28-iyun tongida O‘zbekistondagi mavjud 2100 dan ortiq masjidda Qurbon hayiti namozi o‘qildi. “Gazeta.uz” muxbiri Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasidan fotoreportaj tayyorladi.
Iyul oyidagi ob-havo prognozi, Hayit namozi o‘qilishi sabab vaqtincha yopiladigan ayrim ko‘chalar, Jizzaxda kanaldan topilgan chaqaloqning jasadi, Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillarini mukofotlagan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan “Mug‘om olami” VI xalqaro festivalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mohichehra Shomurodova Gran-Pri, Shohjahon Yoriyev ikkinchi hamda Do‘stmurod Negmurodov uchinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi.
27-iyun sanasida XDPdan prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Navoiy viloyatida saylovoldi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan oqib o‘tuvchi kanaldan o‘g‘il bola jinsiga mansub chaqaloqning jasadi topildi. Sud-tibbiyot ekspertizasida uning o‘lik tug‘ilgani aniqlandi.
28-iyun kuni Hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan Toshkent shahridagi qator ko‘chalar va yo‘llarda avtotransport vositalari harakati soat 00:00 dan 7:30 gacha to‘xtatiladi (ro‘yxat).
Sog‘liqni saqlash vazirligi poliklinikalarda ro‘yxatdan o‘tmaganlarga davlat tibbiy sug‘urta tizimida xizmatlar pulli ko‘rsatilishi haqidagi ma’lumotni rad etdi. Ro‘yxatdan o‘tish faqatgina poliklinikaga shaxsiy tashrif bilan amalga oshiriladi. Hujjatlarning nusxalarini internet orqali yuborish mumkin emas.
Jizzax shahridagi oshxonalarning birida taomlangan 57 kishi zaharlanib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qildi. Ularning 11 nafariga yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berildi, 46 nafarining ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Prokuratura holatni o‘rganyapti.
Shavkat Mirziyoyev Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan qator OAV vakillarini orden va medallar bilan mukofotladi (ro‘yxat).
So‘nggi 8 yil ichida O‘zbekistonda barcha iyul oylari iqlim me’yoridan issiqroq bo‘ldi. Joriy yilda mamlakatning aksariyat hududlarida oylik harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.
Rossiyaning Samara viloyatida 27-iyunga o‘tar kechasi YTH sodir bo‘ldi. Qirg‘iziston TIV ikki Qirg‘iziston fuqarosi, shuningdek, to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabar berdi.
O‘zbekiston prezidenti OAV xodimlarini tabriklab, so‘z erkinligi, axborot olish va tarqatish huquqini ta’minlashni mamlakat taraqqiyot strategiyasining ajralmas qismi deb bilishini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, korrupsiya va jamiyatning boshqa muammolariga qarshi kurashda davlat jurnalistlarga tayanadi.
Qozonda pishirilgan qiyma-kabob, qovurilgan chuchvara, asalli qush tili, tvorogli ponchiklar, “Midiya” paxlavasi va boshqalar — Zira.uz bayram dasturxonini bezovchi taom va pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.
TOK BOR tarmog‘i BeFit PRO avtoturargohiga ham elektromobillarni 20−40 daqiqa ichida quvvatlash imkoniyatini beruvchi yuqori tezlikdagi quvvatlantirish stansiyalarni o‘rnatdi.
Oliy sud USAID hamkorligida sudlar faoliyati yuzasidan to‘g‘ri va xolisona fikrni shakllantirgan, bajarilayotgan ishlarni jamoatchilikka yetkazishda qonun talabi bilan ishlayotgan OAV vakillarini taqdirladi. “Gazeta.uz” internet nashri “Internet va bosma nashrlar” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
Qibray tumanida firma ishchilari Chirchiq daryosining muhofaza zonasidan qum-shag‘alni noqonuniy qazib olgani va davlatga 200 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.
Seshanba kuni ta’mirlash ishlari sababli Toshkent shahrining Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlarining ba’zi joylarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Toshkentda yoqib yuborilgan 2 tonnadan ziyod narkotik, mayda benzin ishlab chiqarish keskin kamaygani, Tatyana Karimovaga nisbatan meros bo‘yicha da’vo, ta’mirlanib qayta ochilgan “Turkiston” metrosi ustidagi cho‘kkan ko‘cha, Qashqadaryoda ayolga stakan uloqtirgan erkak va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Yangi Nafas xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi O‘zbekistonning 16 ta shahrida tashkil qilindi. Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan yuguruvchilar ishtirok etishdi.
Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan Bosh prokuratura akademiyasi binosi yana kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Boshlang‘ich qiymat o‘zgarishsiz qoldi — 171,47 mlrd so‘m.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting