Qonunchilik palatasi spikeri o‘ribosari Rahim Hakimov palataning barcha organlari bu yilgi faoliyatida prezident tashabbuslarini birinchi galdagi vazifa sifatida belgilab, ularni og‘ishmay amalga oshirishi lozim bo‘lishini ta’kidladi.
Jizzax shahrida qutqaruvchilar kir yuvish mashinasining quritish qismida qisilib qolgan bolani qutqardi. Bola jarohatlanmagan.
10-yanvardan Toshkent — Xo‘jakent yo‘nalishidagi elektropoyezdlar Janubiy vokzaldan harakatlana boshlaydi. Ular shu paytgacha Shimoliy vokzaldan yurgan.
Qisqa muddatli ta’tilga chiqqan prezident, 1-fevraldan yana oshadigan poyezd chiptalari narxi, xususiylashtirilishi kechiktirilayotgan uchta davlat banki, SSVning metapnevmovirus bo‘yicha bayonoti va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Namanganda fuqaro va uning onasini Haj mavsumida Saudiya Arabistoniga yuborish evaziga 10 ming dollar olgan shaxs qo‘lga olindi. Huquq-tartibot idoralari Haj va Umra ziyoratlari bilan bog‘liq yana 4 ta holatni aniqladi.
Dushanba kuni Navoiy viloyati Tomdi tumanida 3,6 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.
O‘zbekistonda nikotinni iste’mol qilish moslamalari, jumladan, elektron sigaretalarning muomalasini taqiqlash hamda javobgarlik belgilash taklif etilmoqda. Shuningdek, moslamalarni respublika hududiga olib kirish yoki olib chiqishga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanishi nazarda tutilmoqda.
Farg‘onada enaga zinadan yiqilib tushgan ikki yoshli qaramog‘idagi qizchani kasalxonaga olib bormadi. Bola og‘ir jarohat olgan. Xavf ostida qoldirish holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.
Ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazgan bokschi Shahram G‘iyosov 1 mln 125 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Sportchi holat boshqa qaytarilmasligini aytib uzr suradi. Ekologiya vazirligi jonivor Farg‘ona hayvonot bog‘iga topshirilganini bildirdi.
Denov tumanida yupun kiyingan o‘quvchilar madaniyat bo‘limi topshirig‘i bilan sovuq ob-havoda ko‘prik ochilishiga jalb qilindi. Bolalar ombudsmani holat bo‘yicha Madaniyat vazirligiga taqdimnoma kiritdi. Maktab direktorlariga “hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llandi.
Tarmoqlarda Respublika pediatriya markazi metapnevmovirusga chalingan bolalar bilan to‘lgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarlar asossiz ekanini qayd etib, holatga izoh berdi.
Andijonning Marhamat tumanidagi xonadonda gaz chaqnadi. Oqibatda bir oilaning to‘rt a’zosi turli darajada tan jarohati oldi, ulardan biri vafot etdi. Hozirda holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
1-fevraldan mahalliy yo‘nalishlardagi yotoqli poyezdlar chiptalari ham qimmatlaydi. Biletlar narxi 10,5 foizga oshadi. Avvalroq tezyurar poyezdlarda ham narx oshishi haqida xabar berilgandi.
Surxondaryo viloyatida avtomaktablarga litsenziya berilmayapti. Avtodromlarga qo‘yilgan yangi talablar sabab nomzodlarni imtihonlardan o‘tkazish ishlari to‘xtatilgan. Shu munosabat bilan YHXXga senator so‘rovi yuborildi. Avvalroq “Gazeta.uz” bu muammo boshqa hududlarda ham bor ekanini yozgandi.
7-yanvarda O‘zbekistonga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va sovuq havo kirib keladi, ko‘plab hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Hafta davomida kunduzgi harorat +5…+8 dan 0…-3 gacha o‘zgarib turadi.
Buxoroning Jondor tumanida yashovchi 17 yoshli yigit 17 mlrd so‘mlik (1,3 mln dollar) kriptoaktivlarning noqonuniy aylanmasida gumonlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Yigit aybiga iqror bo‘lgani va tergovga yordam bergani uchun jinoyat ishi harakatdan tugatildi.
UzAuto Motors 7-yanvar kuni soat 10:00 da Chevrolet Cobalt avtomobili uchun yana kontraktatsiyani ochadi.
FVB xodimlari Toshkentning Yashnobod tumanida 10 metr chuqurlikka tushib ketgan fuqaroni qutqardi. Fuqaro yengil tan jarohati olgan, hozirda shifokorlar nazorati ostida.
SSV OAVda e’lon qilinayotgan metapnevmovirus 2001-yildan beri dunyoda qayd etilgan mavsumiy kasallik ekanini ma’lum qildi. O‘RVI bilan kasallanganlarning 1,2 foizida infeksiya aniqlangan. U O‘RVI belgilari bilan o‘tadi, ba’zan bronxiolit va pnevmoniya chaqiradi, ko‘p hollarda asoratsiz o‘tib ketadi.
Zamin jamg‘armasi va O‘zgidromet qo‘shma loyihasi doirasida Toshkent shahrida havo ifloslanishini nazorat qiluvchi yana uchta avtomatik stansiya ishga tushirildi. O‘zbekistonda bunday stansiyalarning umumiy soni 19 taga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting