogerlarning faqat diniy qarashlarini aks ettiruvchi va adovatni qo‘zg‘atishga qaratilgan chiqishlari ko‘paygan.
Turizm qo‘mitasi huzuridagi Milliy PR-markazi direktori Dilfuza Samandarova bir vaqtning o‘zida tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi. Avvalroq u LBOS Jewellery do‘koni asoschisi ekanini ma’lum qilgandi. Antikorrutsiya agentligi holatni bartaraf etish bo‘yicha qo‘mitaga taqdimnoma kiritdi.
Ayrim xizmatlar uchun tariflarni pasaytirish sabab yetkazilgan zararni qoplash maqsadida davlat budjetidan 10 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Issiqlik ta’minoti korxonalari 901,9 mlrd so‘m oldi, buning 92 foizi poytaxt hissasiga to‘g‘ri keladi. Gaz narxidagi farqni qoplash uchun 8,8 trln so‘m ajratildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting