Poytaxtning Sergeli tumanidagi avtosalon oldida joylashgan avtoservisda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda avtoservisning ichki qismi va 3 ta avtomobil yonib zararlandi. FVB jarohatlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini qayd etdi.
Nurota tumanida Onix avtomobili Damas`ni quvib o‘tmoqchi bo‘lganida qarama-qarshi yo‘nalishdagi Gentra bilan to‘qnashdi. Oqibatda bir oilaning 5 a’zosi (xususan, 2 yoshli bola va 2 oylik qiz) hamda bir haydovchi vafot etdi.
Tarmoqlarda yo‘llarda chigirtkalar to‘dasi uchib yurgani aks etgan videolar tarqaldi. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Buxoro va Samarqand hududlarida ularga qarshi kimyoviy kurash olib borilayotgani, chigirtkaning bu turi faqat saksovul bilan oziqlanishini bildirdi.
O‘zbekistonda 2023-yilda odam savdosi bilan 126 nafar fuqaro sudlangan. Ularning 84 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 42 nafariga esa shartli va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Jinoyat oqibatida, jumladan, 24 nafar 3 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar jabrlangan.
️Prezident farmoni bilan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etilmoqda. Ularga sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati beriladi.
Smartbank O‘zbekistonda bank operatsiyalarini boshqarish bo‘yicha barcha funksiyalarni taqdim etish maqsadida Profinch bilan birgalikda Oracle Flexcube avtomatlashtirilgan bank tizimini ishga tushirdi.
Toyloq tumanida boshqaruvni yo‘qotgan Damas ikki nafar piyodani urib yubordi. Voqea sabab piyodalar va Damas ichidagi yo‘lovchi jarohat oldi.
Prezident qaroriga ko‘ra, Qurbon hayiti 16-iyun — yakshanba kuni nishonlanadi. Haftasiga 5 kun ishlaydigan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi: 17-iyun ko‘chirilgan dam olish kuni, 18-iyun esa barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.
Tojikistonda sodir bo‘lgan 4,3 magnitudali zilzila kuchi Surxondaryo viloyati tumanlarida 2−3 ball darajasida sezildi. Yer silkinishi bir kun avval ham xuddi shu hududlarda qayd etilgandi.
Shofirkon tumanida bolasini ikki yildan buyon kaltaklab, qiynab kelgan ayol 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. 6 yoshli bolaga vasiy tayinlanib, unga topshirildi. Bolalar ombudsmani ayolni onalik huquqidan mahrum qilish masalasi ham ko‘rilayotganini bildirdi.
Qashqadaryodagi “Hisorak” suv omboridagi texnik tadbirlar vaqtida to‘g‘ondan suv sizib chiqdi. FVV hodisada hech kim jarohatlanmagani, suv omboriga shikast yetmagani va vaziyat to‘liq nazorat ostida ekanini bildirdi.
Elektromobilni uyda quvvatlantirish uchun tungi tariflar, “Yashil makon” doirasida ekilmay, qo‘shib yozilgan 1 mln ko‘chat, 10-iyun — Sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni, Qozog‘istondagi reydlarda ushlanayotgan o‘zbekistonliklar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
“Hududiy elektr tarmoqlari” elektr energiyasining kunlik normasi 6,6 kVt/soatni tashkil etishi haqidagi xabarlarni rad etdi.
11-iyun kuni “Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev, shuningdek, yana 28 kishiga nisbatan sud jarayoni boshlanadi. Ular Jinoyat kodeksining tovlamachilik, firibgarlik, bezorilik, jinoiy uyushma tashkil etish kabi jami 14 ta moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.
Bosh prokuratura “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 541 ta holatda amalda ekilmagan 1 milliondan ziyod ko‘chatlar hisobotlarga qo‘shib yozilganini aniqladi. Shuningdek, 441 ta holatda 580 ming tup ko‘chatlar sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga ekilgan.
IT Park University`ning a’lochi talabalari may oyida Ispaniyada amaliyot o‘tadi. Ular o‘z tajribalari haqida so‘zlab berdi, shuningdek, bir qator trening hamda seminarlardan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ichki ishlar vazirligi binosi yaqinida yerosti kabelida yuz bergan yong‘indan so‘ng pasport va manzil bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilmoqda, deb xabar qildi Adliya vazirligi va Toshkent shahar IIBB. Shuningdek, yaqin atrofdagi aholi punktlarida elektr energiyasi vaqtincha uzilgan.
Bekobod tumanidagi “Do‘stlik” kanalidan Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan 14 yoshli yigitning jasadi topildi. Tergovga qadar tekshiruv ketmoqda.
O‘zbekistonda o‘tgan may oyida hatto eng issiq kunlarda ham harorat o‘zining rekord qiymatlariga yaqinlashmadi, +25…+30 daraja atrofida bo‘ldi. Ko‘plab hududlar bo‘yicha oy eng nam may oylari beshligiga kirdi, yog‘ingarchilik me’yordan 1,3−2,8 marta ko‘p bo‘ldi.
Haftaning birinchi yarmida harorat +41 darajagacha ko‘tariladi. So‘ngra +32…+35 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Bunday harorat iyun oyi iqlimiy me’yoridan 1−2 darajaga yuqori. Ayrim tog‘li hududlarda kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, joylarda chag-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting