Samarqandda 45 yoshli erkak 10 yashar qiz qarindoshiga uyatsiz harakatlar qilib kelgani ma’lum bo‘ldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirgi kunda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar-iyun oylarida tez tibbiy yordam xizmatiga 1752 marta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. Murojaatlarning eng ko‘pi Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlariga to‘g‘ri keldi.
Toshkent hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti poytaxt irrigatsiya-drenaj tizimi obyektlarini elektron xaritaga tushirdi. Mutaxassislar bu tizim nimalardan iborat ekani, nega Toshkentni muntazam suv bosayotgani va muammoni hal qilish yo‘llari haqida “Gazeta.uz"ga so‘zlab berdi.
Deputat Alisher Qodirovning kambag‘allikda odamlarning o‘zini ayblagan posti muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Uning hamkasbi Doniyor G‘aniyev buni “aporofobik diskriminatsiya” deya baholadi. “Gazeta.uz” ikki deputatning tarmoqlardagi bahsini bir sahifaga jamladi.
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yosh bolalarni axloqsiz harakatlar qilishga majburagan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Viloyat IIBBga ko‘ra, 39 yashar erkak ruhiy kasalliklar dispanserida doimiy ro‘yxatda turadi. U davolanish uchun yotqizilgan.
Kollej va texnikumlarning qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalariga o‘qishga topshirgan xotin-qizlarga to‘liq grant joriy etish bo‘yicha qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Hujjatda 3 yoshgacha bolasi bor o‘quvchilarga masofaviy ta’limga ruxsat berish ham nazarda tutilmoqda.
Prezident qarori bilan Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridagi 10 ta mavze hamda Sholichilik institutining qishloq xo‘jaligi yerlari Yangi Toshkent shahriga ajratiladi. Yerlarning toifasi o‘zgartirilgani uchun qishloq va o‘rmon xo‘jaligi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya undirilmaydi.
Surxondaryo viloyatida Hukumat qarori bilan 2018-yil tugatilgan YPX postlari qayta tiklandi. Viloyat YHXB matbuot xizmati rahbari ta’kidlashicha, postlar vaqtinchalik faoliyat ko‘rsatadi.
Boshlangan haftada O‘zbekiston bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat +39…+42 darajaga, janubda va cho‘l hududlarda, shuningdek, shimolda +43…+44 darajaga yetadi. 27-iyuldan Qozog‘istondan nisbatan salqin havo kirib kelishi hisobiga harorat biroz pasayadi.
Toshkentdagi eng xavfli piyodalar o‘tish joylaridan biri — Bunyodkor shohko‘chasidagi Qonunchilik palatasi binosi yaqinida navbatdagi YTH bo‘ldi. Lacetti katta tezlikda Damas ortiga urildi, oqibatda Damas ko‘chani kesib o‘tayotgan ayolni turtib yubordi. YHXBga ko‘ra, piyoda tirik, kasalxonaga murojaaat qilinmagan.
DXX tomonidan Andijon davlat tibbiyot instituti dekani o‘rinbosari 16 ming dollar olayotganda qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
“Faqat yaxshi inson bo‘lish kerak, bo‘ldi. Qilma deganni qilish kerakmas. Qil deganni qilish kerak. Oq bilan qorani ajratib olinglar oldin”. IIB xodimlari bog‘chada tarbiyaviy soat o‘tkazdi. Ta’lim boshqarmasi internet foydalanuvchilari videoni noto‘g‘ri tushunishganini qayd etdi.
Ukrainaning bosib olingan Gorlovka hududida Rossiya armiyasi safida O‘zbekiston fuqarolari aniqlandi. Ukraina QK Bosh shtabi o‘zbekistonliklar Mariupolga qurilish ishlari uchun kelgani, biroq ularning pasportlari olib qo‘yilib, ko‘ngilli sifatida safarbar etilganini ma’lum qildi.
Tarmoqlarda erkak kishining yosh bolalarni axloqsiz harakatlar qilishga majburagani aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB holat Olmaliqda sodir bo‘lgani va videodagi shaxsning ruhiy kasalliklar dispanserida doimiy ro‘yxatda turishini ma’lum qildi. Ayni paytda erkak davolanishga yotqizilgan.
“Tafakkur” jurnalining mutolaaga bag‘ishlangan “Javondagi javohir” nomli doimiy rukni bor. Jurnalning 2023-yil 1-sonida ushbu ruknda taniqli adib Murod Muhammad Do‘stning kitob tavsiyalari e’lon qilindi. “Gazeta.uz” jurnal tahririyati ruxsati bilan ushbu materialni o‘z mushtariylari e’tiboriga havola qiladi.
IIO xodimlari xizmat kiyimida videoga tushib, uni tarmoqlarga joylashtirgan 21 yoshli quvalik qizga nisbatan 660 ming so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi. Unga mazkur kiyim-boshni bergan IIO xodimining xatti-harakatlari yuzasidan esa xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Bir paytlar samolyotlar yig‘ilgan Toshkentda hozir aviatsiya muzeyi ham yo‘q. Faollar ko‘p yillardan buyon shunday muzey yaratishga chaqirib kelmoqda. Sobiq TAPOiCh hududidagi bir nechta noyob samolyotlar olib ketilib, yaqin joyda saqlanyapti, ko‘plari mamlakat bo‘ylab tarqalib ketgan va yaroqsiz holga kelgan.
Andijonda Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston yosh IT mutaxassislari uchun “Digital Valley” oromgohi bo‘lib o‘tmoqda. 60 nafar yigit-qiz 5 kun davomida dasturlash, grafik dizayn va raqamli marketing bo‘yicha mahoratlarini oshiradi, xalqaro kompaniyalar vakillari bilan o‘zaro fikr almashadi.
Xitoyda bo‘lib turgan Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Qarshi shahri uchun 100 ta avtobus olib kelish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Ulmasjon Mamadaminov Guliston tumani hokimi etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting