16−23 fevral kunlari Farg‘ona, Qashqadaryo, Xorazm va Samarqand viloyatlarida o‘lim bilan bog‘liq 4 ta YTH sodir bo‘ldi. Ularda 6 nafar inson vafot etdi.
O‘zbekistonda hafta davomida havo asta-sekin isib, harorat kunduzi +22 darajagacha yetadi. 27−28 fevral kunlari tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor. 3 martda esa Kavkaz hududlaridan biroz nam havo kirib kelishi hisobiga ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Qoraqalpog‘istonliklar ilk bor milliy taom — juo‘yeri gurtik bayramini o‘tkazdi. Tashabbus jamoatchilik tomonidan ilgari surildi. Taomning eng katta porsiyasi Nukusdagi prezident maktabida tayyorlandi. Bayramni boshqa mamlakatlarda yashovchi qoraqalpog‘istonliklar ham nishonladi.
«O‘zavtoyo‘lbelgi» DUK mansabdorlari 2 mlrd 701 mln so‘m miqdoridagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Ular o‘zlariga tanish firmalar bilan 9 mlrd so‘mlik shartnoma tuzib, yo‘l belgilarini yasash va chizishda foydalaniladigan mahsulotlarni qimmat narxlarda xarid qilgan.
Kegeyli tumanidagi qator maktablarda o‘quvchilarga iste’molga yaroqsiz, zararkunandalar bilan zararlangan oziq-ovqat berilgani, ular yo‘lovchi transportida yetkazib berilgani aniqlandi. Aybdorlarga chora ko‘rish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
To‘rtko‘l tumanida kanal toshishi oqibatida uylar va ekin maydonini suv bosgani aytilgandi. Holat bo‘yicha tuman irrigatsiya bo‘limi va irrigatsiya tarmoqlari boshqarmasi mansabdorlariga jinoyat ishi ochildi. Avvalroq voqeaga kemiruvchilar sababchiligi taxmin qilingandi.
«Ikki barmoq 72-benzinni, olti barmoq esa 66-benzinni anglatarkan… Bu yer har xil markali mashinalar bilan to‘lib ketgan… Benzinfurushlar o‘z «govmushlari»ni sog‘ib sotayotgandek bemalol yurishibdi… Eng yomoni, davlatning ming-ming tonnalab yoqilg‘isi shu xil yo‘llar bilan suv bo‘lib ketyapti».
Xonanda Kaniza Ahmedova «axloqsiz» videolari uchun litsenziyasidan bir oyga mahrum qilindi. Uning aytishicha, tanqidlarga sabab bo‘lgan videoda qo‘shiqchi «ishtonsiz» bo‘lmagan, balki odamning teri rangidagi shim kiygan. U «O‘zbekkonsert»ni tanqid qilib, madaniyat vazirining «saroyiga» tashrif buyurishini aytgan.
Tarmoqlarda 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar OTMga imtihonlarsiz qabul qilinishi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy ta’lim vazirligi bunday tartib yo‘qligini, ish tajribasi bor ayollar ham imtihon topshirishi va ularga 500 ta bazaviy to‘lov-kontrakt asosidagi kvota ajratilishini bildirdi.
24 fevraldan Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatovning vazifasini bajarish vaqtincha hokim o‘rinbosari Jur’atbek Raxmonov zimmasiga yuklatildi. Bunga hokimning sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
18 kun davomida Turkiyadagi zilzilalar oqibatlarini bartaraf etishda ko‘maklashgan, 18 nafar tirik insonni qutqargan va 200 ga yaqin jasadni olib chiqqan FVV qutqaruvchilari Toshkentga qaytdi. «Gazeta.uz» aeroportda ular bilan suhbatlashib, ko‘rgan-kechirganlari va qutqaruv ishlari haqida so‘radi (video).
Namangan shahri Davlatobod tumani hokimining innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurasul Qayumov 28 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga nafas yetishmovchiligi sabab bo‘ldi.
Oxirgi vaqtlarda bola o‘g‘irlash bilan bog‘liq xabarlar ko‘paygani munosabati bilan Toshkent shahri IIBB brifing o‘tkazdi. Unga ko‘ra, poytaxtda so‘nggi 5 yilda birorta ham bunday holat qayd etilmagan. 2022 yilda 231 nafar voyaga yetmagan bola bedarak yo‘qolgan, ammo ularning bari topilgan.
“Toshkentdagi ko‘pgina ariqlarda bir vaqtlar baliq va turli jonivorlar bo‘lardi. Hozir ko‘plarida hatto qurbaqaning ham ovozi eshitilmay qolgan. […] Xayriyatki, oqar suvlarning tillari yo‘q, aks holda: Ho‘v, noinsoflar! Obi hayotni iflos qilib koni zararga aylantirgani uyalmaysizlarmi?! — deb bong urardi”.
Samarqand shahridagi gaz quyish shoxobchasida Nexia-3 mashinasi gaz ballonining yorilib ketishi tufayli portladi. Oqibatda MCHJ ishchisi kuyish jarohatini olib, voqea joyida halok bo‘ldi.
O‘zbekiston tumanida bir necha kishi fuqaroga CEFR C1 ingliz tili sertifikatini 1,5 ming dollarga olib berishni taklif qilgani aytilmoqda. Ular pulning ming dollarini olgan vaqtida ushlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Suriyadagi «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti joylashgan hududni qo‘riqlash bilan shug‘ullangan 24 yoshli namanganlik yigit O‘zbekistonga olib kelindi. Unga nisbatan 9 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Pishloq va ko‘katli, kefirdan tayyorlangan quymoqlar, Vengriyacha go‘shtli quymoq, nachinkali, shokoladli quymoqlar, cmetanali krem surilgan quymoqli tort va boshqalar — Zira.uz shirin va oson tayyorlanadigan quymoqlar ro‘yxatini taqdim etadi.
To‘rtko‘l tumanida 8 ta uy va 2,5 gektar ekin maydonini suv bosdi. Buning oqibatida uy devorlari qulab tushgan. Hodisaga suv sathi ko‘tarilgach, kanal yoqasidagi kemiruvchilar uyasi orqali o‘pqon olib, chiqib ketgani sabab sifatida ko‘rilmoqda.
Oxirgi yillarda shaharning rivojlanib borishi va qurilishlar sonining ko‘payishi Toshkent qiyofasini o‘zgartirib yubordi. Binolar xuddi kardiogramma chiziqlari kabi tobora yuqoriga qarab intilib bormoqda. Osmono‘par binolar va kranlarning poytaxt odatiy qiyofasiga ta’siri Yevgeniy Sorochin obyektivida.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting