Jamiyat

Toshkentda 7 yashar qizchaga uyatsiz harakatlar qilgan 55 yoshli erkak 18 yilga qamaldi
21 sentabr 2023, 14:20

Toshkentda 7 yashar qizchaga uyatsiz harakatlar qilgan 55 yoshli erkak 18 yilga qamaldi

Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uylardan birining yo‘lagida 7 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qilgan 55 yoshli erkak 18 yilga qamaldi.

O‘zbekistonda 8 oyda 414 kishi ovqatdan zaharlandi
21 sentabr 2023, 12:51

O‘zbekistonda 8 oyda 414 kishi ovqatdan zaharlandi

O‘zbekistonda 8 oy davomida 414 kishi ovqatdan zaharlandi, ularning 2 nafari vafot etdi. Kasallanganlarning 81 nafarida botulizm aniqlandi. SES rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov bunday holatlar bog‘chalarda ko‘proq kuzatilayotganinni qayd etdi.

“Radarlar emas, yo‘llardagi o‘limlar muammosini muhokama qilish kerak”. Deputatlar jamoatchilik tanqidiga uchradi
21 sentabr 2023, 12:49

“Radarlar emas, yo‘llardagi o‘limlar muammosini muhokama qilish kerak”. Deputatlar jamoatchilik tanqidiga uchradi

Qonunchilik palatasi deputalari radarlar masalasini muhokama qilib, tadbirkorlar “tuzoq” qo‘ymasligi kerakligini aytishdi. Jamoat faollari esa “ularning fikrlarini populistik gaplar” deb atab, “haqiqiy va tirik deputatlar” aslida yo‘llardagi o‘limlar sonini kamaytirishni o‘ylashi lozimligini ta’kidlashdi.

Samarqandda fuqaro 1 gektar yerni $159 mingga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda
21 sentabr 2023, 11:59

Samarqandda fuqaro 1 gektar yerni $159 mingga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda

DXX 3 ta viloyatda noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlarni aniqladi. Ulardan birida samarqandlik shaxs mansabdor tanishlari orqali davlat zaxirasidagi 1 gektar yerni $159 ming evaziga fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgani aytildi.

Toshkentdagi yana 22 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi
21 sentabr 2023, 10:38

Toshkentdagi yana 22 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi

Toshkent shahrida harakatlanuvchi yana 22 ta avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish brutto-shartnoma asosida amalga oshirish boshlandi. Bu bilan ulardan talab qilinadigan kunlik reja bekor qilindi.

Inkuzart suvni o‘ylamay sarflashga bag‘ishlangan yangi rasmini taqdim etdi
21 sentabr 2023, 10:04

Inkuzart suvni o‘ylamay sarflashga bag‘ishlangan yangi rasmini taqdim etdi

Rassom Inkuzart Toshkentda yangi rasm chizdi. U o‘ylamay sarf qilinayotgan suvga bag‘ishlangan.

20-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
20 sentabr 2023, 22:00

20-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

JSTga a’zo bo‘lish haqida gapirgan Shavkat Mirziyoyev, prezidentning BMT Bosh assambleyasidagi nutqi, Toshkentda gul ekishga 12 mlrd so‘m pul, bolalarni yod bilan ta’minlash dasturi boshlangani, Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi haqida so‘zlagan Codiq Safoyev va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

Tez yordam xizmatining 4 ta filialiga 100 ta Volkswagen Caddy topshirildi
20 sentabr 2023, 17:02

Tez yordam xizmatining 4 ta filialiga 100 ta Volkswagen Caddy topshirildi

Respublika tez tibbiy yordam markazining Qoraqalpog‘iston, Toshkent, Surxondaryo va Sirdaryo hududlaridagi filiallariga 100 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinasi yetkazib berildi. Yil yakunigacha yana 500 dan ortiq mashina yetkaziladi.

Buxoroda o‘zgalarning nomiga kredit rasmiylashtirib, uni o‘zlashtirgan hokim yordamchisi aniqlandi
20 sentabr 2023, 16:53

Buxoroda o‘zgalarning nomiga kredit rasmiylashtirib, uni o‘zlashtirgan hokim yordamchisi aniqlandi

Buxoroda hokim yordamchisi mahallada yashamaydigan shaxslar nomiga 163 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, ularni o‘zlashtirgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda bolalarni yod bilan ta’minlash dasturi boshlandi
20 sentabr 2023, 16:22

O‘zbekistonda bolalarni yod bilan ta’minlash dasturi boshlandi

20-sentabrdan barcha maktab va bolalar bog‘chalarida yod bilan ta’minlash dasturi boshlandi. Endi chorshanba kunlari bolalarni yod yetishmovchiligidan himoya qilish uchun ularga profilaktik dozada yod tabletkalari ichiriladi. Homilador va emizikli ayollarga yod preparatlari oilaviy shifokorlar tomonidan beriladi.

O‘zbekistondagi Turon cho‘llari transchegaraviy tabiat obyekti YUNESKO Butunjahon tabiiy merosi ro‘yxatiga kiritildi
20 sentabr 2023, 14:29

O‘zbekistondagi Turon cho‘llari transchegaraviy tabiat obyekti YUNESKO Butunjahon tabiiy merosi ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekiston hududlaridan o‘tuvchi “Mo‘’tadil mintaqadagi Turon cho‘llari” transchegaraviy tabiat obyekti YUNESKO Butunjahon tabiiy merosi ro‘yxatiga kiritildi. U Orolbo‘yi mintaqasi va Ustyurt platosi hududlarida joylashgan 2 mln gektardan ortiq hududni egallaydi.

Toshkent shahri kengashi gul ekish uchun 12 mlrd so‘m ajratishni ma’qulladi
20 sentabr 2023, 14:06

Toshkent shahri kengashi gul ekish uchun 12 mlrd so‘m ajratishni ma’qulladi

Toshkent shahri kengashi deputatlari poytaxtda mavsumiy gul ekish uchun 12 milliard so‘m ajratish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi.

“Vesti.uz” O‘zbekistonda Rossiya maktablari qurilishiga qarshi fikr bildirganlarni rusofobiyada aybladi
20 sentabr 2023, 12:55

“Vesti.uz” O‘zbekistonda Rossiya maktablari qurilishiga qarshi fikr bildirganlarni rusofobiyada aybladi

Rossiya manfaatlarini yorituvchi “Vesti.uz” sayti O‘zbekistonda RF tomonidan maktablar qurilishi haqidagi taklifni savol ostiga olgan tarmoq faollarini “G‘arb elchixonalariga sotilgan blogerlar” deb atadi. Saytning yozishicha, Rossiya maktablarida “Ukrainani natsizmdan tozalash haqidagi haqiqat” o‘rgatiladi.

Koreyada o‘zbekistonlik erkak yong‘in ichida qolgan ayolni qutqardi
20 sentabr 2023, 11:02

Koreyada o‘zbekistonlik erkak yong‘in ichida qolgan ayolni qutqardi

Janubiy Koreyaning Yangsan shahrida 40 yoshli o‘zbekistonlik erkak kuchli yong‘in ichida qolgan koreyalik ayolni qutqarib qoldi. Ayol 2-darajali kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan, erkakka voqea joyida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

2024-yil yakunigacha my.gov.uz`dagi xizmatlarning 75 foizdan ortig‘i mobil ilova orqali ko‘rsatiladi
20 sentabr 2023, 10:57

2024-yil yakunigacha my.gov.uz`dagi xizmatlarning 75 foizdan ortig‘i mobil ilova orqali ko‘rsatiladi

Keyingi yil oxirigacha my.gov.uz portalidagi raqamli xizmatlar soni 700 taga oshadi, ularning kamida 75 foizi mobil ilova orqali ko‘rsatiladi. Shuningdek, yashil hududlar, poytaxtdagi jamoat transporti harakati kabilar haqida ma’lumot beruvchi portallar ishga tushadi.

O‘zbekiston deputatlari IMEI-kodlarini klonlash va noqonuniy mayning uchun javobgarlik to‘g‘risidagi o‘zgartirishlarni qabul qildi
19 sentabr 2023, 23:17

O‘zbekiston deputatlari IMEI-kodlarini klonlash va noqonuniy mayning uchun javobgarlik to‘g‘risidagi o‘zgartirishlarni qabul qildi

Qonunchilik palatasi O‘zbekiston kodekslariga IMEI-kodlarini qonunga xilof ravishda o‘zgartirish yoki nusxalash, shuningdek kriptoaktivlar aylanmasi va noqonuniy mayning sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilovchi o‘zgartishlarni qabul qildi.

19-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
19 sentabr 2023, 22:00

19-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Yetishmayotgan maktab darsliklari, bukmekerlikni targ‘ib qiluvchi 27 ta sayt bloklangani, 3 soatda Cobalt, Lacetti, Damas va Labo`ga 28 mingdan ortiq shartnoma tuzgan UzAutoMotors, Shavkat Mirziyoyevning AQShda o‘tkazgan uchrashuvlari tafsiloti va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

O‘zbekiston Senati qo‘mitasida davlatning dunyoviyligini mustahkamlovchi tuzatishlar muhokama qilindi
19 sentabr 2023, 21:40

O‘zbekiston Senati qo‘mitasida davlatning dunyoviyligini mustahkamlovchi tuzatishlar muhokama qilindi

Senat qo‘mitasida jinoiy va ma’muriy kodekslarga davlatning dunyoviy maqomini mustahkamlovchi qo‘shimchalar kiritish masalasi muhokama qilindi. Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda diniy blogerlarning faqat diniy qarashlarini aks ettiruvchi va adovatni qo‘zg‘atishga qaratilgan chiqishlari ko‘paygan.

Milliy PR-markazi DUK direktori Dilfuza Samandarova tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanayotgani aniqlandi
19 sentabr 2023, 21:32

Milliy PR-markazi DUK direktori Dilfuza Samandarova tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanayotgani aniqlandi

Turizm qo‘mitasi huzuridagi Milliy PR-markazi direktori Dilfuza Samandarova bir vaqtning o‘zida tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi. Avvalroq u LBOS Jewellery do‘koni asoschisi ekanini ma’lum qilgandi. Antikorrutsiya agentligi holatni bartaraf etish bo‘yicha qo‘mitaga taqdimnoma kiritdi.

Gaz va issiqlik ta’minotining arzon tariflarini qoplash uchun davlat budjetidan 10 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi
19 sentabr 2023, 17:48

Gaz va issiqlik ta’minotining arzon tariflarini qoplash uchun davlat budjetidan 10 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi

Ayrim xizmatlar uchun tariflarni pasaytirish sabab yetkazilgan zararni qoplash maqsadida davlat budjetidan 10 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Issiqlik ta’minoti korxonalari 901,9 mlrd so‘m oldi, buning 92 foizi poytaxt hissasiga to‘g‘ri keladi. Gaz narxidagi farqni qoplash uchun 8,8 trln so‘m ajratildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting