Jamiyat

Andijonda 5 kishi “O‘zbekiston” konyagidan zaharlanib vafot etdi
29 dekabr 2024, 12:24

Andijonda 5 kishi “O‘zbekiston” konyagidan zaharlanib vafot etdi

Andijon viloyatida “O‘zbekiston” konyagini iste’mol qilish oqibatida 22 kishi o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 5 nafari vafot etgan. Viloyat prokuraturasi spirtli ichimlikda O‘zbekiston aksiz markasi bo‘lganini ma’lum qildi.

Buka Gym bokschi ayiq bilan “sparring” qilgani uchun uzr so‘radi
29 dekabr 2024, 08:40

Buka Gym bokschi ayiq bilan “sparring” qilgani uchun uzr so‘radi

Buka Gym o‘z sport zalida bokschi Shahram G‘iyosov ayiq bilan jang qilgani aks etgan video uchun uzr so‘radi. Kompaniya video suratga olinganidan bexabar ekanini ma’lum qildi. Barcha mas’ul shaxslar bunday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirilgan. Ekologiya vazirligi holatni o‘rganmoqda.

“Dorisiz jannatlarga ketgan bolalar”. “Dok-1 Maks” ishi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlanadi
29 dekabr 2024, 07:38

“Dorisiz jannatlarga ketgan bolalar”. “Dok-1 Maks” ishi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlanadi

“Dok-1 Maks” ishi — O‘zbekistonni larzaga solgan hodisa. Uning asoratlari dori-darmon, tibbiyot, huquq-tartibot kabi sohalar uchun ham og‘ir sinov bo‘ldi. Fojiaga ikki yil to‘lishi munosabati bilan “Gazeta.uz” shu dorilar sabab vafot etgan 68 bolaning so‘nggi kunlarini yodga oladi — ular unutilmasligi kerak.

Aksarining ko‘zi ko‘rmaydi, qulog‘i eshitmaydi, yurolmaydi. Sog‘ayishiga umid bor, faqat mablag‘ zarur — “Dok-1 Maks” sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalar
29 dekabr 2024, 07:37

Aksarining ko‘zi ko‘rmaydi, qulog‘i eshitmaydi, yurolmaydi. Sog‘ayishiga umid bor, faqat mablag‘ zarur — “Dok-1 Maks” sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalar

“Dok-1 Maks” ishi sabab 68 bola halok bo‘lgani ko‘pchilikka ma’lum-u, omon qolgan 20 dan ziyod bola taqdiri ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi. Ularning davolanishi uchun sud hukmida belgilangan kompensatsiya imkon qadar tezroq to‘lab berilishi kerak. “Gazeta.uz” jabrlanuvchi 23 bolaning hikoyasini havola qiladi.

Bokschi Shahram G‘iyosovning ayiq bilan kurashi tarmoqlarda e’tirozlarga sabab bo‘ldi
28 dekabr 2024, 16:50

Bokschi Shahram G‘iyosovning ayiq bilan kurashi tarmoqlarda e’tirozlarga sabab bo‘ldi

Internetda bokschi Shahram G‘iyosov Buka Gym sport zalida ayiq bilan jang qilib, uni chalqanchasiga yiqitgani aks etgan video tarqaldi. Ijtimoiy tarmoqlarda sportchining harakatlari qoralandi. “Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati IIV va Ekologiya vazirligiga murojaat qildi.

“Chet elda noqonuniy xatti-harakat qilgan san’atkorlarimiz uchun Madaniyat vazirligi javob berishiga to‘g‘ri kelyapti” — Ozodbek Nazarbekov
28 dekabr 2024, 16:47

“Chet elda noqonuniy xatti-harakat qilgan san’atkorlarimiz uchun Madaniyat vazirligi javob berishiga to‘g‘ri kelyapti” — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vazirligi xorijda konsert qo‘yayotgan o‘zbekistonliklarni hamkorlikka chaqiryapti. Vazir Ozodbek Nazarbekovning so‘zlariga ko‘ra, “biz O‘zbekistonning imidjini tiklashga harakat qilayotganimizda, kimdir borib uni sindirishiga yo‘l qo‘ymoqchi emasmiz”. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu senzura yo taqiq emas.

O‘zbekistonda 31-dekabr oqshomida qor yog‘adimi?
28 dekabr 2024, 16:10

O‘zbekistonda 31-dekabr oqshomida qor yog‘adimi?

O‘zbekiston 2025-yilni qor bilan kutib oladimi? O‘zi bizda qaysi yillar qor bilan kuzatilgan? Iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Gazeta.uz” uchun bayramoldi ob-havo sharhini tayyorladi hamda Yangi yil bayrami qachon qor bilan o‘tganini Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Urganch shaharlari misolida ko‘rsatib berdi.

Nima tayyorlaymiz: Yangi yil dasturxoni uchun issiq taomlar
28 dekabr 2024, 16:04

Nima tayyorlaymiz: Yangi yil dasturxoni uchun issiq taomlar

Kurka go‘shti, sabzavotli baliq, ananasli tovuq, forel balig‘idan steyk va Yangi yil bayrami dasturxoni uchun boshqa issiq taomlar retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.

O‘zbekistonlik shifokorlar 3 kun davomida Afg‘onistonning 1300 dan ortiq fuqarosini ko‘rikdan o‘tkazdi
28 dekabr 2024, 14:56

O‘zbekistonlik shifokorlar 3 kun davomida Afg‘onistonning 1300 dan ortiq fuqarosini ko‘rikdan o‘tkazdi

Afg‘onistonning Balx viloyatiga “Salomatlik” poyezdida borgan o‘zbekistonlik shifokorlar uch kun davomida 1300 dan ortiq aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Foto.

Foto: Toshkentda “Prezident archasi” bo‘lib o‘tdi
28 dekabr 2024, 12:12

Foto: Toshkentda “Prezident archasi” bo‘lib o‘tdi

Toshkentdagi Forumlar saroyida “Prezident archasi” bo‘lib o‘tdi. Unda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ota-ona qaramog‘isiz qolgan va nogironligi bo‘lgan bolajonlar uchun bayram dasturi namoyish etildi.

Uzbekistan Airways Grozniy va Maxachqal’aga parvozlarni davom ettirmoqda
28 dekabr 2024, 11:36

Uzbekistan Airways Grozniy va Maxachqal’aga parvozlarni davom ettirmoqda

Uzbekistan Airways ayni paytda Rossiyaning Grozniy, Maxachqal’a va boshqa shaharlariga parvozlarni davom ettirayotganini ma’lum qildi. Avvalroq bir qator aviakompaniyalar Azerbaijan Airlines samolyoti halokatga uchragandan so‘ng Rossiyaning ba’zi shaharlariga parvozlarni to‘xtatgan edi.

Mobiuz aksiyasining navbatdagi g‘olibasi BYD avtomobilini yutib oldi
28 dekabr 2024, 09:00

Mobiuz aksiyasining navbatdagi g‘olibasi BYD avtomobilini yutib oldi

Qashqadaryo viloyatida yashovchi Mobiuz abonenti Gulzoda Islomova “MobiDRIVE” aksiyasida ishtirok etib, BYD Song Plus Champion avtomobilini qo‘lga kiritdi.

27-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
27 dekabr 2024, 22:04

27-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan falastinlik ayollar va bolalar, qurilishi boshlangan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li, sun’iy intellektni o‘rganadigan amaldorlar, 60 mlrd dollardan oshgan tashqi qarz va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Komil Allamjonovga suiqasd ishi bo‘yicha ikki nafar Rossiya fuqarosiga qidiruv e’lon qilindi
27 dekabr 2024, 20:49

Komil Allamjonovga suiqasd ishi bo‘yicha ikki nafar Rossiya fuqarosiga qidiruv e’lon qilindi

Komil Allamjonovga nisbatan qotillikka suiqasd ishi bo‘yicha ikki nafar Rossiya fuqarosi — Bislan Rasayev va Shamil Temirxanovga qidiruv e’lon qilindi. Ular qonunga xilof ravishda O‘zbekistonga kirish va chiqish, jinoyat haqida xabar bermaslik hamda o‘qotar qurolning qonunga xilof muomalasida ayblanmoqda.

Hokimlar, o‘rinbosarlari va boshqa mansabdorlar sun’iy intellekt bilan ishlashga o‘rgatiladi
27 dekabr 2024, 20:25

Hokimlar, o‘rinbosarlari va boshqa mansabdorlar sun’iy intellekt bilan ishlashga o‘rgatiladi

Yil yakuniga kelib O‘zbekistonning IT va telekommunikatsiya xizmatlari eksporti hajmi 900 mln dollardan oshishi kutilmoqda. Davlat organlarining 3000 nafar xodimi, shuningdek, hokimlar va ularning o‘rinbosarlari sun’iy intellekt sohasida malaka oshirishi rejalashtirilmoqda.

Buxoroda 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
27 dekabr 2024, 20:18

Buxoroda 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Juma kuni Buxoro viloyati Jondor tumanida 3,6 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.

Namangandagi kanaldan 25 yoshli ayolning jasadi topildi
27 dekabr 2024, 17:53

Namangandagi kanaldan 25 yoshli ayolning jasadi topildi

Namanganda yashagan ayol oilaviy muammolar sababli o‘zi va ikki farzandini Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashladi. Bolalar qutqarib qolingan, ayol esa vafot etgan.

Yakshanba va dushanba kunlari joylarda qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin
27 dekabr 2024, 15:06

Yakshanba va dushanba kunlari joylarda qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Shanba kuni yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. 29−30-dekabr kunlari esa aksariyat hududlarda qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari −2…+5 daraja, kunduz kunlari +2…+15 daraja atrofida bo‘ladi.

Asaxiy Books va Xalq Banki kitobxonlik rivoji yo‘lida yangi shartnoma imzoladi
27 dekabr 2024, 13:00

Asaxiy Books va Xalq Banki kitobxonlik rivoji yo‘lida yangi shartnoma imzoladi

Asaxiy Books va Xalq Banki kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida yangi shartnoma imzoladi. Bu hamkorlik muhim kitoblarni o‘zbek tiliga tarjima qilish, kitob narxlarini barqaror saqlash va bolalar adabiyotini rivojlantirishga yordam beradi.

Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi
27 dekabr 2024, 12:20

Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi

Prezident qarori bilan Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etilishi belgilandi. Akademiya faoliyati 2025-yilning 1-oktabridan yo‘lga qo‘yilib, unda ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, o‘quv-simulyatsion markaz va mehmonxona bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting